Klinik laboratoriya tashxisi


 Qon ketish vaqtini aniqlash (Dyuke bo‘yicha)


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

2. Qon ketish vaqtini aniqlash (Dyuke bo‘yicha).
Dyuke bo‘yicha yuza qon tomirlarning butunligi buzilgandan keyin qon ketish vaqti 
aniqlanadi. Normada 2 – 4 daqiqa. Trombotsitopeniyalarda va trombotsitopatiyalarda 
uzayadi.
3. Trombotsitlar adgeziyasi. 
Trombotsitlar adgeziyasi shisha tolalardan standart tezlikda ma’lum xajmdagi qonni 
o‘tkazgandan keyin,tolalarda ushlanib qolingan trombotsitlar soni bilan aniqlanadi. 
Normada trombotsitlar adgeziyasi 20 – 40% tashkil etadi. Trombotsitlar adgeziyasi 
kamayishi trombotsitopatiyalarga xos. 
4. Trombotsitlar agregatsiyasi.
Trombotsitlar agregatsiyasi fotometrik usulda agregometr yordamida aniqlanadi. Bunda 
trombotsitga boy plazmaga agregat hosil qiluvchi modda (ADF, kollagen, adrenalin
ristomitsin) qo‘shiladi va agregometrda egri chiziq hosil bo‘ladi. Trombotsitlar 
agregatsiyasi normada 55 - 145% bo‘lib, kamayishi trombotsitopatiyalarga xos. 
5. Qon laxtasi retraksiyasi. 
Probirgaka stabilizatorlar qo‘shilmagan qon olinadi va 37
o
S li suv xammomiga quyiladi 
va qon laxtasi retraksiyasi mavjudligi tekshiriladi. Normada qon laxtasi 30 - 60 


104 
daqiqadan so‘ng retraksiya bo‘ladi. Og‘ir trombotsitopeniya va trombotsitopatiyalarda 
retraksiya kuzatilmaydi.
9.2. Koagulyasion gemostazni tekshirish usullari. 
1. Qon ivish vaqti (Moravits bo‘yicha). 
Qon ivish vaqti normada boshlanishi 2-3 minut, yakunlanishi 4-5 minutni tashkil 
etadi. Qon ivish vaqti uzayishi koagulopatiyalarda kuzatiladi. 
2. Plazmaning rekalsifikatsiya vaqti (Bergerhof va Roka bo‘yicha)
Trombotsitar plazmaga optimal miqdor kalsiy xlorid qo‘shiladi va ivish vaqti 
o‘lchanadi. Normada ko‘rsatkich 60-120 sekund. Rekalsifikatsiya vaqti uzayishi 
plazma omillarining tanqisligi, plazmada geparin ko‘pligi bilan bog‘liq.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling