Klinik laboratoriya tashxisi


Gemostaz shartli ravishda 2 ga bo‘linadi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

Gemostaz shartli ravishda 2 ga bo‘linadi: 
3. birlamchi tomir-trombotsitar gemostaz. 
4. Ikkilamchi koagulyasion gemostaz. 
Gemostaz tizimini tekshirish 
Tekshirishga tayyorlash.
Qon ertalab, och qorinda olinadi.Qon olganda tomirni uzoq qisilib qolishi yoki qo‘lni 
ko‘p xarakatlantirishplazma omillarining oshishiga olib keladi. 
Tekshirish uchun material. 
3.2%natriy sitratga olingan venoz qon. 
Agregatsiya uchun 3,2%natriy sitratga olingan qonning trombotsitlarga boy plazmasi. 
Talablar: 
1. Gemostazni tekshirish asosiy materiali venoz qon. 
Kapillyar qon quyidagi xolatlarda ishlatilishi mumkin: 
- trombotsitlar miqdorini aniqlash; 
- qon ketish vaqtini aniqlash
- qon ivish vaqtini tekshirish; 
- chaqaloqlarda ekspress-diagnostika uchun. 
2. Qon olishda venoz staz(jgut qo‘yish)davomiyligi 1minutdan oshmasligi lozim. 
3. Qon bilak venasidan keng tirqishli nina yordamida olinadi. 
4. Qon 3,2%natriy sitratli plastik probirkaga olinadi. SHisha probirkaga olish mumkin 
emas. 
5. Qon va 3,2%natriy sitrat nisbati 9:1 bo‘lishi kerak. 
6. Olingan qon laboratoriyaga 45 minutda etkazib berilishi kerak. 
9.1. Tomir trombotsitar gemostazni tekshirish usullari.
1. Trombotsitlar miqdorini aniqlash.
Normada trombotsitlar 180 – 320 x10
9
/l. Amaliyotda ikki xil usul qo‘llaniladi: 
- bevosita qon tarkibida sanash (Goryaev kamerasi yoki analizator yordamida). 


99 
- Fonio usulida qon surtmasida 1000 ta eritrotsitga nisbatan sanash va 1l qondagi 
eritrotsitlarga ko‘paytirish. 
Organizmda 
trombositlar 
shakllanish 
jarayoni 
trombositopoez 
deb 
ataladi.Trombositlarning ona hujayrasi megakariositar hujayra hisoblanadi. 
Megakariositar hujayra elementlari suyak ko’migidagi mieloid oldi hujayralaridan 
hosil bo’ladi, differensiallanadi va yetiladi. Megakariositopoez asosiy stimulyatorlari: 
IL-1, IL-3, IL-4, IL-6, IL-11, kolloniya stimullovchi omillar, eritropoetin, trombopoetin.
Trombositopoez teskari bog’ prinspiga asoslangan: qondagi trombositlar 
ko’payishi trombositopoezni to’xtatadi, trombositopeniya trombositlarning hosil 
bo’lishini stimullaydi. Suyak ko’migida megakariosit hujayra bir qancha morfologik 
differensiya bosqichlaridan o’tadi: megakarioblastlar, promegakariositlar va 
megakariositlar. Megakariositar qator hujayralarining 75-85% ini megakariositlar, 10% 
ini megakarioblastlar, 15% ini promegakariositlar tashkil etadi. 
Megakariosit - gigant poliploid hujayra bo’lib, diametri 60-120 mkm.Megakariosit 
polimorf yadroli, keng, pushti rangli sitoplazmali, trombositlarni saqlovchi katta 
hujayradir. 
Megakariositlarning asosiy vazifasi trombositlarni hosil qilish va ularning sonini 
doimiy saqlashdir. Bitta megakariositdan 5000 gacha trombositlar ajraladi.Normada 60-
70% megakariositlar faol, ya’ni trombositlarni hosil qiladi.Trombositlarning taxminan 
80% qonda, 20 % esa taloqda bo’ladi. Trombositlar 7-8 kun yashaydi. 
Trombosit yadrosiz, 2-4 mkm diametrli hujayra bo’lib, gemostaz va qon ivishda 
ishtirok etadi. Sog’lom odamda trombositlar soni 180-320x10
9
/l. 
Trombositlar yyumaloqva oval shaklda, sitoplazmasi och binafsha rangga 
bo’yalgan gialomer va markaziy pushti - binafsha rangli granulomer qismlardan tashkil 
topgan.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling