Klinik laboratoriya tashxisi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

 
Agglyutinatsiya usuli 
Agglyutinatsiya usuli oddiy, OIV ga antitelolarni aniqlash uchun sezgir va 
maxsus usuldir. Agglyutinatsiya usulida maxsus jixozlar talab qilinmaydi, biroq 
malakali mutaxassis zarur. 
Nina yoki boshqa o‘tkir asbob bilan jaroxatlanganda 
• 
Darxol zararlangan joy oqar suvda sovunlab yuviladi 
• 
Jaroxatlangan yuza oqar suvda tutib turiladi va undan qon erkin oqib 
turishi lozim 
• 
Oqar suv bo‘lmaganda jaroxatlangan yuzaga dezinfeksiyalovchi gel 
yoki eritma bilan ishlov beriladi 
TAQIQLANADI! 


90 
– 
Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar (spirt, yod) qo‘llash
– 
Jaroxatlangan soxani siqish va ishqalash 
– 
Jaroxatlangan yuzadagi qonni so‘rish 
Qon va boshqa biologik suyuqliklar teriga sachraganda 
• 
Darxol kontakt joyi oqar suvda sovunlab yuviladi 
• 
Oqar suv bo‘lmaganda dezinfeksiyalovchi gel yoki eritma bilan 
ishlov beriladi 
TAQIQLANADI!
– 
Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar (spirt, yod) qo‘llash
– 
zararlangan soxani siqish va ishqalash 
– 
Boylam qo‘yish 
OIV bilan kontakt bo‘lganda birinchi yordam 
Ko‘zga qon yoki boshqa biologik suyuqliklar sachrashi 
• 
Darxol ko‘zni oqar suv yoki fiziologik eritma bilan yuvish. Boshni 
orqaga tashlagan xolda ko‘ziga oqar suv yoki fiziologik eritmani oqizib turish 
• 
YUvganda kontakt linzani olib tashlamaslik (ximoya bareri).
TAQIQLANADI 
• 
Ko‘zni sovun yoki dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan yuvish 
Og‘izga qon yoki boshqa biologik suyuqliklar sachrashi 
• 
Darxol og‘izga tushgan suyuqlikni chiqarib tashlash 
• 
Ko‘p marta og‘izni suv yoki fiziologik eritma bilan chayish 
TAQIQLANADI 
• 
Og‘izni sovun yoki dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan yuvish 
Postkontakt tibbiy profilaktika- PTP
PTP kontaktdan so‘ng bir necha soat ichida, aniqrog‘i 2 soatdan 72 soatgacha 
boshlanishi lozim 
PTP davomiyligi 4 xafta 
Profilaktika sxemasi: 


91 
2 ta teskari transkriptaza nukleozid ingibitorlari va 1 ta proteaza ingibitorlari 
qabul qiladi 
DIFFERENSIAL DIAGNOZ 
Tug‘ma immunodefitsitlar 
Og‘ir yalig‘lanish va onkogematologik kasalliklar, qon ketish, radiatsiya, ximik 
vositalar bilan zaxarlanish, dorilar ta’sirida ikkilamchi immun tanqislik 
Infeksion mononukleoz 
ORVI 
Difteriya
Limfadenit 
Kaposhi sarkomasi idiopatik shakli 
Molekulyar-genetik
diagnostika usullari 
DNK-diagnostika — bu eng zamonaviy yuqori texnologiyali tekshirish 
usullaridir. DNK - analiz organizmdagi sanoqli mikroorganizmlarni ham aniqlaydi. 
DNK-diagnostika bir necha xil turi bo‘lib, eng keng tarqalgan usul polimeraz 
zanjirli reaksiyadir. Polimeraz zanjirli reaksiyani 1983 yilda Kary Mullis aniqlagan va 
1993 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
PSR — (Polymerase chain reaction, PCR diagnostics - polimeraz zanjirli 
reaksiya) laborator diagnostika usullaridan biri bo‘lib, infeksion kasalliklar 
diagnostikasida, shu jumladan OIV infeksiya diagnostikasida keng qo‘llaniladi. 
PZR qo‘llanilishi 
Tibbiyotda 
1. 
Virusli va bakterial infeksiyalar diagnostikasi 
2. 
Genetik kasalliklar diagnostikasi 
3. Ovqat maxsulotlari falsifikatsiyasini aniqlash 
4. Qarindoshlikni aniqlash 
Veterinariyada 


92 
1. 
Uy va qishloq xo‘jalik xayvonlarining virusli va bakterial 
infeksiyalarining diagnostikasi 
2. Xom ashyo va ovqat maxsulotlarida genetik modifikatsiyalangan organizmlar 
(GMO) monitoringi; 
3. Xayvon oziqalarining falsifikatsiyasini aniqlash 
PSR-analiz uchun material 
 
Epitelial xujayralar qirindisi (uretra, servikal kanal) 
 
qon, plazma, qon zardobi 
 
Biologik suyuqliklar (prostata suyuqligi, plevral, orqa miya, xomila 
oldi, bo‘g‘im suyuqliklari, so‘lak) 
 
peshob balg‘am 
 
Oshqozon va 12 barmoq ichak bioptati 
 
SHilliq va boshqa biologik ajralmalar 
PSR-analizga tayyorlanish 
Analiz topshirish uchun 1 kun ichida jinsiy aloqa qilmaslik 
Qon ertalab, naxorga, och qorinda, suyuqlik ichmasdan topshiriladi 
Ertalabki peshob 1- porsiyasi toza, steril konteynerga olinadi 
 
PSR-analizda praymerlar ta’sirida faqat shu agentga xos DNK 
maxsus fragmenti ajratiladi. 
 
Ajratib olingan fragment «ko‘rinishi» uchun DNK-polimeraza 
fermenti ta’sirida shu fragment ko‘paytiriladi (amplifikatsiya - lot. amplificatio 
— kuchayish, ko‘payish). 
• 
Har bir amplifikatsiya siklida dastlabki DNK fragmenti bilan birga 
yangi sintezlangan DNK fragmentlari (amplifikatlar) ham ko‘payadi. 
• 
Amplifikatsiya natijasida DNK maxsus fragmentlari geometrik 
progressiyada (zanjirli reaksiya) oshadi.
• 
30 - 40 amplifikatsiya siklidan so‘ng DNK maxsus fragmentlari bir 
necha milliarddan oshib ketadi va ularni aniqlash uchun imkon tug‘iladi.
PZR AMPLIFIKATSIYA TARTIBI 


93 
PSR prinsipi 
PZR natijasini baxolash 
PZR turlari 
Sifat PZR. SHubxali
natijada OIV infeksiyasiga
qarshi antitelolar paydo 
bo‘lmasdan tashxis qo‘yish 
maqsadida bajariladi. 
Miqdor PZR. Kasallik prognozini aniqlash, antivirus davo effektivligini baxolash 
maqsadida bajariladi. 
OIV RNK sini aniqlash - «virus yuklamasi»
Virus yuklamasi – 1 ml qondagi RNK-kopiyalar miqdoridir 
Virus yuklama kasallangan xujayralar replikativ jarayoni intensivligini ko‘rsatadi 
Birlamchi infeksiyada virus yuklamasi yuqori bo‘ladi - 10
4
-10
6
, biroq 
serokonversiya boshlanishi bilan RNK miqdori keskin kamayadi va xatto oddiy usullar 
bilan aniqlanmaydi 
Virus yuklamasi effektiv antiretrovirus terapiya natijasida 4-8 xaftada RNK-
VICH ning 3-5 barobar kamayishiga, 12-16 xaftada esa yo‘qolishiga olib keladi 
PZR yutuqlari 
1. 
Universallik. PZR yordamida odam yoki mikroorganizmlar DNK 
sini har qanday biologik namunalarda tekshirish mumkin.
2. 
YUqori maxsuslik – 98-99%. PZR da faqat tekshirish mo‘ljallangan 
agentga xos gen soxasi tekshiriladi.
3. 
YUqori sezgirlik - 98-99%. PZR DNK juda kam miqdorini ham 
aniqlay oladi. Zamonaviy test tizimlar sezgirligi 10 - 100 DNK kopiyasidir.
4. Biologik material xajmi kam talab qilinadi. 
5. Nafaqat o‘tkir, balki latent infeksiyalarni ham aniqlaydi.
6. Natijalar tez tayyor bo‘ladi. 
PZR kamchiliklari 


94 
1. 
Nafaqat tirik, balki o‘lgan mikroorganizm DNK si ham 
amplifikatsiya bo‘ladi
2. 
YUqori sezgirlik 
Ayrim mikroorganizmlar shartli patogen bo‘lib,
normada ham odam organizmida kam miqdorda
mavjud bo‘ladi.
3. Turli xil test tizimlar sifati turlicha 
Turli xil test tizimlar qo‘zg‘atuvchi boshqa genom soxalarini amplifikatsiya 
qilishga qaratilgan bo‘lib, mikroorganizmlar mutatsiyasida genlarni aniqlay olmasligi 
mumkin.
4. Aniqlangan DNK molekulasi virus yoki bakteriya emlash shtammiga tegishli 
bo‘lishi mumkin 


95 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling