97
VI omil
Akselerin
VII omil
Prokonvertin va konvertin
VIII omil
Antigemofil globulin A
IX omil
Antigemofil globulin V
X omil
Styuart - Prauer omili
XI omil
Antigemofil globulin S
XII omil
Xageman omili
XIII omil
fibrinni mustaxkamlovchi omil
Qon ivishi murakkab jarayon bo‘lib, quyidagi bosqichlardan iborat:
I bosqich - faol tromboplastin hosil bo‘lishi;
II bosqich - protrombinning trombinga aylanishi;
III bosqich - fibrinogenning fibringa aylanishi;
IV bosqich - qon laxtasi retraksiyasi:
V bosqich -.fibrinoliz.
Sog‘lomodamning qonida qon zardobi omillari nofaol shaklda bo‘lib, ular
faqat odam organizmi uchun xavf tug‘ilganda, ya’ni
qon tomir shikastlanganda
faol shaklga o‘tadi va tromb hosil bo‘lishini ta’minlaydi.
Redraktozim - qon tomiri jaroxatlangan joyda qon ketishini to‘xta-tish
uchun hosil bo‘lgan tromb qisqarishi, ya’ni retraksiyasini ta’minlaydi.
Fibrinolizin antikoagulyantlar qatoriga tegishli bo‘lib, qon to‘xtagandan
so‘ng trombni eritadi.
Faol tromboplastin ta’sirida
protrombintrombinga aylanadi, o‘z
navbatida
trombin
esa
fibrinogenni
fibringa
aylantiradi.
Fibrin
iplari
trombni
mustaxkamlaydi.
98
Qon ketishi to‘xtagandan so‘ng, qon tomir devori tiklanib, fibrinolizin yoki
plazmin ta’sirida tromb eritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: