Klinik laboratoriya tashxisi


IB yutug‘i: maxsusligi yuqori – kamdan kam xolatlarda soxta musbat natija  beradi  IB kamchiliklari


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

IB yutug‘i: maxsusligi yuqori – kamdan kam xolatlarda soxta musbat natija 
beradi 
IB kamchiliklari
− Natija tez tayyor bo‘lmaydi 
− Malakali mutaxassis talab qilinadi 
− Qimmat usul 
− SHubxali natijalar berishi mumkin 
IB natijalarini baxolash. 
OIV organizmda mavjud bo‘lganda, organizmda OIV ga qarshi antitelolar ishlab 
chiqarilganda musbat natija kuzatiladi. Musbat natija olingan odam infeksiyani 
boshqalarga yuqtirishi mumkin. 
Musbat natija: 
− gp41, p24 va gp120/gp160 dan ikkitasi bo‘lishi (American CDC); 
− r24, r31 bo‘lishi va gr41 yoki gr120/gr160 dan biri bo‘lishi (American 
FDA). 
− gp120vagp41 bo‘lishi (JSST).
Manfiy natija – AT yo‘q. 
Noaniq natija - gag va pol gurux oqsillariga qarshi AT bo‘lishi: CDC: r24, gp120 
va gp41 dan 2 tasi bo‘lishi.Noaniq natija olinganda bemor nazoratga olinadi va 3 oydan 
so‘ng qayta tekshiriladi. 
Oqim sitoflyuorimetriyasi 


89 
Oqim sitoflyuorimetriya xujayralar ichki va yuza antigenlariga qarshi monoklonal 
antitelolarni qo‘llash orqali har qanday xujayrani immunofenotiplash imkonini 
beradi.Oqim sitoflyuorimetriyasi CD4+ xujayralarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. CD4+ 
limfotsitlarni sanash immun tizimga baxo berish, antiretrovirus terapiyani 
samaradorligini aniqlash, opportunistik infeksiyalar profilaktikasini o‘tkazish uchun 
zarur. 
Oqim sitoflyuorimetriya usulida limfotsitlar SD4 retseptorlariga qarshi bo‘yoq 
bilan nishonlangan monoklonal antitelolar qo‘shiladi, SD4 va AT bog‘langanda eritma 
rangi o‘zgaradi va flyuorimetrik usulda aniqlanadi.
Radioimmun pretsipitatsiya 
RadioimmunpretsipitatsiyaOIV ga qarshi antitelolarni aniqlash usuli bo‘lib, IB 
shubxali natija berganda ekspert diagnostika uchun qo‘llaniladi. Bu usulda radioaktiv 
yod bilan nishonlangan OIV oqsillari ishlatiladi.
Radioaktiv materiallar qo‘llanilishi, maxsus uskunalar ishlatish lozimligi va OIV 
bilan kasallangan xujayralarni o‘stirish murkakkabligi tufayli amaliyotda bu usul keng 
qo‘llanilmaydi. Radioimmunpretsipitatsiyaasosan ilmiy-tekshirish laboratoriyalarida 
qo‘llaniladi. 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling