87
peptidlari, OIV-1 va
OIV-2 ni aniqlaydi
maxsusligi yaxshi
3-avlod
AG – rekombinant
oqsillar yoki OIV
peptidlari, IgM va IgG ni aniqlaydi, OIV O
turini aniqlaydi
Sezgirligi baland
4-avlod
Bir vaqtda ham virus antigeni (r24), ham
virusga qarshi antitelolarini aniqlaydi
Sezgirligi
99,9%,
maxsusligi 99,9%
IFA xatoliklari
1.Soxta musbat natijalar.
Autoimmun
kasalliklar,
surunkali infeksiyalar, onkopatologiyalar, kuyish,
xomiladorlik, ko‘p gemotransfuziya, gemofiliya, gemodializ, malyariya, leyshmaniozda
OIV oqsillarining boshqa oqsillar bilan konkurent ta’siri natijasida musbat natija berishi
mumkin.
Soxta musbat natijani aniqlash usuli immunoblottingdir.
Faqatgina IB musbat
natijasidan so‘nggina OIV bilan kasallanishni aniq tasdiqlash mumkin.
2. Soxta manfiy natijalarsabablari:
- erta seronegativdavrda OIV ga qarshi antitelolar aniqlanmaydi;
- OITS davrida antitelolar miqdori kamayadi va aniqlanmasligi mumkin;
- 1 avlod sifatsiz test-sistemalarini qo‘llash;
- antitelolarni plastik immunosorbentsiz qismi bilan spontan birikishi.
Immunobloting
Immunoblotting (vlot – dog‘) –
DNK fragmentlari, RNK, oqsillar, polipeptidlar
identifikatsiyasi uchun o‘tkaziladigan immunoximik analizdir.
IB bosqichlari:
1. Stripni tayyorlash.
2. Virus antigenlarini nitrotsellyuloz tilimchaga (strip) o‘tkazish
va elektroforez
usulida OIV antigenlarini (standart reagent) molekulyar massasi bo‘yicha
fraksiyaga
ajratish.
88
3. Tekshiriluvchi zardob qo‘shish va inkubatsiya qilish –
OIV maxsus
oqsillarining tekshiriluvchi zardobdagi OIV antitelolari bilan birikishi.
4. Odam Ig ga qarshi ferment bilan nishonlangan antitelolar qo‘shish va
inkubatsiya qilish.
5. Immunoferment usulida OIV ayrim oqsillariga qarshi antitelolarni aniqlash.
6. Natijani baxolash.
1985 yildan beri OIVni tasdiqlovchi usul - immunoblottingdir
Do'stlaringiz bilan baham: