Klinik laboratoriya tashxisi


 Plazmaning geparinga tolerantligi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

3. Plazmaning geparinga tolerantligi. 
Sitrat yoki oksalatli plazmaning rekalsifikatsiya vaqtiga geparinning ta’siri. Normada 6-
9 minut. Qisqarishi antitrombin III tanqisligiga, uzayishi geparinga yuqori sezgirlikdan 
dalolat beradi. Gipokoagulyasiyasi bor bemorlarda qo‘llanmaydi. 
4. Protrombin vaqti (PV). 
PV VII omil faolligi, bevosita antikoagulyantlar bilan davolash monitoringini 
aniqlashda ahamiyatli. Normada 9-12 sekund. PV qisqarishi giperkoagulyasiyaga, 
qisqarishi esa gipokoagulyasiyaga xos.
5. Aktiv qisman tromboplastin vaqti. 
AQTV geparinoterapiya nazorati, qon ivish ichki omillarini aniqlashda ahamiyatli. 
AQTV normada 21-35 sekund. AQTV qisqarishi tromboz va tromboemboliyalarga xos. 
AQTV uzayishi plazma omillari defitsitiga (VIII - gemofiliya A, IX – gemofiliya V, XI, 
XII) xos. 
6. VIII, IX va XIomillar - antigemofil globulinA, V va S. 
Antigemofil globulin A, V va Stug‘ma tanqisligi gemofiliyakasalligi sababchisidir. VIII 
omil normada 70-150%.IX omil normada 60-140%. 
7. V omil
Normada 70 - 140%.V omil tug‘ma tanqisligiparagemofiliya kasalligining 
sababchisidir. 


105 
8.Trombin vaqti(TV). 
TV qon ivishining yakuniy bosqichini – trombin ta’sirida fibrinogenning fibringa 
aylanishini baxolaydi. Normada TV 15-18 sekund. TV uzayishi geparinoterapiya,
gipofibrinogenemiyaga (fibrinogen 1,0 g/l dan kam) xos. TV qisqarishi 
giperfibrinogenemiya (fibrinogen 6,0 g/l dan ko‘p) va DVS-sindrom giperkoagulyasiya 
bosqichiga xos. 
9. Fibrinogen. 
Fibrinogen trombin va XIIIa omil ta’sirida fibringa aylanadi. Normada fibrinogen 2,0-
4,0 g/l.
Fibrinogen o‘tkir faza oqsili bo‘lganligi uchun uning miqdori og‘ir bakterial 
infeksiyalar, travma va trombozda 10 g/l dan oshib ketishi mumkin. SHu bilan birga 
fibrinogen miqdori buyrak kasalliklari (pielonefrit, glomerulonefrit, gemolitik-uremik 
sindrom), kollagenozlar (revmatoidli artrit, tugunchali periarteriit), tungi paroksizmal 
gemoglobinuriya, o‘smalar va b. oshadi. Fibrinogen miqdori kamayishi tug‘ma 
fibrinogen tanqisligi, jigar etishmovchiligi, DVS-sindrom gipokoagulyasiya bosqichi
o‘tkir fibrinolitik txolatlar, infeksion mononukleozda uchraydi. Medikamentoz 
gipofibrinogenemiya natriya valproat, fibratlar, fenobarbital, streptokinaza, urokinaza, 
L-acnapaginaza qabul qilganda uchrashi mumkin. 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling