Klinik laboratoriya tashxisi
Virusli gepatit D laborator diagnostikasi
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Virusli gepatit D laborator diagnostikasi.
7.4. Virusli gepatit D laborator diagnostikasi
Virusli gepatit D- parenteral yuqish mexanizmiga ega, o‘tkir yoki surunkali virusli infeksiya bo‘lib, jigar zararlanishi bilan xarakterlanadi hamda virus replikatsiyasi gepatit V virusi bor bo‘lgandagina amalga oshadi. Gepatit Binfeksiya mavjudligida gepatit D infeksiya qo‘shilishi superinfeksiya deyiladi.Bir vaqtda ham gepatit B,ham gepatit D infeksiya yuqishi koinfeksiya deyiladi. Kasallik Deltavirus turidagidefekt RNK-genomli virus tomonidan chaqiriladi va virusli gepatit V bilan kasallangan bemorlarda uchraydi. Virusli gepatit D superkapsidida ko‘p miqdorda HBsAg bor. Virusli gepatit D komponentlari sintezi uchun virusli gepatit V HBsAg ishtirok etadi. YUza HBsAg gepatit D virusini gepatotsitlarga kirishini va gepatotroplikni ta’minlaydi. Kasallik o‘tkir kechadi va jigarni zararlaydi, surunkali kechish esa jigar sirroziga olib keladi. Gepatit V dan emlanish gepatit D dan ham asraydi. Gepatit D asosan Janubiy Evropa, SHimoliy Afrika, YAqin SHarq, markaziy va janubiy Amerikada ko‘p uchraydi. Gepatit Dvirusi bilan 5% HBsAg tashuvchilar (17 mln. odam) zararlangan. Virus manbai — bemor odam yoki virus tashuvchi. YUqish yo‘li gepatit V bilan bir xil - parenteral. Vertikal yuqish yo‘lida onadan homilaga gepatit D virusi o‘tishidir.Inkubatsion va sariqlik oldi davri qisqa - 3-5 kun. D virus virusli gepatit V genomi bilan birlashiba gepatit V virusi sintezi va replikatsiyasini kuchaytiradi. Gepatit V va gepatit D viruslari patologik jarayonni jadallashtiradi va o‘tkir jigar etishmovchiligi rivojlanishi yoki surunkali gepatit rivojlanishiga olib keladi. Virusli gepatit D laborator diagnostikasi. Virusli gepatit Dva virusli gepatit V da umumiy qon, peshob, najas taxlili va qon bioximik taxlilida o‘zgarishlar bir xil bo‘ladi.Qon bioximik taxlilida odatda AST faolligi ALT faolligidan yuqori bo‘ladi, Ritis koeffitsienti 1 dan ko‘p bo‘ladi. Virusli gepatit Dmarkerlari immunoferment analiz usulida aniqlanadi: 79 − IgM anti-HDVkasallik yuqqach 2 xaftadan keyin paydo bo‘lib, virus ko‘payishi va kasallik avj olishidan darak beradi; − IgG anti-HDVgepatitDbilan kasallanish davrida yoki infeksiyadan keyin paydo bo‘ladi; − HDAg gepatit D virusi parchalarining antigenlari bo‘lib, delta virus borligini bildiradi; − HBsAg kasallik inkubatsion davridayoq paydo bo‘ladi; − Umumiy Anti-HD umumiy G va M antitelolarni aniqlaydi va gepatit D virusi bor barcha bemorlarga tavsiya etiladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling