Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O‟quv uslubiy majmua toshkent


Mushak ish qobiliyatini tekshirish


Download 2.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/155
Sana01.11.2023
Hajmi2.47 Mb.
#1737659
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   155
Bog'liq
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O quv uslubiy majmua toshke

 Mushak ish qobiliyatini tekshirish 
Xarakat tizimining funksional xolatida ikkita ko„rsatkich aniqlanadi.
Birinchisi – mushak kuchini qo„l dinamometri yoki boshqa dinamometr yordamida 
aniqlanadi, kg larda ulchanadi. Ikkinchi – mushak chidamliligi, ya'ni ma'lum bo„lgan kuchini 
(dinamometrda, aniqlanagan mushak maksimal kuchining yarimiga teng bo„lgan kuchni) 
kancha vaqt davomida ushlab tura olish qobiliyatiga aytiladi va sekundlarda ifodalanadi. 
Mushak chidamliligi mushak kuchiga nisbatan anchagina sezgir ko„rsatgichdir. Shu sababli 
shu ko„rsatgich nafaqat mushakning funksional xolatini ko„rsatib qolmasdan, balki asab 
tizimining xolati haqida ma'lumot beradi. Mushak chidamliligini aniqlash uchun ergograf, 
dinamograf yoki dinamorefleksometrlardan foydalanadi. Mushak kuchini aniqlash uchun 
tekshiriluvchi panjasiga dinamometrni yelka tekislgida yoki yon tomonga chuzgan xolda bor 
kuchi bilan ikki marta sikadi, bu ikki marta qilinadi, natijalarning kattasi mushak kuchi 
sifatida qayd qilinadi. Mushak chidamliligi elektr dinamorefleksometr yordamida aniqlanadi. 
Bunda tekshiriluvchi dinamorefleksometrga ulangan panja dinamometrni maksimal kuch bilan 
bir marta siqadi va bu kuchning kattaligini dinamorefleksometr shkalasidan aniqlab olamiz. 
So„ngra esa tekshiriluvchi maksimal yarimiga teng bo„lgan kuch bilan dinamometrni belgilab 
olamiz. Dinamorefleksometr strelkasi orqaga qaytib siqish kuchining dastlabki kamayishini 
ko„rsatgan paytda sekundomerni to„xtatib quyamiz. Mushakni umumiy chidamlilik vaqti 
necha sekund ekanligini aniqlaymiz. 
Asab tizimining funksional xolatini tekshirish. 


Hozirgi zamonda mehnat turlarida ish vaqtida asab tizimida sodir bo„layotgan 
o„zgarishlarni aniqlash juda katta axamiyatni kasb etadi. Boshqa ko„pgina a'zo va tizimlarda 
(yurak-qon tomir tizimi, nafas tizimi va boshqalar) sezgir o„zgarishlar xali boshlanmagan 
xollarda, asab tizimidagi o„zgarishlarni aniqlash imqoniyati bor. Masalan, yengil jismoniy 
mehnat vaqtida yoki turli xil aqliy mehnat faoliyati davomida birinchi galda o„zgarishlar asab 
tizimida kuzatiladi. Mehnat fiziologiyasida odam organizmida mehnat faoliyati jarayonida, 
miya pustloq qismi tomonidan boshqariladigan funksiyalar xususiyatlarini aniqlovchi uslublar 
keng qo„llanadi. Jumladan, shartli reflektor reaksiyalarni tekshirish uslublari, analizatorlarning 
(xarakat, eshitish, ko„rish) funksional xarakatchanligini aniqlash usullari, ko„rib qabo„l qilish 
tezligini (ya'ni e'tiborni bir joyga tez kuchira bilish qobiliyati) aniqlash uslubi, panja titrashini 
(tremor) aniqlash usullari.

Download 2.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling