Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O‟quv uslubiy majmua toshkent


ISH JOYLARI HAVOSIDA CHANGNING DISPERSLIGINI ANIQLASH


Download 2.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/155
Sana01.11.2023
Hajmi2.47 Mb.
#1737659
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   155
Bog'liq
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O quv uslubiy majmua toshke

 
ISH JOYLARI HAVOSIDA CHANGNING DISPERSLIGINI ANIQLASH 
USULLARI 
MASHG„ULOTNING QISQACHA MAZMUNI.
 - 
Changlarning fizik va kimyoviy 
xossalari va ularning gigiyenik ahamiyati 


Fibrogen ta'sirli aerozollarning organizmga ta'siri uning fiziko kimyoviy 
xossalariga ta'sir vaqtida miqdoriga zaharlilik xususiyatiga va organimning 
individualligiga bog„liqdir. 
Changlarning dispersligi ularning havoda turgunligi, nafas yullariga kirish va 
qancha chuqurligiga kirib borish imkoniyatini belgilaydi va xususiyatini oshiradi. Nafas 
olganda alveolalarga asosan 5 mkm gacha kattalikdagi changlar kiradi. Vibrogenlarni 
xususiyati bo„yicha 1-2 mikrometr bo„lgan changlar juda havfli hisoblanadi. Chang 
zarrachalarini disperslik darajasi oshishi bilan ularning solishtirma yuzasining katta 
bo„lishiga olib keladi va changni shikastlanishlar rivojlanishida hal qiluvchi rol 
o„ynaydi. Agarda 1 sm
2
hajmdagi kttik jismni 0,1 mkm lupadagi zarrachalarga 
maydalasak uning umumiy yuzasi 600000 sm
2
ga ko„payadi, ya'ni 100000 martagacha 
oshadi. 
Changlarni havoda kancha vaqt muallaq holatda bo„lishi va yerga tushish tezligi 
uning dispersligi bilan bog„liqdir. Submikroskopik zarrachalar 0,25-0,1 mkm va undan 
kam bo„lgan changlar Broun harakat koidalariga buysungan xolda havoda uzok vaqt 
aylanib yuradi. Chang zarrachalarining 0,1-100 mkm ulchamlaridagi Stoks qonuniga 
binoan yerga sekin tushadi. 100 mkm va undan orti bo„lgan zarrachalar Nyuton 
qonuniga buysungan xolda yerga tortish kuchi ta'sirida ortib boruvchi tezlik okibatida 
darrov yerga tushadi. 
Changning kimyoviy tarkibi. 
Ishlab chiqarishda changlar asosan aralash bo„lgani uchun ham kimyoviy 
tarkibidan uning havfliligi va zaharliligi belgilanadi. Fibrogen ta'siri bor changlarni 
kuchliligi va zaharliligi uning tarkibida kremniy oksidi borligi bilan ifodalanadi. 
Mendeleev ma'lumotiga ko„ra uglerod tirik va o„simlik dunyosining asosiy qismini, 
tartibini belgilasa, kremniy esa yer qatlamini asosini tashkil etadi. 
Eruvchanligi. Fibrogen changlarning agressivligi ularning eruvchanligi bilan to„g„ri 
proporsional bo„lmaydi. Masalan, kvarsga qaraganda amorf kremniyning eruvchanligi 
yuqori, lekin kvarsning fibrogen aktivligi ancha ko„p. Yomon eriydigan fibrogen 
changlar organizmga salbiy ta'sir etib o„pkaga tuplanadi. Yaxshi eriydigan ba'zi turlari 


(kand, kraxmal, ba'zi tuzlar) organizmdan tez chiqib ketadi va havf tugdirmaydi. 
Aksincha zaharli changlarning yaxshi eriydigan ba'zi turlari (qand, kraxmal, ba'zi tuzlar) 
organizmdan tez chiqib ketadi va havf uyg„otmaydi. Aksincha, zaharli changlarning 
yaxshi erishi (simob, kurgoshin, mis, kadmiy) organizmga zararli ta'sir kursatadi.
Changni eng havfli xususiyatlaridan biri uning zararliligidir. Chang radioaktivligi 
o„zining adsobsion xususiyatlari bilan yuzasiga radioaktiv gazlarni biriktirib olishi bilan 
ifodalanadi. Yoki changni o„zi shu xususiyatiga eag bo„lishi mumkin. Ayniqsa, shunday 
changlarni o„pka, limfotsitlar to„planishi ichki nurlanishga olib keladi va havfli 
hisoblanadi.

Download 2.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling