Eshituv-xarakat va kuruv-xarakat reaksiyalarning tezligini aniqlash usullari maxsus
asboblar (xronorefleksometr, dinamorefleksometr, PAV-01) yordamida aniqlanadi. Bu
asboblar yordamida nurli va tovushli kuzatuvchilari bo„ladigan javob reaksiyasining yashirin
(latent) vaqti aniqlanadi, sekundlarda o„lchanadi. Yuqorida ko„rsatilgan asboblar ishlash
prinsipi va tarkibi alohida beriladi. Odatda nurli qo„zg„atuvchilarga bo„lgan javob
reaksiyasining yashirin davri tovushli qo„zg„atuvchinikiga nisbatan uzunroq bo„ladi. Ish kuni
davomida organizm toliqqan sari ba reaksiyalarning vaqti xam uzayib boradi.
Ko„rib qabul qilish tezligi (ya'ni e'tiborni bir narsaga tez jalb qila bilish va boshqa narsaga
tez kuchira bilish tezligi) turli usullar yordamida aniqlanadi. Shullardan biri, sonlarni qidirib
topish usuli. Usul kuydagilardan iborat: 49 katakdan iborat maxsus jadval (Platon jadvali),
ikki xil rangli rakamlar (25 ta kora va 24 kizil) tartibsiz ravishda joylashtirilgan.
Tekshiriluvchiga ana shu jadvaldagi qora rangli yoki qizil rangli raqamlarni ortib boruvchi
tartibda yoki kamayib boruvchi tartibda qidirib topish taklif qilinadi, sekundomer yoki soatda
vaqt belgilanib, bir xil rangdagi xamma sonlarni tugri topishiga ketgan vaqt aniqlanadi.
Ko„rib qabo„l qilish tezligini aniqlash ning yana bir usuli – korrekturaviy tekshirish
usulidir. Bunda tekshiriluvchi maxsus jadvallarda (Burdan jadvali) tartibsiz joylashtirilgan bir
necha qator turli xariflar orasida biron-bir xarfni sanab o„chirib chiqadi. Natijasi jadvaldagi
xarflarni sanashda yulga kuyilagn xatolar soniga qarab xamda uni sanashga ketgan vaqtga
qarab baholanadi. Yuqorida bayon etilgan mehnat fiziologiyasida qo„llaniladigan asbob va
uskunalarda ishlashni o„zlashtirib bo„lgach, talabalar auditoriyada dars paytida mana shu
o„zlashtirilgan narsalarni mustaxkamlash uchun tajriba o„tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |