Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O‟quv uslubiy majmua toshkent
Download 2.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O quv uslubiy majmua toshke
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chang kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlari.
Pnevmokonioz – eng ko„p tarqalgan kasb kasalliklari qatoriga kiradi. Fibrogen
ta'siri bilan changlarni uzoq vaqt nafas yullari orqali organizmga tushishi tufayli hosil bo„ladi. Asosan pnevmokonioz 6 guruhga bo„linidi. 1. Silikoz-erkin kremniy (2) oksidi ta'sirida; 2. Silikatoz-kremniy kislotasi tuzlarining changi; 3. Karbonioz-tarkibida uglerod bo„lgan changlar: antrakoz (kumir changi), grafitoz (grafit changi); 4. Metalokanioz-(metall changlari) metall nomi bilan bog„liq: berillioz, alyuminoz, baritoz; 5. Bissinoz-organiq changlar ta'sirida: un (amiloz), tamaki (tabakov), paxta (bissinov); 6.Aralash changlar ta'sirida (siderosilikoz, aitrakosilikoz). Chang kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlari. Chang hosil bo„ladigan ishlab chiqarishning barcha tarmolarida unga qarshi va chang kasalliklarini oldini olish kompleks chora-tadbirlaridan iborat bo„lib, asosan uch yunalishda olib boriladi: 1. Texnologik; 2. Sanitar-texnologik; 3. Tibbiy profilaktik tadbirlari. Texnologik choralar eng samarali hisoblanadi, chunki bu yunalishda changni hosil bo„ladigan manbada kamaytiriladi. Yoki butunlay bartaraf etish mumkin. Eng samarador tadbirlarga texnologik jarayonni uzgartirish mumkin. Suvli parmalash hosil bo„lgan chang namlanadi. Suv bilan cho„ktiriladi va havoga kushilmaydi. Kumir katlamlariga oldidan 3-4 atm. Bisimida suv urilganda mahsulot sirti urilagnda, uni yig„ib olish, ortishda, tashishda va tushirishda chang hosil bo„lishi va uni tarqalishi keskin kamayadi. Sanitar texnologik chora tadbirlar mahalliy va umumiy ventilyasiyadan foydalanish katta ahamiyatga ega bo„lib changga qarshi kurashda tuldiruvchi asosiy san-texnologik choralardir. Asosan mahalliy havo olib ketuvchi ventilyasiyaga manbani qobiq, yon tomondan germitizatsiyalashgan moslama o„rnatilishi maqsadga muvofiqdir. Changni tortib olish joyidagi havoning tezligi 1,5-4 m sek kam bo„lmasligi changning og„irligi oshishi, tortish tezligi oshishi bilan amalga oshiriladi. Mahalliy havo havo tortuvchi ventilyasiyani qo„llash changni manbani o„zida yo„qotib ish joyi havosida changni hosil bo„lishini yo„q qiladi. Bundan tashqari umumiy havo olib keluvchi ventilyasiya o„rnatilish ish joyidagi havo turg„unligini ta'minlaydi. Tibbiy profilaktik tadbirlar kasb kasalliklarining oldini olish choralarining unumdori bo„lib ishga qabul qilishdan oldingi va davriy tibbiy ko„riklar hisoblanadi. Bu ko„riklar UzResSSV ning 300 sonli buyrug„i asosida o„tkaziladi. Chang hosil bo„ladigan ish joylarida nafas yullarida kasali bor shaxslar burun to„sig„ini qiyshigi, surunkali bronx o„pka kasalliklari, upka, TBK, tibbiy ko„riklarda kasb bilan bog„liq kasalliklarini dastlabki belgilarini aniqlash va uni oldini olishdan iboratdir. DTK o„tkazilishi changni turiga qarab 12-24 oyda bir marta o„tkaziladi. Tibbiy ko„rikda terapevt LOR, dermatolog, akusher-ginekolog, stomatolog mutaxassislari qatnashadi. Changga qarshi asosiy tadbirlarda yul kuyiladigan eng ko„p mikdor (PDK) gigiyenik me'yorlar hisoblanib, qonunlashtirilgan. Hozirgi kunda 100 dan ortiq fibrogen ta'siri bor aerozollar me'yorlangandir. Prfilaktika yana chang bilan ishlaydigan ishchilar yoshi chegaralanishi, ya'ni yer osti chang hosil bo„ladigan ish joylariga 20 dan yosh erkak va ayollar qo„yilmaydi. Bir qator ishlab chiqarishda ish vaqti 6 soat, qo„shimcha ish haqi, ta'til va oldinroq pensiyaga chiqish rxsat etilgan, bo„lmasa anemiya xolati yuz beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling