Mehnat fiziologiyasi va gigiyenasi amaliyotida energiya sarflanishini vositali kolorimetriya
uslubi yordamida aniqlanadi. Bu uslub prinsipi asosida organizmda
nafas olish jarayonida
sodir bo„ladigan gazlar almashinuvini miqdoriy jixatdan aniqlash yotadi.
Gaz almashinuvi aniqlash kuydagicha olib boriladi. Duglas uslubida o„pka ventilyasiyasi
aniqlanayotgan paytda Duglas qopidagi nafas bilan chiqarilagn havo uning gazlari tarkibini %
miqdorini aniqlash uchun mazsus gaz qabyl qilingan, shisha pipetkaga (150-200 sm
3
hajmi)
olinadi. Bu havoning (nafas bilan chiqarilgan) gazlar tarkibini aniqlash uchun maxsus
gazoanalizatorlardan foydalaniladi. Ular
yordamida havodagi kislorod, karbonat angidrid %
miqdorini aniqlash mumkin.
Atmosfera havosining gazlar tarkibi bazga ma'lum. Shuning uchun nafas bilan chiqarilgan
havoning umumiy hajmi va uning tarkibini aniqlab olgach, atmosfera
havosi va nafas bilan
chiqarilgan havodagi gazlar tarkibining % miqdordagi farqiga qarab,
organizm yutgan
kislorod va chiqarilgan karbonat angidridning miqdori aniqlaniladi.
O„pka ventilyasiyasining hajmini bilgan xolda organizmda nafas olish jarayonida bir daqiqa
davomida yutilgan kislorodning va chiqarilgan karbonat angidridning absolyut miqdori
(hajmi)
aniqlanadi, ya'ni nafas bilan chiqarilgan karbonat angidridning yutilgan kislorodga
nisbati. Nafas koeffitsientining ko„rsatgichiga qarab maxsus
jadvaldan foydalangan xolda,
kislorodning energentik ekvivalenti aniqlanadi. Bir daqiqalik yutilgan kislorod hajmini uning
energetik ekvivalentiga ko„paytirilganda, kal/daqiqa da ifodalangan energiya sarflanish
miqdori hisoblab chiqariladi va bajarayotgan ishning og„irlik kategoriyasi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: