Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O‟quv uslubiy majmua toshkent


 mavzu. Mehnat faoliyatning zamonaviy shaklini fiziologik- gigiyenik o„ziga


Download 2.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/155
Sana01.11.2023
Hajmi2.47 Mb.
#1737659
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   155
Bog'liq
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O quv uslubiy majmua toshke

7 mavzu. Mehnat faoliyatning zamonaviy shaklini fiziologik- gigiyenik o„ziga 
xosligi. 
Mehnat fiziologiyasi fani, mazmuni, usul va vazifalari. I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, 
N.ye. Vedenskiy, A.A. Uxtomskiy, P.K. Anoxinlarni mehnat fiziologiyasini 
rivojlantirishdagi roli. Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat gigiyenasi vrachini fiziologik 
tekshiruvlarni tashkil etishdagi roli. Ularni o„tkazish usullari. Hozirgi sharoitda mehnat 
faoliyatini fiziologik o„ziga xosligi. Ishlab chiqarishda mehnat ish jarayonini 
mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish va boshqalar. Ish 
faoliyatini markaziy asab boshqarishi prinsiplari. Dominant, dinamik ishlab chiqarish 
stereotipi. 
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14. 
8 mavzu. Jismoniy va aqliy mehnatning fiziologik tavsifi. 
Jismoniy mehnat turlari - lokal, umumiy, regional jismoniy ishlar. Aqliy mehnat 
turlari – operator mehnati. Tayanch xarakat apparatining umumiy tavsifi, holati. Ratsional 
ishchi holatini (pozasini) tanlab beruvchi sharoitlar «O„tirgan», «o„tirgan-turgan», 
«turgan» holatlardagi ishchi holatlar. Bu holatlarni organizmga ta'siri. Mehnat faoliyati 
jarayonida ichki organlarning vazifalari, qon aylanishi va yurak ishi, nafas olish, energiya 
sarfi va gaz almashinuvi. Ish bajarayotganda qondagi biokimyoviy, ayrim morfologik va 
fizika-kimyoviy o„zgarishlar, har-xil ish bajarayotganda MNS holati (eslab kolish, fikrlash 
va boshqalar). Mehnat jarayonida xayajonlanishini roli. 
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 11,13,14. 
9 mavzu. Charchash va uning ish kobiliyatini ko„rsatkichlarida namoyon bo„lishi. 
Charchash muammosi. Ish kuni davomida ish holatini dinamikasi. Charchash va uni 
ish jarayonidagi ko„rsatkichlari, zo„rikish va o„tacharchash. Kasb kasalliklari
o„tacharchash va zo„rikish asorati sifatida. Gipokineziya, gipodinamiya, monotoniya. 
Avtomatizatsiyalashtirilgan ish turlarida funksional holat. Ishning og„irligi va keskinligi. 
Ishning og„irligi va keskinligi bo„yicha tasnifi. Ish qobiliyatini oshirishdagi asosiy 
yo„nalishlari. O„tacharchashni oldini oluvchi chora tadbirlar. Mehnat psixologiyasi fani, 


uning mazmuni, tekshirish usullari. Kasblarni o„rganishga psixologik yondoshish. Ilmiy 
texnikaviy taraqqiyot, uning maqsad va vazifalari. Mashq va trenirovka, ish tempi va 
ritmini moxiyati. Mehnat va dam olishni ratsional tartibi. Aktiv dam olishning 
muammolari. I.M. Sechenov fenomeni. Ishlab chiqarish fizkulturasining turlari, funksional 
mo„sika. Har xil turlarda charchash profilaktikasini fiziologik asoslari (konveyerli ish 
bajarganda, pultli boshqarishda va boshqalar). Ergonomika. Ergonomika mazmuni, 
gigiyena va mehnat fiziologiyasi bilan bog„likligi. 
Adabiyotlar: A - 1,2,9; Q – 12,13,14. 

Download 2.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling