Ko‘prik qurilishining rivojlanishi. Transport inshootlarini saqlash


Download 229.12 Kb.
bet6/15
Sana26.02.2023
Hajmi229.12 Kb.
#1232128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ma\'ruza 1

Keyinchalik va yaqin o‘tmishda qurilgan temirbeton oraliq qurilmalardan foydalanish jarayonida loyihalashdagi nomukammallik va qurilish texnologiyasidagi kamchiliklar, bu me’yorlarni bo‘zilishi natijasida turli, ba’zan jiddiy nuqsonlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Shuni ham nazarda tutish kerakki temirbeton ko‘priklarda uchraydigan kamchiliklar, ulardan foydalanishdagi tartib qoida va ta’minotdagi sifatga ham bog‘liq. Sovuq va ob-havosi noqulay bo‘lgan hududlarda ko‘priklarning beton va armaturalarida yoriqlar tez paydo bo‘ladi. Shu sababli 1967 yildan boshlab, sovuq sharoitdagi va ob-havosi noqulay hududlar uchun boshqacha me’yorlar ishlab chiqildi va qo‘llana boshlandi. 1930 yildan keyin qurilgan ko‘priklarda yaxlit, ko‘princha (oblitsovka) pardozsiz yig‘ma beton va oldindan zo‘riqtirilgan temirbetondan foydalanilgan. Bunday tirgaklarning afzalligi barchaga ma’lum. Shu bilan birga, beton va temirbetonli tayanchlardan foydalanish shuni ko‘rsatmoqdaki, ma’lum bir sharoitlarda turli yoriqlar paydo bo‘ladi, muz yoki suv o‘tkazish qismlarini, betonlangan qismlari va bloklar orasida yemirilish paydo bo‘lishini kuzatish mumkin. Umumiy tarzda ko‘rsatib o‘tilgan ko‘prik tayanchlarining ushbu kamchiliklari ularning chidamliligi, mustahkamligini, ta’mirlashlar orasidagi muddatni kamaytiradi va foydalanish xarajatlarini ko‘paytiradi.

Temir yo‘l ko‘tarmalari ostidagi quvurlardan foydalanish jarayonida juda katta hajmdagi tax urilgan beton va toshlarni ta’mirlash, quvur yorig‘i va yamoqlarini yamash, inshootni gidroizolyatsiya qilish, lotok va quvur boshlarini qayta jihozlash kabi ishlarni bajarish, ba’zida kichik suv o‘tkazish quvurlarini kichik ko‘priklarga almashtirishga to‘g‘ri keladi. Tajriba, o‘tkazilgan tekshirishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pincha suv o‘tkazish quvurlarida nosozliklar ularni qurish va tuproq ishlarini amalga oshirish jarayonidagi kamchiliklar natijasida yuzaga keladi. Bu davrda temirbeton qismlarida yamoqlarning yemirilishi, yoriqlarni paydo bo‘lishi kabi nuqsonlarning paydo bo‘lishi umumiy harakterga ega. Quvurlardan foydalanish jarayonida xalqalarni kengayishi, uzayib ketishi va xalqaning deformatsiya bo‘lishi va lotoklarda nosozliklar paydo bo‘lishi mumkin. Temir yo‘lda quvurlarning ko‘p sonliligini inobatga olib ularni ta’mirlash hajmi kattaligini tasavvur qilish mumkin.


Download 229.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling