Kursi sh I mavzu: pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmi


Download 448.21 Kb.
bet19/21
Sana16.06.2023
Hajmi448.21 Kb.
#1515971
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Жураев Эргаш (2)new

XULOSA VA TAKLIFLAR
Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati bo‘lib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi. Ushbu zarurioy sharoitga erishishda mamlakat Markaziy banki va u olib boradigan pul-kredit siyosati ham muhim rol o̺‘ynaydi.Shundan kelib chiqib pul-kredit siyosatini quyiodagicha tushunishimiz mumkin.
Pul-kredit siyosati - hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlari. Pul-kredit siyosati davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni Markaziy bank amalga oshiradi. Pul-kredit siyosati orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpaytiriladi, inflyasiyani pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank Pul-kredit siyosatini olib borishda pul bozoriga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin. Ushbu amaliyotlarni amalga oshirishda Markaziy bank pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmlaridan foydalanadi va ular yordamida pul-kredit siyosatini samarali tashkil etadi. Markaziy banklar monetar siyosat funktsiyalari orqali bank tizimini boshqaradi va ularni tartibga soladi. Majburiy zaxiralar siyosati iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida Markaziy bankning monetar siyosatining eng ahamiyatli va ta'sirchan instrumentlaridan biri sifatida muhim ahamiyatga egadir. Qayta moliyalashtirish siyosati orqali esa kreditlash limitlarini joriy qilish va bu bilan pul massasi va foiz stavkalarining keskin o‘sishiga barham berish mumkin. Markaziy bankning monetar siyosati ta'sirchanligini oshirish uchun Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalarini rivojlantirish lozim. ko‘rib chiqish kerak.
Pul-kredit siyosatini yanada samarali tashkillashtirish uchun uning vosita va instrumentlarini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Ularni takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni taklif qilish mumkin:

  • Markaziy bankning “kunlik kredit operatsiyasi”ni (intraday credit facility) joriy etish va kun davomida banklarga garov evaziga foizsiz kreditlar berish;

  • Likvidlikni kunlik prognozlash tizimini takomillashtirish va uning natijalaridan pul-kredit operatsiyalari parametrlarini rejalashtirishda faol foydalanish;

  • Davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlilik egri chizig‘ini shakllantirish va ikkilamchi davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish

  • Pul-kredit siyosati kommunikatsion instrumentlari sonini oshirish va sifatini yaxshilash;

  • Narxlarni onlayn kuzatish tizimi asosida onlayn-inflyasiya ko‘rsatkichini prognozlash – e-CPI loyihasini ishlab chiqish;

  • Bank moliya tizimida xizmatlar xilma-xilligini yanada oshirish,jahon andozalariga moslashtirish bo’yicha kerakli chora tadbirlarni amalga oshirish kerak deb o’ylayman.










Download 448.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling