Kursi sh I mavzu: pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmi


Tahliliy-prognozlash salohiyatini rivojlantirish yo‘nalishlari


Download 448.21 Kb.
bet15/21
Sana16.06.2023
Hajmi448.21 Kb.
#1515971
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Жураев Эргаш (2)new

5. Tahliliy-prognozlash salohiyatini rivojlantirish yo‘nalishlari

  • Inflyasiyani turli guruhlar kesimida qisqa muddatli prognoz qilish va ko‘p faktorli BVAR modelini takomillashtirish;

  • Narxlarni onlayn kuzatish tizimi asosida onlayn-inflyasiya ko‘rsatkichini prognozlash – e-CPI loyihasini ishlab chiqish;

  • Shveysariya Markaziy banki ko‘magida Dinamik stoxastik umumiy muvozanat modeli (DSGE) navbatdagi bosqichdagi loyihasini amalga oshirish. Prognozlarga asoslangan qarorlar qabul qilish jarayonlarini takomillashtirish;

  • Qarorlar qabul qilish jarayonida real pul-kredit sharoitlarini baholash uchun O‘zbekiston iqtisodiyotida muvozanatli (neytral) real foiz stavkasi va real almashuv kursini tahlil;

  • Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashtirishda Big Data (keng ko‘lamli maʼlumotlar asosida) texnologiyasi asosida Artificial Intelligence va Machine learning (sunʼiy intellekt va mashinaviy o‘qitish) algoritmlarini qo‘llash istiqbollarini o‘rganish.

3.O‘zbekistonda amaldagi pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va zamonaviy bozor instrumentlarini joriy etishning istiqbollari
Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosati instrumentlari samaradorligiga hamda uning transmission mexanizmini ko‘rilayotgan choralarni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazish imkoniyatiga bog‘liq.
Pul-kredit siyosatini rivojlantirishning hozirgi bosqichida zamonaviy pul-kredit instrumentlarini joriy etish, amaldagilarini takomillashtirish va ularning ta’sir mexanizmini mustahkamlash, shuningdek ichki iqtisodiy cheklovlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ravishda e’tibor qaratiladi.
Majburiy zaxira talablari. Yangi iqtisodiy voqelikda pul-kredit instrumentlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari kompleksida majburiy zaxira talablarini takomillashtirish ham ko‘zda tutilgan. Bunda, amaldagi majburiy zaxiralash tartibi banklarning likvidligiga qo‘yilgan prudensial talablarni hisobga olgan holda zaxiralash me’yorlari, valyutasi va hisoblash bazalarini optimallashtirish orqali takomillashtiriladi.
Majburiy zaxiralashning amaldagi tartibiga muvofiq, zaxiralash valyutasi tijorat banklari tomonidan mustaqil tanlanadi. Mazkur amaliyot banklarga valyuta aktivlarini majburiy zaxiraga yo‘naltirish orqali saqlash va buning natijasida bo‘shaydigan milliy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda.
Bugungi kunda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy zaxiralari tarkibida xorijiy valyutaning ulushi umumiy summaning 90 foizidan ziyodini tashkil etayotganligi ushbu instrumentning so‘m likvidligini tartibga solish samaradorligini pasaytirmoqda. Natijada tijorat banklari milliy valyutadagi qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi pul-kredit siyosati instrumentlari ta’sirchanligining kamayishiga hamda bank tizimi likvidligini boshqarishdagi majburiy zaxiralash instrumenti samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda.
Xalqaro tajribani o‘rganish natijalari mazkur instrument samaradorligini oshirish va qo‘llanilayotgan me’yorlarning bank tizimi likvidligiga ta’sirini aniq baholash maqsadlarida tijorat banklari tomonidan zaxiralash valyutasini erkin tanlash imkoniyatini chegaralash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatmoqda.
Majburiy zaxiralar shakllantiriladigan majburiyatlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqilishi, jumladan, ro‘yxatga jismoniy shaxslar depozitlari va boshqa moliyaviy resurs manbalarining kiritilishi zaxiralash tartibidagi mavjud tafovut va nomutanosibliklarni kamaytirish imkonini beradi. Depozit va kreditlarlarning umumiy hajmida xorijiy valyutadagi depozit va kreditlar ulushining yuqoriligi pul-kredit siyosati instrumentlarining samaradorligini cheklovchi yana bir omil hisoblanib, amaldagi majburiy zaxiralash tartibining takomillashtirilishini taqozo qiladi.
Majburiy zaxiralash tartibini takomillashtirish va talablarning maqsadli darajalarini belgilashda bank tizimidagi likvidlik hajmi va tijorat banklarining moliyaviy holati hisobga olinadi.
Shuningdek, iqtisodiyotdagi inflyatsion xatarlarning pasayib borishini va bank tizimidagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda majburiy zaxira talablarini o‘rtachalash tartibini joriy etish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu esa, o‘z navbatida, banklarning moliyaviy holatini mustahkamlashga va moliyaviy resurslarning qiymatini maqbullashtirishga xizmat qiladi.

Download 448.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling