Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/53
Sana23.09.2017
Hajmi4.02 Mb.
#16303
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53

 MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR 

Mazkur  mavzuni  o‘rganishda  talabalar  jinoyat  protsessida  ishtirok 

etishga  monelik  qiladigan  holatlarning  Oliy  sud  Plenumi  qarorlarida  va 

tarmoq  qonun  hujjatlarida  mustahkamlanishiga  oid  masalalarni  ko‘rib 

chiqishlari;  qiyosiy-huquqiy  tahlil  o‘tkazib,  jinoyat  ishlari  yurituvida  rad 

qilish instituti rolini aniqlashlari lozim. 

 

MAVZUGA OID MUAMMOLI SAVOLLAR VA KAZUSLAR 

1.

 

Rad  qilish  instituti  jinoyat  protsessida  xolislik,  beg‘arazlik  va 

odillikni ta’minlaydi, bir tomonlamalikni inkor etadi. Rad qilish va o‘zini 

o‘zi rad qilish institutining protsessual farqini tahlil qiling. 

2.

 



Rad qilish dastlabki tergov va sudda jinoyat ishi holatlarini xolis va 

beg‘araz tekshirishni hamda shu orqali jinoyat sud ish yurituvi maqsadlariga 

erishishni  kafolatlash  vositasi  vazifasini  bajaruvchi  jinoyat  protsessual 

huquq  instituti  hisoblanadi.  Jinoyat  ishi  yurituviga  mas’ul  mansabdor 



shaxslarni  xolisligiga  va  beg‘arazligiga  shubha  tug‘diradigan  boshqa 

holatlar deganda nima tushuniladi?  

 

1-kazus 

Sud  tergovi  jarayonida  sudlanuvchi  Kabirov  o‘z  himoyachisini  rad 

qilish to‘g‘risidagi iltimos bilan sudga murojaat etdi. Kabirov o‘z iltimosini 

himoyachi  jinoyat  ishi  materiallari  bilan  yetarlicha  tanish  emasligi  bilan 

asoslantirdi va o‘z xohishiga ko‘ra, boshqa himoyachi jalb qilishni so‘radi. 

Sud o‘z navbatida himoyachi ishni davom ettirishi to‘g‘risidagi e'tirozlarini 

o‘rganib,  ko‘rsatilgan  vajlarni  asossiz  deb  hisoblashi  hamda  himoyachini 

rad  etish  asoslari  mavjud  emas  deb  topib,  sudlanuvchining  iltimosini 

qanoatlantirmadi.  

Sudning  qarori  to‘g‘rimi?  Himoyachi  qaysi  hollarda  rad  etilishi 

mumkin?  

2-kazus 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksi  97-moddasi  2-qismi  “g” 

bandi  bo‘yicha  qo‘zg‘atilgan  jinoyat  ishi  bo‘yicha  ayblov  hukmi 

chiqarilgandan  so‘ng  xalq  maslahatchisi  Kamilov  ancha  yil  muqaddam 

ichki ishlar idoralarida halok bo‘lgan Suratov bilan birga xizmat qilganligi 

aniqlandi.  Ushbu  holat  yuzasidan  xalq  maslahatchisi  raislik  qiluvchiga 

xabar qilmagan. 


135 

 

Ushbu  holat  xalq  maslahatchisini  rad  qilish  uchun  asos  bo‘la 



oladimi? Hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng rad qilish uchun asos 

aniqlanadigan taqdirda qanday huquqiy oqibatlar kelib chiqadi? 

                   

 MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR 

1.

 

Xorijiy  mamlakatlar  jinoyat  protsessida  ishtirok  etishga  monelik 

qiladigan holatlarni ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse).  

2.

 

MDH mamlakatlari jinoyat-protsessual qonunchiligida rad qilishni 

amalga oshirish tartibini ko‘rib chiqing. Ish shakli – nazorat ishi (esse). 

 


136 

 

V BOB. DALILLAR VA ISBOT QILISH 

(Mualliflar – yuridik fanlar doktori, prof. Z.F.Inog‘omjonova, yuridik 

fanlar doktori, dots. G.Z.To‘laganova

 

Annotatsiya:  Talabalar  uchun  mazkur  mavzu  o‘rganilishi  jinoyat 

protsessida  dalil,  dalil  manbalari  va  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlar 

tushunchasi,  haqiqat  turlari,  isbot  qilish  va  isbot  qilish  jarayonining 

tarkibiy  qismlari,  isbot  qilish  predmeti  va  isbot  qilish  doirasini  o‘rganib 

tahlil qilish imkon beradi.  

 

5.1 Dalillar va isbot qilish tushunchasi 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

Jinoyat protsessida dalillar tushunchasi markaziy ahamiyat kasb etadi. 



Dalillar  –  bu  faktlar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlardir,  isbotlash  predmetiga 

kiruvchi faktlar esa dalil hisoblanmaydi. Inson ongida predmetlar, narsalar 

emas,  balki  ularning  manzaralari,  tushunchalari  va  ular  to‘g‘risidagi 

ma’lumotlar  mavjud  bo‘ladi.  Haqiqiy  ma’lumotlar  –  bu  qonuniy 



manbalardan  olingan  faktlar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlardir.  Jinoyat 

protsessual  qonunchilikda  esa  faktlar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar 

haqiqiy  ma’lumotlar  deb  yuritiladi.  Haqiqiy  ma’lumotlar  va  ularning 

manbalari o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lib, ularning birlashuvi dalilning vujudga 

kelishiga asos bo‘ladi. Tergov va sud harakatlarining bayonnomalari ham 

dalil  kuchiga  ega.  Ular  sifatli,  mazmunli  va  savodli  yozilishi  shart. 

Bayonnomani  yuritish  mas’uliyati  surishtiruvchi,  tergovchiga,  sud 

muhokamasi  bayonnomasi  esa  sud  majlisi  kotibiga  yuklatilgan.  Dalillar 

faqat  qonunda  belgilangan  manbalardan  olinishi  lozim.  Bu  manbalar 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  81-moddasida 

belgilangan.  Agar  ma’lumotlar  boshqa  manbalardan  olingan  bo‘lsa,  bu 

ma’lumotlar ish bo‘yicha dalil bo‘la olmaydi.  

Jinoyat-protsessual  qonuniga  2016  yil  26  aprelda  kiritilgan  so’nggi 

o’zgartirish  va  qo’shimchalarga  binoan  endilikda  qonunda  belgilangan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  81-moddasiga 

binoan, ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan va bermaganligini shu qilmishni 

sodir etgan shaxsning aybdor, aybsiz ekanligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun 

ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud 

tomonidan  qonunda  belgilangan  tartibda  aniqlashlariga  asos  bo‘ladigan  har 

qanday haqiqiy ma'lumotlar jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi

 


137 

 

talablarga  rioya  etilgan  holda  o’tkazilgan  tezkor  qidiruv  tadbirlarining 



natijalari  JPK  normalariga  muvofiq  tekshirilganidan  va  baholanganidan 

so’ng jinoyat ishi bo’yicha dalillar deb e’tirof etiladi. 

Isbot qilish jinoyat protsessida juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, agar 

mazkur  faoliyat  natijasiz  yakunlansa,  jinoyat  kim  tomonidan  va  qanday 

holatlarda sodir etilganligi aniqlanmasa, jinoyat protsessining maqsadlariga 

erishilmagan,  deb  hisoblanadi.  Isbot  qilish  jarayonida  xatolikka  yo‘l 

qo‘yilsa,  bundan  ham  og‘irroq  oqibatlar  kelib  chiqishi,  natijada  aybi 

bo‘lmagan  shaxs  jazoga  tortilishi  mumkin.  Shunday  qilib,  isbot  qilish 

qanchalik  to‘la  va  mahorat  bilan  amalga  oshirilsa,  ish  bo‘yicha 

chiqariladigan 

hukm 

va 


boshqa 

qarorlarning 

qonuniyligi 

va 


asoslantirilganligi shunchalik ta’minlangan bo‘ladi.

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Jinoyat  protsessining  asosiy  vazifasi  jinoyat  ishi  bo‘yicha  obyektiv 



 

DALIL MANBALARINING 

TURLARI 

(JPK 81-m.) 

Guvoh, jabrlanuvchi, gumon 

qilinuvchi, ayblanuvchi

sudlanuvchining ko‘rsatuvlari 

 

 

Ekspertning xulosasi 



 

 

Ashyoviy dalillar 



 

Ovozli yozuvlar, video-

yozuvlar, kinotasvir va 

fotosurat 

Tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va 

boshqa hujjatlar 

 

Isbot qilish deganda subyektlarning jinoyat-protsessual qonunga 

asoslangan holda muayyan jinoyat ishiga tegishli bo‘lgan har qanday 

ma’lumotlarni protsessual tartibda to‘plash, mustahkamlash, tekshirish 

va  baho  berish,  shuningdek,  davlat  nomidan  bu  ma'lumotlarning 

mavjudligini tasdiqlash faoliyati tushuniladi. 

 


138 

 

haqiqatni  aniqlashdir,  buning  uchun  esa  ish  bo‘yicha  aniqlangan  har  bir 



dalil, ma’lumot, fakt isbotlanishi lozim. Isbotlash murakkab jarayon bo‘lib, 

jinoyat  protsessining  negizi  hisoblanadi.  Jumladan,  isbot  qilish  -  jinoyat 

protsessual  faoliyatni  tartibga  soluvchi,  shuningdek  sudlov  faoliyatidagi 

jinoyat  ishi  bo‘yicha  haqiqatga  erishishni  ta’minlovchi  jarayondir.  Bu 

jarayonning  mohiyati  uning  elementlarida,  ya’ni  dalillarni  to‘plash, 

tekshirish, mustahkamlash va baholashda aks etadi. Dalillarni aniqlash, ular 

bilan  ishlash  va  protsessual  isbotlash  jinoyat  protsessining  asosiy  faoliyat 

qismidir. Protsessual isbotlash faqat fikrlash faoliyati emas, balki ish uchun 

ahamiyatga  ega  bo‘lgan  holatlarni  aniqlashga  qaratilgan  va  ish  bo‘yicha 

yakuniy  qaror  chiqarishga  imkon  beruvchi  huquqiy  faoliyatdir.  Isbotlash 

predmeti  va  doirasi,  isbotlash  ishtirokchilari,  ularning  isbotlash  jarayoni 

davomidagi  majburiyatlari  jinoyat-protsessual  huquq  fanida  muhim 

masalalaridan  biri  hisoblanadi.  Chunki  jinoyat  protsessual  faoliyatning 

asosini  isbotlash  jarayoni  tashkil  qiladi.  Faqatgina  isbotlash  jarayoni 

davomida  olingan  ishonchli  ma’lumotlar  asosida  har  qanday  jinoyat  ishi 

adolatli hal qilinadi.  

Jinoyat  protsessida  isbot  qilish  tushunchasi  bilan  birgalikda  dalillar 

huquqi, dalillar nazariyasi kabi tushunchalar mavjud. Isbotlash predmeti va 

doirasi, shuningdek ushbu jarayonni amalga oshiruvchi normalar yig‘indisi 

dalillar huquqini tashkil qiladi. Isbotlash huquqi har bir ish bo‘yicha isbot 

qilish maqsadiga erishish uchun kafolat hisoblanadi va isbot qilish shartlari, 

yo‘nalishlari  mazmunini belgilab beradi. Isbot qilishning aniq  mazmunini 

esa protsessual harakatlar va munosabatlar tashkil qiladi.  

Dalillar nazariyasi isbot qilishning gnoseologik, huquqiy, mantiqiy 

va psixologik asoslarini o‘rganadi, shuningdek huquqiy normalarning 

jinoyatlarni  tergov  qilish  davomida  qonuniy  qo‘llanilish  amaliy 

faoliyatini tartibga soladi.  

Ish  bo‘yicha  to‘plangan  har  bir  dalil  alohida  va  barcha  dalillar  bir 

tizimga  keltirilib  umumiy  baholanadi.  Dalillar  o‘rtasida  hech  qanday 

mantiqiy  ziddiyatlar  bo‘lmasligi  lozim,  aks  holda  aybdor  shaxsning  aybi 

to‘la  isbotlanmagan,  deb  hisoblanadi.  Bu  esa  tergov  bir  yoqlama  olib 

borilganini 

ayblanuvchining 

protsessual 

manfaatlari 

to‘la 


tekshirilmaganligini,  tergov  sifatsiz,  yuzaki  olib  borilganini  ko‘rsatuvchi 

holat  bo‘ladi.  Tergovchi  dalillarni  baholashda  yoki  jinoyat  ishi  bo‘yicha 

xulosa  chiqarishida  o‘z  ichki  ishonchiga  amal  qilishi  lozim.  Isbot  qilish 

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi  moddalarining 

talablariga  mos  bo‘lishi  lozim.  Bu  qoidaga  amal  qilmaslik  jinoyat  ishi 

bo‘yicha  yig‘ilgan  ma’lumotlarni  noqonuniy  deb  topishga  sabab  bo‘lishi 



139 

 

mumkin. Masalan, shaxsni aybdorligi tasdiqlanmaganda, uning aybdorligi 



yoki  aybsizligi  to‘la  aniqlanmaganda,  jabrlanuvchining  protsessual 

huquqlari  va  qonuniy  manfaatlari  ta’minlanmaganda,  ishni  adolatli  hal 

qilish masalasi yechilmasdan qoladi. Isbot qilish o‘zida haqiqatni aniqlash 

jarayonini  ifoda  etadi.  Uning  mohiyati  dalillarni  to‘plashda,  tekshirishda 

namoyon bo‘ladi. Isbot qilish jarayonini amalga oshirishda sudya, tergovchi 

va  boshqa  protsess  subyektlarining  amaliy  tajribasi,  shuningdek  ularning 

dunyoqarashi, huquqiy ongi va tafakkuri muhim o‘rin tutadi. Amaliy tajriba 

bilim faoliyatining asosi bo‘lib, bu tajriba isbotlash subyektlari tomonidan 

ishlash  jarayoni  davomida  o‘zlashtirib  boriladi,  natijada  ularning  amaliy 

tajriba  darajasi  yillar  davomida  ortib  boradi.  Isbot  qilinishi  lozim  bo‘lgan 

holatlar  ichida  har  bir  jinoyat  ishi  bo‘yicha  faktik  holatlarni  bor  yoki 

yo‘qligini aniqlash muhim o‘rin tutadi. Jinoyat protsessida isbot qilishning 

asosiy maqsadi - haqiqatni aniqlashdir. 

Jinoyat  protsessida  obyektiv  haqiqat  tushunchasi  o‘z  ichiga  tergov, 

prokuratura va sud organlarining jinoyat ishi bo‘yicha aniqlangan holatlar 

to‘g‘risidagi  ishonchli  xulosalarini  qamrab  oladi.  Obyektiv  haqiqat  real 

bo‘lgan taqdirdagina isbotlash protsessi maqsadiga erishiladi. 

Jinoyat protsessida nisbiy haqiqat deganda, ya’ni jinoyat protsessida 

bironta  jinoyat  ishini  isbotlanishi  davomida  aniqlangan  holatlar  tashqi 

dunyo hodisalari bilan bog‘liq bo‘lmaydi va yuridik, daliliy ahamiyatga ega 

bo‘lmaydi. 

Jinoyat  protsessida  absolyut  haqiqatda  esa,  jinoyat  ishi  bo‘yicha 

aniqlangan holatlarning barchasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. 

Ayrim  hollarda  haqiqat  konkret  aniqlanmaganda,  u  ham  nisbiy,  ham 

absolyut bo‘ladi. 

Haqiqatni  aniqlash  jinoyat  protsessining  maqsadi  va  adolatli  hukm 

chiqarishning  asosiy  shartlaridan  biridir.  Jinoyat  qanday  sodir  ishi 

holatlarini  bo‘lgan  bo‘lsa,  shunday  holda  aniqlash  obyektiv  haqiqatning 

mazmunini tashkil qiladi. Jinoyat ishi bo‘yicha obyektiv haqiqatni aniqlash 

tartibi jinoyat-protsessual qonunchilik bilan tartibga solingan.  



 

5.2 Isbot qilish predmeti 

Isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarning aniq belgilanishi tergov va sud 

organlari  faoliyatining  maqsadini,  jinoyat  ishi  holatlarining  to‘la,  har 

tomonlama va xolisona tekshirilishini ta’minlaydi.  

 

 

 



Protsessual  jihatdan  isbotlash  predmeti  –  bu  jinoyat  ishi  bo‘yicha 

ahamiyatli va barcha aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar yig‘indisidir.  

 

 


140 

 

Isbotlash predmetiga chambarchas bog‘liq bo‘lgan isbotlash doirasi esa 



isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlar,  dalillar  va  ularning  manbalarining 

hajmi, chegarasini belgilaydi. Isbotlash doirasi isbotlash predmetining har 

bir  elementi  aniqlanishini  ta’minlash  uchun  biron-bir  aniq  harakatning 

chegaralarini  belgilab  beradi.  Isbot  qilishning  asosiy  vazifasi  isbotlash 

predmetiga kiruvchi zarur bo‘lgan barcha holatlarni aniqlashdir. Subyektlar 

tomonidan  ish  uchun  ahamiyatli  holatlarning  to‘liq,  har  tomonlama  va 

xolisona  aniqlanishi  ish  bo‘yicha  haqiqatni  o‘rnatishga,  jinoyatni  to‘g‘ri 

tasniflashga,  jazoning  muqarrarligi  va  jinoyat  ishi  bo‘yicha  qonuniy, 

adolatli,  asoslangan  hukm  chiqarilishiga  xizmat  qiladi.  O‘zbekiston 

Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  82-moddasida  isbotlash 

predmetiga quyidagi isbotlanishi lozim  bo‘lgan holatlar kiritilgan: jinoyat 

obyekti:  jinoyat  tufayli  yetkazilgan  ziyonning  xususiyati  va  miqdori, 

jabrlanuvchining  shaxsini  tavsiflovchi  holatlar;  sodir  etilgan  jinoyatning 

vaqti,  joyi,  usuli,  shuningdek  jinoyat  kodeksida  ko‘rsatib  o‘tilgan  boshqa 

holatlari; qilmish va ro‘y bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar o‘rtasidagi sababiy 

bog‘lanish;  jinoyatning  ushbu  shaxs  tomonidan  sodir  etilganligi;  jinoyat 

to‘g‘ri  yoki  egri  qasd  bilan  yoxud  beparvolik  yoki  o‘z-o‘ziga  ishonish 

oqibatida  sodir  etilganligi,  jinoyatning  sabablari  va  maqsadlari; 

ayblanuvchi,  sudlanuvchining  shaxsini  tavsiflovchi  holatlar.  Isbotlash 

jarayonida  jinoyatning  vaqti,  joyi,  usuli,  shuningdek  O‘zbekiston 

Respublikasi Jinoyat kodeksida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa holatlar, qilmish 

va  ularning  ijtimoiy  xavfli  oqibatlari  o‘rtasidagi  sababiy  bog‘lanishni 

o‘rganish  muhim  o‘rin  egallaydi.  Bu  holatlarning  aniqlanishi  orqali 

jinoyatning  qachon,  qayerda,  qanday  usullar  orqali  hamda  qanday 

sharoitlarda  sodir  etilgani  va  ulardan  kelib  chiqqan  oqibatlar  o‘rtasida 

qanday sababiy bog‘lanish borligi kabi masalalar hal qilinadi. Bu holatlarni 

aniqlash  surishtiruvchi,  tergovchidan  katta  mas’uliyat  talab  etadi.  Chunki 

ayrim holatlar asosiy fakt bo‘lmasa ham, jinoyatning ochilishida yordamchi 

dalil  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Ba’zi  jinoyatlar  bo‘yicha  vaqtni  aniqlashda  esa 

kun  yoki  haftaning  aniqlanishi  ham  yetarli  bo‘ladi.  Ammo  har  qanday 

vaziyatda  jinoyat  sodir  etilgan  vaqt,  joy,  usul,  harakatlar  va  ularning 

oqibatlari  o‘rtasidagi  sababiy  bog‘lanish  holatlari  to‘la,  har  tomonlama, 

xolisona aniqlanishi shart, aks holda dastlabki tergovning to‘liqsiz yoki bir 

yoqlama  o‘tkazilishi  holati  yuzaga  keladi.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  82-moddasi  3-bandida  jinoyatning 

muayyan shaxs tomonidan sodir etilganligi jinoyat hodisasining isbotlanishi 

lozim  bo‘lgan  holati  sifatida  ta’riflanadi.  Jinoyat  aynan  muayyan  shaxs 

tomonidan  sodir  etilganligini  isbotlash  uchun  uning  ma’lum  yoshga 



141 

 

to‘lganligi,  aqli  rasoligi,  jinoyat  aynan  shu  shaxs  tomonidan  sodir 



etilganligi,  ayrim  jinoyatlarda  maxsus  subyekt  bor  yoki  yo‘qligini  ham 

aniqlash  zarur.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining 

82-moddasi  4-bandida  ko‘rsatilgan  jinoyatning  subyektiv  tomonlarini, 

uning  sabab  va  maqsadlarini  aniq  belgilash  jinoyatni  to‘g‘ri  malakalash, 

shaxsning ayblilik darajasini hisobga olgan holda adolatli jazo tayinlashning 

zaruriy  shartidir.  Jinoyatning  subyektiv  tomonini  aniqlash  sud-tergov 

amaliyotida  ma’lum  qiyinchiliklar  tug‘diradi,  shuning  uchun  jinoyatning 

ijtimoiy  xavfli  tomonlari,  maqsad  va  motivlarini  chuqur  o‘rganish  lozim. 

Jinoyatning  maqsadi,  motivi  va  sodir  etish  asoslarini  yetarlicha  tadqiq 

etmaslik  jinoyatni  malakalashda  xatoliklarga  yo‘l  qo‘yilishiga,  shaxsning 

sodir  etmagan  qilmishi  uchun  jinoiy  javobgarlikka  tortilishiga  sabab 

bo‘ladi. Jinoyatning sabablari va maqsadlarini aniqlanishi keyinchalik shu 

jinoyatning  qayta  sodir  etilishini  oldini  olish  imkoniyati  beradi. 

Ayblanuvchi, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar isbot qilinishi 

zarurligi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  82-

moddasi  5-bandida  belgilangan.  Ayblanuvchi,  sudlanuvchining  shaxsini 

tavsiflashda  og‘irlashtiruvchi  hamda  yengillashtiruvchi  holatlar  inobatga 

olinadi.  Tergovchi  ayblanuvchi  (sudlanuvchi)ning  familiyasi,  ismi  va 

otasining ismi, tug‘ilgan vaqti (yili, oyi, kuni) va joyi, yashash va ish joyi, 

mansabi,  mashg‘ulot  turi,  ma’lumoti,  oilaviy  ahvoli,  sudlanganligi  yoki 

sudlanmaganligini  aniqlaydi.  Shuningdek,  shaxsning  ilgarigi  faoliyati 

natijasidagi  imtiyozlari,  mehnatga,  jamiyatda  tutgan  o‘rni,  oilasining 

moddiy holati, ish staji, sog‘lig‘i, oldingi ish joylarida qanday ishlaganligi, 

qaramog‘ida  voyaga  yetmagan  farzandlari  borligi  e’tiborga  olinib,  ular 

boshqa isbotlanishi lozim  bo‘lgan holatlar bilan uzviy  bog‘liqlikda ko‘rib 

chiqiladi.  Ya’ni  bu  holatlar  aniqlanayotganda  shu  jinoyatni  sodir  etishga 

undagan  sharoitlar,  sabablar  ham  aniqlanadi.  Demak,  isbotlanishi  lozim 

bo‘lgan  holatlar  bir-biri  bilan  chambarchas  bog‘liq  bo‘lib,  bir  holatning 

aniqlanishi ikkinchisini topishga yordam beradi. O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual kodeksining 82-moddasida nazarda tutilgan isbotlanishi 

lozim bo‘lgan holatlar barcha turdagi jinoyatlarga taalluqlidir. Lekin alohida 

toifadagi ishlarni yuritishda qo‘shimcha holatlar ham aniqlanadi. Dastlabki 

tergov  harakatlari  va  sud  muhokamasi  davrida  voyaga  yetmaganlarning 

jinoyatlari  haqidagi  ishlarni  yuritishda  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual  kodeksining  82-84-moddalarida  ko‘rsatilgan  holatlardan 

tashqari  voyaga  yetmaganlarning  jinoyatlari  haqidagi  ishlar  bo‘yicha 

isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  bir  qator  o‘ziga  xos  boshqa  holatlar  ham 

isbotlanishi lozim. Bu toifadagi ishlarda voyaga yetmagan ayblanuvchining 



142 

 

aniq  yoshi  (tug‘ilgan  yili,  oyi,  kuni),  voyaga  yetmaganning  shaxsiga  xos 



xususiyatlar  va  uning  salomatligi  holati;  uning  turmush  va  tarbiyalanish 

sharoitlari; katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki 

yo‘qligi aniqlanadi. Shaxsning aqli rasoligini belgilash ham isbotlash lozim 

bo‘lgan  muhim  holatlardan  biridir.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksining 566-moddasida aqli noraso shaxs tomonidan sodir 

qilingan  ijtimoiy  xavfli  qilmish  yuzasidan  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan 

holatlar  ko‘rsatilgan.  Unga  ko‘ra,  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-

protsessual kodeksi 82-moddasining 1, 2 va 5-bandlarida nazarda tutilgan 

holatlar; shaxs, qilmish sodir etgan vaqtida surunkali ruhiy kasal ekanligi, 

ruhiyati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki boshqa kasalligi, shuning 

oqibatida  uning  aqli  noraso  bo‘lganligi,  ya’ni  o‘z  harakatlarini  idrok  eta 

olmaganligi;  mazkur  shaxsning  dastlabki  tergov  va  sud  muhokamasi 

vaqtidagi ruhiy holati aniqlanishi lozim. Shu bilan birgalikda jinoyat sodir 

etganidan so‘ng ruhiy kasallikka chalingan shaxsning ishi bo‘yicha uning 

bundan  keyingi  harakatlari  o‘zi  va  atrofdagilar  uchun  xavf  tug‘dirishi 

mumkinmi  yoki  yo‘qligi,  davolanishga  muhtojligi,  unga  nisbatan  tibbiy 

yo‘sindagi  majburlov  choralari  qo‘llanilishiga  zarurat  bor  yoki  yo‘qligini 

ham  isbotlash  lozim.  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual 

kodeksida  belgilangan  isbotlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlarning  har  biri 

jinoyat  ishlarini  ochish  uchun  umumiy  ravishda  zarur  bo‘lgan  holatlar 

yig‘indisidir.  Bu  holatlar  bir-biri  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lib,  isbotlash 

jarayoni davomida bir-birini to‘ldirib boradi.  



Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling