M. G„. Kenjayev, N. S. Ernazarov bank hisobi, tahlil va audit 1-qism. Bank hisobi va audit yo„nalishini kasbiy faoliyat asoslari


Download 308.28 Kb.
bet36/101
Sana23.12.2022
Hajmi308.28 Kb.
#1046341
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101
Bog'liq
BHT-VA-A-Darslik

Auditorning yordamchisi - auditor malaka sertifikatiga ega bo‗lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o‗tkazish bilan bog‗liq bo‗lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo‗lmagan tarzda auditorning topshirig‗iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir.


Auditorlik tekshiruvi- moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to‗g‗riligi va buxgalteriya hisobi to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo‗jalik yurituvchi sub‘ektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog‗liq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir.


Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi - auditorlik tekshiruvi o‗tkazilishini qo‗zg‗atuvchi xo‗jalik yurituvchi sub‘ekt, uning mulkdori, shuningdek ustav kapitalida qonun hujjatlarida belgilanganidan kam bo‗lmagan miqdordagi ulushga ega qatnashchilar va aksiyadorlar, nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlardir.

111
Auditorlik hisoboti — auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to‗g‗risidagi mufassal ma‘lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o‗tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo‗lgan va xo‗jalik yurituvchi sub‘ekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig‗ilishiga yo‗llangan hujjat. Auditor hisobotida aniqlangan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‗yicha tavsiyalar, shuningdek xo‗jalik yurituvchi sub‘ektning moliya-xo‗jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo‗yicha tavsiyalar va takliflar mavjud bo‗lishi kerak.




Auditorlik xulosasi — moliyaviy hisobotning to‗g‗riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to‗g‗risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo‗jalik yurituvchi cyb‘ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‗lgan hujjat.


Bank - tijorat tashkiloti bo‗lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:



  • yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‗lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;




  • to‗lovlarni amalga oshirish.




Download 308.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling