D tovushi qanday tovush?
Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?
D undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bogin hosil qiladi.
D tovushining talaffuzi orgatiladi. D tovushining soz boshida (don, deraza,dutor), ortasida (O-dil, A-do-lat)) kelishi haqida, sozlarni boginlarga bolib aytish, boginlardan tovushlarni ajratish, D tovushi sozning qaysi ornida kelganini aniqlatish orqali tushuncha beriladi.
Tetiklashtiruvchi mashqlar
Kapalaklar
Oyinning mazmuni: Bolalar stulchalarda otirishadi.
Tarbiyachi bolalarga: «Bolalar qaranglar-a, qanday chiroyli kapalaklar; kok, sariq, qizil!» Ular xuddi jonli kapalaklarga oxshaydi. Koraylikchi, ular ucha oladilarmi? (ularni puflaydi). Qaranglar, uchib ketishdi. qani sizlar ham puflab koringlar-chi. Kimniki uzoqqa uchar ekan?
Tarbiyachi har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turgazib qoyadi, bolalar kapalakka qarab puflaydilar.
Oyin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalarning togri turishiga, nafas olganlarida elkalarining kotarilmasligiga ahamiyat berib borish kerak. Bolalar bir nafas chiqarishda, havo olmasdan turib, biron narsani puflashlari kerak. Lablar biroz chochchaygan boladi. Har bir bola biror narsani 10 soniyadan (orasidan tanaffus qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak. Endi Dd harflari bilan tanishamiz. Bosh D va kichik d korgazmadan, rasmli alifbodan, maxsus tayyorlangan korgazmadan (bosma shakli) korsatiladi. Bosh D harfi korsatilib, bu harfning qanday shakli? (Bosh shakli Bosh D harfi) Bosh D harfi bilan qaysi sozlar yoziladi? Bu (D) qanday harf? (Bu kichik dharfi) U qaysi sozlarda yoziladi? (dutor, doira...) Men korsatgan Dd harflarini nimalarda oqiysiz? Nima uchun D harflari kok rangda yozilgan? SHundan song kesma Dd harflari ,,Harf kassasi"ga qoyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |