Magnit, elektromagnit maydoni bilan davolash Magnitoterapiya


QIBRAY KLINIK SANATORIYASI BFT XAMSHIRASI


Download 1.41 Mb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1162376
1   2   3
Bog'liq
Magnit

QIBRAY KLINIK SANATORIYASI BFT XAMSHIRASI
BEKMURADOVA GULCHEXRA


MAVZU: FIZYOTERAPEFTIK DAVOLASH ISHLARIGA KO‘RSATMA VA QARSHI KO‘RSATMALAR. MAGNIT. ELEKTROMAGNIT MAYDON BILAN DAVOLASH



E’TIBORING UCHUN RAXMAT


Balchiq bilan davolash. Shifobaxsh balchiqlar 6 ta genetic tipda bo`lib, ularning har biri ma’lum bir kimyoviy tarkibga va fizik xususiyatlarga ega. Torf balchig`I, sapropel (chiriyotgan cho`kma balchiq) balchiq, vodorod sulfidli cho`kma balchiq, sopqa balchig`I loyli balchiqlar tafovut qilinadi. Davolash amaliyotida cho`kma balchiq sapropel va torf balchiq keng qo`llaniladi. O`zbekistonda cho`kma balchiq Jizzax viloyatining baliqchi ko`lidan olinadi. Cho`kma balchiq, sapropel va torf balchiqlarining kelib chiqishi milroorganizmlarning hayot faoliyati bilan bog`liq bo`lib, bu balchiqlardan biologik faol moddalar ( fermentlar, naronlar) kolloidlar hamda gazlar ( vodorod, azot, metan) hosil bo`ladi. Vodorod sulfidli-cho`kma balchiq- bu bakchiqning tarkibida oz miqdorda organic moddalar va loy zarrachalari bo`lib, namligi 41-60%, reaksiyasi kuchsiz ishqorli yoki neytralga yaqin bo`ladi. Sapropel balchiqlar- chuchuk suvli ochiq havzalarda tuproq va qum zarrachalaridan, tuprpqdagi chirindi moddalardan hosil bo`lib reaksiyasi neytral, namligi 90-95% gacha bo`ladi. Torf balchig`i- botqoqliklardan o`simliklar organizmining uzoq vaqtgacha kislorodsiz chirishi natijasida hosil bo`ladi. Torf organic moddalar, asosan, gumin moddalari, minerallar kam bo`ladi, torf balchig`ining reaksiyasi kuchsiz kislotali. Sopqa balchig`i-asosini loy tashkil etadi. Uning suyuq qismida mineral tuzlar va organic moddalar kam bo`ladi. Bu turdagi balchiq gaz-neftli yerlarda uglevodorod gazlar ta’sirida hosil bo`ladi. Mineral cho`kma balchiqlar va sopqa balchiqlar tabiiy holatda ishlatiladi. Torf balchig`I muolaja oldidan mineral suv yoki chuchuk suv bilan aralashtiriladi. Fiziologik ta’siri. Shifobaxsh balchiqlar organizmga mexanik, issiqlik va kimyoviy ta’sir ko`rsatadi. Balchiqning fizik xossalari, balchiq bilan davolash vaqtida birmuncha yuqori haroratdan foydalanishga imkon beradi. Torf balchig`ining ta’siri issiqlik omili natijasida kelib chiqadi. Isitilgan balchiqning bachadonga chaplangan yupqa qavati tezda sovib qoladi, bu issiqlikning bir qismi teriga berilishi sababli sodir bo`ladi. Shundan keyin, chaplangan balchiq qavatining issiqg`I tastlab chaplangan balchiq qavati orqali sekin o`tganligi tufayli balchiq ham asta sekin soviydi. Shuning uchun balchiq organizmga uzoq vaqt issiqlik ta’sirini ko`rsatishi mumkin. Mexanik ta’sir- balchiq massasining bosimi, badan hamda balchiq qavatio`rtasidagi ishqalanish natijasida yuz beradi. Kimyoviy ta`sir- balchiqdan organizmga teri orqali o`tadigan turli kimyoviy moddalar (gazsimon, uchuvchan moddalar va boshqalar) ta’siriga bog’liq (bu, ayniqsa, cho`kma balchiq ta’sirida yaqqol ko`rinadi). Balchiqlar organizmga murakkab ta’sir ko`rsatadi. Balchiqlar ta’sirida asab sistemasiyurak-qon tomirlar sistemasi qon tarkibi moddalar almashuvi jarayonlari kabilarda o`zgarishlar yuz beradi. Bunda muolaja uchun tayyorlangan balchiq kulchasining o`lchami uning harorati va muolaja qanday sharoitda o`tkazilganligi (atrofdagi havoning harorati namligi va boshqalar) katta ahamiyatga ega . Balchiq bilan davolash muolajasi ta’sirida ko`pgina bemorlarda puls tezlanishi muolaja boshida nafas ham tezlashadi; qon aylanishi yaxshilanadi. Davo kursi boshida eritrositlar cho`kishining tezlanishini ko`rsatishi mumkin. Balchiq bilan davo qilish natijasida moddalar almashuvi jarayoni kuchayadi. Isitilgan balchiq teridagi juda ko`p retseptorlarni ta’sirlanishini kuchayriradi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling