Mahalla va oilada ma’naviy-axloqiy barqaror muhitni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvi”” Muallif


Download 25.02 Kb.
bet2/3
Sana08.01.2022
Hajmi25.02 Kb.
#245428
1   2   3
Bog'liq
Ochilova N.N

Iqtibos: “Ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor o‘tmasin! Yoshlik – umrning eng bebaho davri. Ilm va bilim – o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang!” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston yoshlari forumida so‘zlagan nutqi


Hozirgi davrda zommaviy axborot vositalarining farzand tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi haqida qanchalik ko'p gapirilsa-da, ijtimoiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, oilaning ma’naviy ahloqiy muhiti, boshqa omillarga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi. Garchi, albatta, bu yerda ikkita muhim shartni hisobga olish kerak: birinchisi-oilaning imkoniyatlari ob'ektiv ravishda cheklanganligi; ikkinchisi-zamonaviy oila, bir qator sabablarga ko'ra, ko'pincha bolaga ijobiy ta'sirining pedagogik salohiyatini ro'yobga chiqara olmaganligidir.

Bugun zamon bizdan mahalla va oila institutlarini mustahkamlash masalasiga chuqur ilmiy yondashuvni, muammo yechimida innovatsion usullarni qoʻllashni, sohada ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda jamoat tashkilotlari bilan amaliy hamkorlikda ish olib borishni talab etmoqda. Shundagina notinch va nizoli oilalar muammolarini hal etish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oila mezonlari, “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” konseptual gʻoyani hayotga tatbiq etishimiz mumkin boʻladi. Ushbu yoʻnalishlarda yillar davomida yigʻilib qolgan qator muammolar ham borki, ular barchamizni tashvishga solishi tabiiydir.

Asrlar mobaynida shakllanib kelgan axloqiy qarashlar va ularning ijtimoiy-ma’naviy ildizlari, jahonda va mintaqada axloqshunoslik ilmining turli yo‘nalishlari va ularda ma’naviyatga oid muammolarning yechim topishini o‘rganish orqali O‘zbekistonda ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarini jahon axloq ilmi yutuq va kamchiliklarini qiyosiy tahlili va xalqimiz ma’naviy-axloqiy merosiga tayangan holda hal qilish yo‘llarini izlab topish va ularni hayotga tatbiq etish ushbu fan yo‘nalishining asosiy maqsadi hisoblanadi

Bugungi shiddat bilan oʻzgarib borayotgan globallashuv davriga kelib ham Oʻzbekiston oʻz istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish, uni eʼzozlashda, deb bilayotgani yuqoridagi anʼanaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanganida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Shu oʻrinda har qancha achchiq boʻlmasin, ochiq aytish kerak, keyingi paytlarda xalqimizga xos boʻlmagan ayrim illatlar — oilaviy ajrashishlar, turli nizoli vaziyatlar, ishsizlik, oiladagi nosogʻlom muhit, maʼnaviy tushkunlik, ehtiyojmandlik, jinoyatga qoʻl urish holatlari kabi omillar notinch, noqobil, kemtik oilalar va qator ijtimoiy-maʼnaviy muammolarni paydo qilmoqda. Ayniqsa, ajrashishlar sonining kamaymayotgani kishida jiddiy tashvish uygʻotadi. Yurtimizda oilalar barbod boʻlishiga quyidagi omillar asosiy sabab boʻlmoqda:

Psixologik omil — oiladagi ogʻir psixologik muhit, oʻzaro tushunishning yoʻqligi, oiladagi doimiy nizolar, ota-onalarning yosh er-xotin hayotiga aralashishlari, yosh er-xotinlarni begonalashtirib qoʻyish, bir-biriga befarqlik;

Ijtimoiy omil — ichkilikbozlik, farzandsizlik, er yoki xotinning salomatligi yaxshi emasligi;

Maʼnaviy-axloqiy omil — er-xotindan birining uzoq vaqt davomidagi nikohdan tashqari aloqalari;

Iqtisodiy omil — turarjoy sharoitlarining qoniqarli emasligi, moddiy yetishmovchilik, ishsizlik, erning oilani taʼminlamasligi, mehnat migranti sifatida chet elga ketgan er-xotindan birining oilasi bilan aloqasi uzilgani, qarzlarni uzolmaslik.

Oilada bolalarga singdirilayotgan barcha g‘oya, tajribalar, yangi udumlar, urf - odatlar, ma’naviy - axloqiy qadriyatlar oilaviy an’analar orqali o‘tadi hamda ularni barkamol etib shakllantirishga xizmat qiladi. Yangi avlod o‘tmish ajdodlarning hayotdagi barcha tajribalarini muayyan darajada oilaviy an’analar vositasida davom ettiradi. Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali bo‘lib aslida keksa avlodlar bilim, tajribalarini, ko‘nikma va odatlarini yosh avlodga berib, uzatib borishdan ham iborat. Oilada bolalarni tarbiyalashda oila hayotida to‘planib kelinayotgan milliy an’analardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish amaliy ahamiyatga ega.

Boshqa tomondan esa, jamiyat texnologik taraqqiyotni rivojlantirishda uzoq yo'lni bosib o'tdi. Ommaviy axborot vositalari kattalar va bolalarning information tehnologiyalarning ko'nikmalarini shakllantirishga katta o’rin tutadi; maktablarda kompyuter texnologiyalari bo'yicha erta o'qitish keng tarqalgan. Zamonaviy bolalarning qiziqish doirasini va ish bilan ta'minlanishini o'rganadigan sotsiologlar ham zamonaviy avlodning ustuvorligi tizimida televizor va kompyuter o'yinlari birinchi o'rinda turishini ta'kidlaydilar. Ammo, afsuski, zamonaviy jamiyatning ushbu texnik yangiliklari bolalar va kattalar o'rtasidagi muloqotni rivojlantirishga yordam bermaydi, ya'ni ular yosh avlodning zarur shaxsiy fazilatlarini shakllantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatmaydi.

21-asrda, yosh ota-onalarning o'zlari gadjetlar va internet tarmoqlariga moyil bo’lib, yaqin insonlari bilan aloqa yetishmasligi katta foje’adir, va bunday kamomad oilaning axloqiy me'yorlarni va insonparvarlik ruhini vayron etadi.

Bolalar hayotini singdirib olgan gadjetlar ularga nisbatan tajovuzkor, hayotni yorqinroq va ravshanroq tasvirlarni taqdim etib, tasvirni idrok etish qobiliyatidan mahrum qiladi. Buning sababi shundaki, zamonaviy oilada televizor (kompyuter, noutbuk, planshet) go’dakning beshigida ham ushlab turish odatga aylandi va qo'llaridagi chaqaloqlar bilan onalar veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishmoqda.

Farzandni tarbiya qilganda, uning yoshi va saviyasini inobatga olish muhim. Bolani biror bir yutuqga erishishida, natijani ko’rishga shoshmaslik kerak. Masalan, ikki yoshgacha faqat shirin so’zlar bilan, erkalash orqali tarbiya qilinadi. Besh yoshgacha bola atrofni o’rganadi, asosiy malumotni shu yosh oralig’ida egallaydi. Bu davrda biz ko’proq amaliy jihatdan namuna bo’lishga urinishimiz, sog’lom oilaviy muhitni yaratishimiz zarur bo’ladi.

Keyingi davr esa bir oz qattiqqo’llik va intizomni talab etadi. Bu davr o’smirlik payti bo’lib, bola oq qorani ayni shu davrda ajratadi. Yaxshilikka mukofot, yomonlikka jazo muqarrarligini shu bosqichda o’rganadi. Bu davrda farzand to’g’ri yo’lga solinsa, solih do’stlarga hamroh qilinsa, u odobli bo’lib, yaxshi insin bo’lishi uchun muhim qadam qoyiladi.

Zero, ota-ona va mahalla tarbiyasi bola uchun umri davomida hamisha birinchi va hal etuvchi bo’lib qoladi




Download 25.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling