Mavzu: zamonaviy oila: rollarni taqsimlash reja: kirish asosiy qism zamonaviy oilalarning xususiyatlari Zamonaviy oila konseptsiyasi
Download 103.75 Kb.
|
zamonaviy oila
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning dolzarbligi
MAVZU:ZAMONAVIY OILA:ROLLARNI TAQSIMLASH REJA: KIRISH ASOSIY QISM 1.Zamonaviy oilalarning xususiyatlari 2. Zamonaviy oila konseptsiyasi 3. Zamonaviy oilada rollarni taqsimlanishi XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI KIRISH Mavzuning dolzarbligi Oila insonlarning eng qadimiy birliklaridan biridir. Oila sinflar, xalqlar va davlatlardan ancha oldin paydo bo`lgan. Oilaning ijtimoiy muhimligi va unga bo`lgan qiziqishning so`nmasligi, avvalo, oilaning hayotni – inson zotini ishlab chiqarish, farzandlarni tarbiyalash, inson ehtiyojlarini eng qulay shaklda qondirilishiga asoslanadi. Oila nikoh, qarindoshlik, ma‘naviy, iqtisodiy, huquqiy munosabatlar asosida insonlarni biriktiruvchi jamiyatning kichik bir bo`lagidir. Oila va jamiyat bir-biriga chambarchas bog‘liq tushunchalardir. Insonning dunyoga kelishi yangi avlodning paydo bo`lishi – avlodlar almashinuvi asosan oilada sodir bo`ladi. Farzand tug‘ilib, kamolga yetib, shaxs sifatida shakllanishiga qadar lozim bo`lgan barcha ta‘lim-tarbiya oila muhitida beriladi. Insonning ota-ona, qarindosh urug‘iga, qariyalarga, umuman atrof muhitga bo`lgan munosabatlari dastlab oilada shakllanadi. Shu bilan birga oila urf-odatlarni, qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazuvchi sotsial institut hisoblanadi. Oila asosini erkak-ayol munosabati emas, balki er bilan xotin, ota-ona bilan bolalar munosabatlari ifodalaydi. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar oila taraqqiyotiga bevosita ta‘sir ko`rsatadi. Oiladagi ta‘lim tarbiya xususiyatlari esa jamiyatda o`z aksini topadi. Shuning uchun oila va jamiyat o`zaro bog‘liq holda rivojlanadi. Oila jamiyat mahsuli sifatida o`zini tashkil topishi, mavjudligi va rivojlanishi bilan jamiyat oldida qarzdordir. Oila va gender sotsiologiyasi endi rivojlanib kelayotgan fan bo`lib hozirda rus va chet el olimlarining ushbu soha bo`yicha nikoh va oila munosabatlari haqidagi asarlarida keng ko`lamda foydalanilmoqda. Oila va gender sotsiologiyasining shakllanishi va rivojlanishi turli davlatlarda uzoq vaqt va ko`p qirrali bo`lgan. Inson bolasi dunyoga kelar ekan, u mustaqil harakatlanish, yurish, o‘qish, yozishdan boshlab tabiat va jamiyatning barcha murakkab qonunlari bilan yuzma-yuz kelganda nimalar qilish kerakligiga o‘rgatiladi yoki bunga maxsus o‘qitiladi. M a’lumki, hayotimizning yarmidan ko‘pini qamrab oladigan, chinakam, to‘laqonli insoniy baxtni in’om etadigan yoki aksincha, har tomonlama ta’minlanganligimizga qaramasdan, bizning baxtimizni yarimta qiladigan ham oilaviy hayotdir. Sobiq Ittifoq davrining so‘nggi bosqichlarida yoshlarni oilaviy hayotga maxsus tayyorlashga dastlabki urinish ham muvaffaqiyatsiz tugadi. Chunki u vaqtlarda masalaga ilmiy yondashilmagan, jumladan, har bir xalqning o ‘ziga xos etnopsixologik xususiyatlari hisobga olinmagan, nomi psixologiya bo‘lsa-da, mazmunan pedagogikaga yaqin turgan qoilanm alar bilan o‘qitilgan edi. 0 ‘zbekiston mustaqilligi tufayli Respublikada oila muammolari davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan masalalar qatoridan rasmiy ravishda o‘rin oldi. Oila va nikoh munosabatlarini yanada mustahkamlash sohasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi ―Jamiyatda ijtimoiy-ma‘naviy muhitni sog`lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo`llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi PF-5938-son Farmoni hamda 2020 yil 18 fevraldagi ―O`zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida‖gi qarorining qabul qilinganligi ham mazkur sohadagi islohotlarni yangi bosqichga ko`taruvchi muhim qadam bo`ldi. Download 103.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling