Mavzu: zamonaviy oila: rollarni taqsimlash reja: kirish asosiy qism zamonaviy oilalarning xususiyatlari Zamonaviy oila konseptsiyasi


ASOSIY QISM 1.Zamonaviy oilalarning xususiyatlari


Download 103.75 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2023
Hajmi103.75 Kb.
#1632470
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
zamonaviy oila

ASOSIY QISM
1.Zamonaviy oilalarning xususiyatlari

Hozirgi zamon oilasi “monogam” oilalardan iborat. Yosh avlod hayotining koʼp qismini oʼz oilasida oʼtkazadi. Shu boisdan bola turmushning murakkab tomonlari bilan xuddi shu ota-ona maskanida tanishadi. Shuninig uchun ham oila jamiyatning boshlangʼich yacheykasi sifatida bolalarning axloqi, yurish-turish, xatti-harakati, eʼtiqod va dunyoqarashiga tarbiyaviy taʼsir koʼrsatishi hamda ularni turmush qurishga tayyorlab borishi lozim. Oiladagi mavjud anʼanalar, urf-odatldar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida yigit va qizlar asta-sekin kamol topib boradilar.


Hozirgi zamon oilasidagi anʼanalar va turli marosimlarnig ijobiy taʼsiri kuchli boʼlib, xalqimizning oʼzoq oʼtmishidagi ahloqiy hislatlarini ifodalovchi mehmondoʼstlik, insonparvarlik, xushfeʼllik, iltifotlilik, bolajonlik, uy va hovlini ozoda saqlash, bogʼu-rogʼlar barpo etish, xalq sayillari va mavsumiy bayramlarini birgalikda oʼtkazishda oʼz ifodasini topadi. Psixologik muhit – bu guruhdagi, kolllektivdagi kishilarning psixologik holati, kayfiyati, munosabatlarini yigʼindisidir. Psixologik muhitlar juda koʼp, ammo ularning barchasini ikki kategoriyaga, qulay va noqulay kategoriyalarga boʼlish mumkin. Gruppa yoki kollektiv muhiti quyidagilar bilan aniqlanadi: gruppa yoki jamoa uchun tashkil qilingan oʼqish, mehnat faoliyatining har qanday turida qoniqqanlik, xodimlar va rahbarlar bilan boʼlgan munosabatlarda – oʼzaro bir-birini tushunishdan, barqaror kayfiyat, emotsional holat, har kimning emotsional muvaffaqiyatining darajasidan jipslashganlikdan kollektiv aʼzolarni boshqarish va oʼz-oʼzini boshqarishdagi ishtirokidan, faoliyat natijasidan qoniqqanlidir.
Oiladagi psixologik muhit – boshqa har qanday gruppada boʼlgan qonunlardan tarkib topadi. Biroq oilada ish birmuncha murakkabroqdir. Unda kishilar oʼz hayotining koʼproq qismini oʼtkazadi. Ular bir-birlari bilan koʼproq samimiy tuygʼular va munosabatlar orqali bogʼlangandir. Oila baxtining asosida oilaning psixologik muhiti yotadi. Oilaning psixlogik muhitiga er-xotinlarning ham, umuman kishilarga ham oila aʼzolariga va bir-birlariga boʼlgan munosabatlari taʼsir qiladi.
F.M.Otaxo`jayev tadqiqotlari oila va nikoh munosabatlarining huquqiy jihatlariga aniqlik kiritilgan. Ushbu tadqiqotlar zamonaviy oilada sodir bo`layotgan jarayonlar borasida tasavvurlarni boyitishga mo`ljallangan boy tarixiiy va etnografik ma‘lumotlarni taqdim etadi. Oila insonlarning tabiiy-biologik nikoh, qon-qarindoshlik, iqtisodiy, huquqiy, ma‘naviy munosabatlarga asoslangan turmush birligi va o`zaro javobgarlik orqali bog‘langan ijtimoiy guruhdir. Bu oilaning bugungi shakliga berilgan mukammal ilmiy ta‘rifdir. Oila – jamiyat taraqqiyotining mahsuli sifatida o`zining paydo bo`lish, rivojlanish tarixiga ega. Oilaning dastlabki shakli ibtidoiy jamoa davrida paydo bo`lgan. Ma‘lumki, ibtidoiy jamoa tuzumi birinchi bosqichida – insonlar to`da-to`da bo`lib yashaganlar. Ular orasidagi jinsiy munosabatlar tartibqoidaga ega bo`lmagan. Bir nechta erkak va bir nechta ayol farzandlari bilan oila bo`lib yashaganlar. Oilaning bunday shakli fanda – poligamiya (ko`p nikohlilik) deb ataladi. Quldorlik davrida esa jamiyat taraqqiyotida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar asosan xususiy mulkning paydo bo`lish natijasida oilaning tarkibi ham, shakli ham o`zgardi. Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi ijtimoiy ishlab chiqarishda erkaklar qadrini oshirdi. Moddiy mahsulotlar yaratishda erkaklar ulushi yuqori bo`la boshladi. Natijada oila huquqiga asoslangan patriarxal oila vujudga keldi. (erkaklar ustunliligi). Endi bir erkak oila boshlig‘i bo`lib, u xotinlari, farzandlari va qullari bilan bir oila bo`lib yashardilar. Bunday oilalar ko`p xotinlilik, ya‘ni – poliginiya asosida tashkil bo`lgan – poligamiya oila shakli bilan monogam (bir nikohli) o`rtasidagi oraliq oilalarni tashkil etganlar.
Sotsiolog-psixologlar baxtli va baxtsiz oilallarda oʼziga va xotiniga boʼlgan munosabatlarning xususiyalarini aniqlaganlar. Ular qiziqarli faktlarga ega boʼldilar. Oiladagi psixolgik muhit er-xotin qiziqishlarining umumiyligi bilan xarakterlanadi, eng muhimi ularning ikkalasi ham qiziqish bilan hisoblasha bilishlarida va eʼtibor bera bilishlaridadir. Er-xotin katta ijtimoiy muammo va talablar bilan yashaydigan oilalargina baxtli boʼlishlari mumkin.
Oiladagi qulay axloqiy-psixologik muhit er-xotin va oilaning boshqa aʼzolarida oʼziga ishonish, kishilarga ishonish, quvnoqlik, vazminlik kabi fazilat va tuygʼularni shakllantirishga taʼsir koʼrsatadi.
Psixologik muhit kishilarning muvofiqligida yanada aniq namoyon boʼladi. Kishilar bir-birlari bilan muvofiqligi, avvalo hayotning qadri, qiziqishlari, emotsional koʼrsatmalarining umumiy tarzi hamoxangligi nazarda tutiladi, natijada oilada bir-birini tushunish, boshqalarning qadrini ham, shuningdek insonni qanday boʼlsa shundayligicha qabul qiladi. Oila aʼzolarida psixologik qulaylik ishonchlilik, himoyalanish, bir-birining muomalasidan qatnoatlanish muvofiqlikning ichki mubʼektiv koʼrsatgichidir.
Kishilarning nomuvofiqligi oila aʼzolariningg bir-birlari bilan muomalada va oʼzaro harakatda boʼlgan ehtiyojlarining chegaralanganligida koʼrinadi. Bunday kishilarning bir-birlari bilan ajralishi va begonalanishi yuz beradi.
Muvofiqlikning turlari:
1. Kishilarning gʼoyaviy-ahloqiy birligi.
2. Sotsial-psixologik muvofiqlik er-xotinning maʼlumoti, yoshi umumiy madaniy saviyasidagi farqlar koʼpincha sotsial-psixologik nomufoqlikni keltirib chiqaradi. Umumiy madaniyat darajasi shaxsning kamolot darajasi ahamiyatga egadir. Oila asosiy vazifalarini amalga oshirshidagi hamjihatlik ham oiladagi sotsial-psixolgik muvofiqlikka bogʼliqdir.
3. Psixologik va psixofiziologik muvofiqlik bu koʼpincha er xotinning xarakteri va temperamenti bilan belgilanadi.
Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa hisoblanadi. Har bir oilaning ichki huquqiy, iqtisodiy munosabatlariga xech kim behuda aralashishga haqli emas. Shu sababdan oila muqaddas va daxlsiz hisblanadi. Ramzli qilib aytilganda, oila oʼziga xos kichik bir muxtor davlatdir, lekin oila jamiyat tashqarisida emas, oilaviy munosabatlar jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy va maʼnaviy munosabatlar bilan belgilanadi. Ularning taʼsirida oʼzgarib rivojlanib, takomillashib boraveradi. Oilaviy munosabatlar jonli, oʼzgaruvchan jarayondir. Oilada oʼzaro axloqiy munosabatlarning asosini er-xotinninng oʼzaro ishonchi tashkil etadi. Beruniy, axloq-odob egasi boʼluvchi inson eng avvalo oʼzining yurish-turishi, muomala madniyatida, hayot kechirishida, oila barqarorligida namuna boʼlish kerakligini oʼqtiradi. Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab oilani mustahkamlash, onalik-bolalikni muhofaza qilinishi uchun tinmay qaygʼurmoqda. Oʼzbekiston 1998 yil – “Oila yili”, Oʼzbekiston Respublikasining “Oila kodeksi” hamda 1999 yilni “Аyollar yili” deb eʼlon qilinganligi bejiz emas.
Oʼzbekistonda har bir oila, har bir insonning turmush farovonligi, fuqarolar totuvligini mustahkamlashga qaratilgan, ularni huquqiy muhofaza qilishga qaratilgan jarayon amlaga oshirilmoqda. Har bir oila har bir mehnatkash tinch-totuvlik va toʼkin-sochin yashasa respublikamiz ozod va boy boʼladi, gullab yashnaydi. Ota-onalar va bolalar har taraflama jipslashgan oila birligini tashkil etadi. Ular oʼrtasida juda yaxshi oilaviy munosabatlar mavjuddir, bu shaxslar oilaning yadrosini yaʼni oʼzagini tashkil etadi.
Oʼzagining ijtimoiy mazmuniga qarab, oila 3 ta guruhdan tashkil topadi:
1. Oilaning asosi – nikoh
2. Nikohning natijasi sifatida er-xotin
3. Er-xotin munosabatlari oqibatida farzand

Tipik oilaviy munosbatlardan tashqari bolali yolgʼiz ona bilan uning bolasi oʼrtasidagi boshqa qarindoshlar oʼrtaisdagi munosabatlar, baʼzi hollarda farzandlikka olingan, tarbiyaga olinganlar oʼrtasidagi munosabatlar ham oilaviy munosabatlarni tashkil etadi.


Oilaviy huquqiy munosabatlar jamiyatning tarqalgan munosabatlaridir. Oilaviy munosabatlar axloqiy normalar bilan tartibga solinadi.
Hozirgi zamon “monogam” oilasi oʼz navbatida tuzilishi, tarkibi, mohiyati va boshqa xususiyatlariga koʼra bir qator turlarga boʼlinadi:
1. Toʼliqligiga koʼra: toʼliq, notoʼliq, qayta tuzilgan (ikkinchi nikoh) oilalar.
2. Boʼgʼinlar soniga koʼra: nuklear (ota-ona va bollardan iborat) va koʼp boʼgʼinli, ikki va undan ortiq avloddan iborat oila aʼzolari birga yashovchi oilalar.
3. Bolalar soniga koʼra: farzandsiz, bir bolali, 2 bolali, 3-4 bolali va 5 dan ortiq bolali oilalar.
4. Er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga koʼra ishchilar dehqonlar xizmatchilar va ziyolilar hamda aralash tipdagi oilalar.
5. Er-xotinning maʼlumot saviyasiga koʼra: oliy, oʼrta maxsus, oʼrta tugatilmagan, oʼrta maxsus, yordamchi maktab maʼlumotiga va turli saviyalardagi maʼlumotga ega boʼlgan oilalar.
6. Oilaning yoshiga koʼra: yosh oila – 1 yilgacha, 3-5 yilgacha, 6-10 yilllik turmush tajribasiga ega boʼlgan hamda oʼrta va yetuk oilalar.
7. Qayliqlarning ota-ota oilasi, yaʼni ota-onasining moddiy taʼminlanganlik darajasi mos kelishi yoki katta tafovutning mavjudligi.
8. Regional jihatlarga koʼra: shahar, kishloq va aralash tipdagi oilalar.
9. Nikohdan qoniqqanlik saviyasiga koʼra: ajarlish saviyasida, quyi, oʼrta va nikohdan qoniqqanlik darajasi yuqori saviyadagi oila
10. Oila yoki erkak yetakchsiligiga koʼra er yetakchi boʼlgan yoki xotin yetakchi boʼlgan hamda er va xotin yetakchiligidagi oila.
11. Oilada er-xotin orasidagi munosabatlarga koʼra: avtoritar, demokratik, liberal va aralash tipdagi oila.
12. Er-xotinlarning millatiga koʼra bir millatli yoki baynalminal oilalar. Banalminal oilalarni 2 ga boʼlish mumkin:
• dini, urf-odatlari yoki tili bir guruhga kirgan millat vakillari orasida nikoh, mas: oʼzbek-tojik, oʼzbek-tatar
• dini, urf-odatlari yoki tili bir guruhga kirmagan millat vakillardan iborat nikoh: oʼzbek-rus, ukrain-nemis
13. Yuridik rasmiylashtirilganligiga koʼra:
• Sinovdagi oila – birga yashaydi, lekin nikohdan oʼtmagan
• Rasmiylashtirish arafasidagi nikoh
• Nikohdagi oila
• Nikohdan tashqari oila
Zamonaviy nikoh va oila muvaffaqiyatli bo'lish uchun eng yaxshi sharoitlarda. Jamiyat an'anaviy bo'lmagan oilaviy tashkilot shakllarini tanlash istagini uyg'otadi. Bu degani - shaxsiy baxtni izlashda ko'proq erkinlik.Oilaviy hayotning dastlabki davrida timsol yangicha haqiqatga o`tadi. Keyinchalik, tasavvurlar o`z ichiga institusional, turmushga oid va shaxslararo komponentlarni olib hamohanglashadi. Bunda er-xotinlik qadriyatlariga urg‘u beriladi. Nikohdan qoniqmaslik bolajonlikning ideallashtirilishiga olib keladi, er-xotinlar nizoli vaziyatdan chiqishni farzandlar oldidagi burchni bajarish bilan bog‘laydilar. Bu ayniqsa o`zbek oilalariga xosdir. Nikoh to`g‘risidagi tasavvurlar oilada shakllanayotgan munosabatlarga bog‘liqdir. Turmushdagi o`zaro ta‘sirlar mobaynida er va xotin o`z modellarini amalga oshirishga harakat qilishadi, biroq bunda bir qator muammolarga, ya‘ni moddiy, emosional-ruhiy va seksual qiyinchiliklarga uchraydilar. Nikohdan subyektiv qoniqqanlik ko`p jihatdan o`z qadriyat va talablarini turmush o`rtog‘ining shu kabi tushunchalarni anglashini va ular bilan moslashishini istash imkoniyatlariga bog‘liq bo`ladi. Shuning bilan birgalikda, erxotinlarning har birining individual qadriyatlari, ehtiyojlari va qiziqishlarini amalga oshirish ham muhimdir.
Tadqiqotlar ko`rsatishicha, ayollarda nikohdan qoniqqanlik birinchi navbatda er bilan psixologik va ruhiy moslik natijasida yuzaga keladi. Keyingi o`rinda individual (shaxsiy) ehtiyojlarning qondirilishi, er tomondan xotinning qarindoshlariga nisbatan aniq munosabatlar, kundalik turmushdagi moslashish turadi.
Har bir juftlik bu borada o`zlarining ma‘lumotlilik darajalari, madaniy qadriyatlaridan kelib chiqqan holda shaxsiy mezonlarini ishlab chiqishadi. Oilaning turli bosqichlarida kundalik turmushdagi va psixologik moslik turlicha ahamiyatga ega bo`ladi. Ular birinchi bosqichda norasmiy munosabatlardan institusionallashgan munosabatlarga o`tishda alohida o`ringa ega bo`lishadi. Keyinchalik bu tomonlar ayollar uchun zaruriy bo`lib qolsada, ular keyingi holatda bo`ladi va faqatgina turmush qiyin kechayotgandagina o`z dolzarbligini qayta kasb etadi. Demak, turmush ittifoqining dastlabki bosqichida ayollarda qoniqqanlik, avvalo, taranglikning bo`lmasligi asosida shakllansa, keyingi yillarga o`tib, qoniqqanlik avvalo ichki qadriyatlarning hamohangligiga bog‘liq bo`ladi. Erkaklardagi nikohdan qoniqqanlik, aniqlanishicha, turmush o`rtog‘i bilan bo`lgan psixologik moslik va uning seksual namoyon etilishiga bog‘liq. Erkak va ayollarda o`zaro qoniqish hosil qilingan munosabatlar psixologik, ruhiy va seksual moslik; er-xotinning o`ziga xosliklarini rag‘batlantirish va o`zaro yoqtirish tufayli shakllanadi. Demak, qadriyatlarning moslashtirilishi natijasida individual oilaning belgilangan rivojlanish bosqichida zarur bo`lgan moslashish o`choqlari tanlanib, yo`naltirib turiladi. Agar dastlabki bosqichlarda asosiy o`rinni moslashish elementlari egallashsa, keyingilarida shaxs va o`z-o`zini isbotlash imkoniyatlari qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. 2
Demokratik tamoyillar, qadiriyatlar va institutlar hayotimizning barcha sohalariga tobora ko`proq kirib bormoqda. O`zbekistonning va mintaqaning mavjud sharoitlaridan o`z mazmuniga ega bo`lmoqda. Jamiyatning ijtimoiy-siyosiy sohasida demokratik institutlarni shakllantirish siyosiy tizimidan isloh qilishiga va ijtimoiy hayotni demokratiyalash jarayonlariga jo`shqinlik baxsh etishga qaratilgandir. Ya‘ni, muhimi-bu ish islohotlarning olg‘a bosishga yo`naltirilganligidir. Birinchi navbatda, jamiyatda mavjud manfaatlari va munosabatlarining mujassam holda ifodalovchi ijtimoiy-siyosiy institut bo`lmog‘i lozim bo`lgan demokratik, huquqiy davlatning qaror topishi jarayonining ko`rsatib o`tish darkor.
Zamonaviy oilalarda erkak bilan birgalikda oilani moddiy mabla bilan ta‘minlash roli ham ajratilgan. Agar ayol ijtimoiy tomonidan erga nisbatan yuqori mavqyega ega bo`lsa va o`z mavqyeini oilaviy munosabatlarda ham qo`llasa, ziddiyat yana ham jiddiylashadi. Bu vaziyatda er-xotinning sabablari ichida alohida o`rin tutadi. Masalan: qiz bola turmushga chiqqach oiladagi bekalik yoki onalik rolini bajarishni xohlamaydi, avvalgiday turmush tarzini davom ettirishga harakat qiladi. Zamonaviy jamiyatda oilaning zaiflanish jarayoni uning ijtimoiy instituti sifatida ijtimoiy faoliyatning o`zgarishi rolsiz munosabatlarini kuzatmoqda. Shaxslarning ijtimoiylashishida oila o`zining yetakchilik vazifasini yo`qotmoqda. An‘anaviy ayolga berilgan bekalik, onalik roli erkakka berilgan mulkka yagona xo`jayinlik roli, oilaning iqtisodiy mustaqilligini saqlash roli bir-biri bilan almashib borayotganligini ko`pchilik xristian va budda madaniyatiga ega oilalarda ko`rish mumkin. Mamlakatlarda oilada ayollar iqtisodiy ta‘minlanishni barcha erkak zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o`zlarining zimmalariga yuklashlari oilaviy qarorlarni, masalalarni hal qilishlari kuzatilmoqda. Bu hol oila faoliyatini o`zgartirib yuboradi va jamiyat qator potiziv va negitav oqibatlarni olib keladi. Bir tomonda ayol o`zligini oiladada teng huquqqa ega ekanligini hal qildi. Ikkinchi tomondan, ziddiyatli vaziyatni kuchaytirdi. Tug‘ilish jarayonining kamayishi va o`limning ko`payishiga olib kelgan demografik intizomiga ta‘sir qildi. Nikoh mustahkamligi, er-xotin o`rtasidagi munosabatlar uyg‘unligiga erishish muammolari sotsiologiya fani tadqiqot ob‘yektlaridan biridir. Ushbu muammoni ilmiy o`rganishda turlicha yondashuvlarning tahlili oila, jumladan, yosh oilalar hayotiy faoliyatining turfa jabhalarini tadqiq etishda tadqiqotchilar fikrlari xilma-xilligidan dalolat beradi. Ijtimoiy faylasuflar, sotsiologlar, demograf, tarixchi, etnograf va boshqa jamiyatshunos olimlar oilada sodir bo`luvchi jarayonlarni tushunish va tavsiflashda jiddiy harakatlarni amalga oshirgan. Sotsiologik fikrning klassik vakillari M.Veber, E.Dyurkgeym, O.Kont, M.Mid, T.Parsons, P.Sorokin va boshqalar oila-jamiyat munosabatlaridagi o`zaro ta‘sir va o`zaro manfaatli bog‘liqlik muammolarini chuqur tahlil etganlar, oila shakllarini turkumlaganlar. Shu bois, hozirda oila va oilaviy munosabatlarning ilmiy tafsilotlari qator yo`nalishlarni qamrab oladi. Xususan, o`tgan davrlar mutafakkirlari va faylasuflari ishlari birinchi yo`nalishga mansub bo`lib, ular oilani sotsio-madaniy hodisa va jamiyatni ijtimoiylashuviga xizmat qiluvchi asosiy omil sifatida ko`rsatganlar. Ushbu yo`nalish Platon, Aristotel, F.Bekon, T.Gobbs, I.Kant va boshqalarning ijtimoiy fikrlarida o`z aksini topgan. Bu yondashuv zamonaviy sotsiologik tadqiqotlarda ham o`z aksini topgan (L.I.Savinov, A.G.Vishnevskiy, A.G.Xarchev va boshqalar). Ikkinchi yo`nalishga oilani sotsial institut sifatidagi mohiyatini ta‘riflovchi g‘oyalarni kiritish mumkin. Ushbu konsepsiyalar M.Veber, E.Dyurkgeym, J.Medok, U.Ogbornlarning tadqiqotlarida ishlab chiqilgan. Mazkur ishlarda oilaning sotsio-madaniy funksiyalari, uning shaklan o`zgarib borishi, o`zgacha sotsial ahamiyat kasb etishining tarixiy ildizlari tahlillangan. Oila funksiyalari doirasining torayib borishi sabablari izohlangan. XIX asrning o`rtalariga qadar oila jamiyatning mikromodeli sifatida o`rganilgan. Bu davrda ijtimoiy munosabatlar bevosita oilaviy munosabatlarga qiyoslangan. Faylasuflar va tarixchilar jamiyatni kengaytirilgan oila qabilida sharhlagan. XIX asr oxirlariga kelib oila kichik guruh sifatida uchinchi yo`nalishga mansub tadiqotchi-olimlar amaliy va empirik tadqiqotlari obyekti sanalgan. Ushbu an‘ananing asoschisi R.Xill, Ch.Kuli, F.Le-Ple va boshqa olimlar bo`lib, ular oilaning qarindosh-urug‘chilik munosabatlari doirasidan «er-xotinlik» oilasi darajasigacha torayib borishi qonuniyatlarini o`rganganlar. Oila «sotsial guruhlar»ga mansublik nuqtai nazaridan «alohida xususiyatli birlamchi guruh» sifatida ta‘riflanib «nuklear oila» g‘oyasining shakllanishiga asos bo`ldi. Ushbu nazariy yondashuvni davom etgan U. Djeyms, F.Znaneskiy, U.Tomas, Z.Freydlar oilani birlamchi kichik sotsial guruh sifatida ta‘riflaganlar. Ular tomonidan shaxs va oila o`rtasidagi o`zaro aloqa birlamchi, shaxslararo munosabatlar darajasida ko`rib chiqilgan. P.Sorokin mohiyatan oilaning institusional xususiyatlarining klassik tahlilini amalga oshirgan. U tomonidan taklif etilgan metodologiyaga ko`ra oila unikal sotsial guruh, jamiyat tuzilmasining birlamchi nuqtasidir. Ushbu yondashuvga muvofiq oilaning maxsus institusional funksiyalari bo`lib, jamiyatning boshqa institutlari muqobil funksiyalari uning o`rnini to`ldirmaydi. Tuzilmali-funksional tahlilning nisbatan keyingi paradigmalari doirasida oilaning tuzilma sifatidagi funksional va mavqyeli-rolli xususiyatlari tadqiq etilgan. Oilaviy ijtimoiylashuv jarayoni bosqichlari, uning sotsial nazorat funksiyalari va shu kabi o`ziga xos jihatlari borasida fundamental nazariy yondashuvlar ishlab chiqilgan. Oilaning o`ziga xosligi xususida E.Giddensning10 ilmiy hissasini alohida ko`rsatish joiz. Uning tadqiqotlarida oila instituti turli shakllarining tarixiy dinamikasi, avlodlararo qadriyatli, sotsio-madaniy vorislikni ta‘minlanishidagi roli, nikoh istiqbollari va rivojlanish tendensiyalari, oilaviy-nikoh munosabatlarining an‘anaviy va muqobil shakllarining nisbatining nazariy-metodologik asoslari yaratilgan.


Download 103.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling