Mamasoli jumaboyev


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/29
Sana28.10.2017
Hajmi3.01 Kb.
#18837
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bo‘ri meni yeyarmish.
Qorni to‘yib ketarmish.
Òulki:
(Bo‘riga)
Qopga sig‘dim deysanmi?
Cholni endi yeysanmi?
Bo‘ri:
Ha, sig‘dim, cholni yeyman!
Òulki:
Gaping yolg‘ondir deyman!
Bo‘ri:
Rost.
Òulki:
Rost bo‘lsa, hoziroq,
Qani, qopga kirib boq!
Ko‘ray, ishonay.
Keyin —
Mayli, cholni sen yegin!
Bo‘ri:
Chol, qopni och, kirayin!
Òulki:
Sig‘ganini ko‘rayin!
(Bo‘ri qopga kiradi)

183
Òulki:
Bobo, qop og‘zin bog‘lang,
Bo‘rining bag‘rin dog‘lang.
(Chol qopning og‘zini bog‘lay boshlaydi)
Bo‘ri:
Voy-dod! Bobo, rahm aylang!
Òulki:
Qop og‘zini mahkam bog‘lang!
Chol:
(Bo‘riga)
Dushmanga bo‘lmas ayov.
Doim firib berar yov.
(Chol bo‘rini, Òulki o‘tinni orqalaydi)
Òulki va Chol:
(Quvnashib ashula aytadilar)
Biz dushmandan oldik o‘ch,
Endi, Bo‘ri, bo‘lma o‘ch!
Biz ikkovmiz, bizda kuch,
Do‘stmiz qadrdon.
Chol:
Òulkibek, rahmat senga,
Yov xavf sololmas bizga.
Òulki:
Bobojon, rahmat sizga.
Birga:
Yasha, qadrdon!
(Chiqib ketadilar)
P a r d a

184
Hakim Nazir o‘zbek bolalar nasrining otaxon ijodkor-
laridan biri, kichkintoylarning sevimli adibidir. U bolalar
uchun o‘ndan ziyod qissa, roman, pyesa va qator hikoyalar
yaratdi. „So‘nmas chaqmoqlar“, „Yonar daryo“, „Kenjatoy“
qissalari, „Lochin qanotlari“ romani va o‘nlab hikoyalari
ko‘pgina xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellarda ham o‘z
o‘quvchisini topdi.
Zahmatkash adib 1915- yilda Òoshkent shahrida maxsido‘z-
kosib oilasida dunyoga keldi. Onasi Malika otin qo‘lida
boshlang‘ich ma’lumotni olgandan keyin poyabzal fabrikasiga
ishga kirib, kasb egallash bilan birga, kechki ishchilar
dorilfununi (industrial texnikum)da o‘qishni davom ettirdi.
Hakim Nazir bolaligidan kitobga mehr qo‘yib, gazeta va
jurnallarda bosilgan materiallarni chanqoqlik bilan o‘qib
chiqardi. Bu qiziqish uni sobiq „Lenin uchquni“ („Òong
yulduzi“) gazetasi tahririyatiga boshlab keldi. 1934—1935-
yillarda havaskor adibning dastlabki hikoya, ocherklari
gazetada, „Yosh kuch“ jurnalida bosilib chiqdi. U jiddiyroq
asar yozish uchun hayot taassurotlaridan tashqari, chuqur
nazariy ma’lumot ham zarur ekanligini angladi. Kunduzi
tahririyatlarda ishlab turib, Òoshkent Davlat pedagogika
institutining til-adabiyot fakultetini muvaffaqiyatli bitirib chiqdi.
Biroz vaqt o‘qituvchilik ham qildi. Ammo adabiy ishga astoydil
berilgan yozuvchi 1942-yildan boshlab, o‘n bir yil davomida
O‘zbekiston radiosida bo‘lim boshlig‘i, bosh muharrir bo‘lib
ishladi. So‘ng badiiy adabiyot nashriyotida bosh muharrir,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib, adabiy
maslahatchi vazifalarida faoliyat ko‘rsatdi. Mazkur vazifalarni
yozuvchi ijodiy ish bilan birga qo‘shib olib bordi.
Hakim Nazir
(1915—2008)

185
Qunt, chidam bilan o‘z ustida ishlashi, tinimsiz izlanishi
tufayli Hakim Nazir bolalar yozuvchisi sifatida kitobxonlarga
tanildi. 1940-yilda „Kenja“ (yangi nomi „Quyosh qachon
tutiladi?“), 1946-yilda „Salim ota“ nomli hikoyalari respublika
tanlovlarida sovrindor bo‘ldi. 1951- yilda esa Moskvada rus tilida
chiqqan „Maëü÷èêè èç êèøëàêà“ hikoyalar to‘plami sobiq
Ittifoq tanlovida mukofot oldi.
Sevimli yozuvchimizning dastlabki ijodiy izlanishlari hi-
koyachilikdan boshlangan. Uning „Qishloqdagi jiyanlarim“
nomli birinchi kitobi ham hikoyalardan jamlangan. Hikoya janri
yozuvchi bilan yosh kitobxonlar olamini bog‘lashda muhim
vosita bo‘ldi. Shu vosita orqali Hakim Nazir bolalarning boy,
go‘zal, quvnoq, ajoyibotlarga to‘la dunyosiga kirib bordi. Buning
natijasi o‘laroq, bir-biridan o‘qimishli, bolalarcha quvnoq
hikoyalari dunyo yuzini ko‘rdi. Bularda kichkintoylarning
quvonchga to‘la his-tuyg‘ulari, o‘qishi, xulq-odobi, kattalarga
hurmati, mehnatga munosabati, milliy qadriyatlar o‘z badiiy
ifodasini topdi. Yozuvchining kichkintoylar yoshi, saviyasi,
ruhiyatini ko‘rsatishga alohida e’tibori diqqatga sazovordir.
„Qishloqdagi jiyanlarim“ (1948), „Besh baho“ (1955),
„Cho‘l havosi“ (1958), „Yaxshi ism“ (1962), „Meni
taniysizmi?“ (1963), „Bolajonlarim“ (1964) nomli hikoyalar
to‘plamlari birin-ketin nashr etilib, bolalar va o‘smirlarning
ma’naviy mulkiga aylandi.
Hakim Nazirning bir qator hikoyalari bog‘cha yoshidagi
yoki endigina maktabga qadam qo‘ygan bolalar hayotini aks
ettirishga bag‘ishlangan. Buni adibning „Bir og‘iz so‘z“,
„Rasmli kitobcha“, „Davronning qushchasi“, „Qaysargina
ukam“, „Yaxshi ism“, „Ikki o‘rtoq“, „Bulbul“, „Qanddon“,
„Igna“, „Bir tup g‘o‘za“ kabi hikoyalari misolida ko‘rish
mumkin. Bunday hikoyalarda bolalar o‘rtasidagi o‘zaro
do‘stlik, axloq-odob, a’lo o‘qish, jamoat ishlarida faollik
ko‘rsatish, kattalarning yumushlariga ko‘maklashish, qushlar
va jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish, orzu-umidlar qanotida
yashash yetakchi g‘oyalar hisoblanadi.
Bolalarda orzu-umid, yaxshilik sari intilish kattalarga
nisbatan kuchliroq bo‘ladi. „Yaxshi ism“ nomli hikoyasida adib
xuddi shu haqda so‘z yuritadi. Shoira endigina birinchi sinfga
qadam qo‘ygan. U hali maktab qonun-qoidalarini yaxshi
bilmaydi. Shuning uchun o‘qituvchisi Zuhra yulduziga raketa

186
uchirilganligi to‘g‘risidagi axborotni gazetadan o‘qib berganida
qizcha:
— Òopdim! Òopdim! Òopdim!!! — deya ovozining boricha
baqirib yuboradi.
Ayon bo‘lishicha, kuni kecha Shoira singilchalik bo‘lib,
chaqaloqqa nima deb ism qo‘yish muammo bo‘lib turgan ekan.
Shoirada orzu-havas, niyat kuchli. Unga raketa va ayniqsa,
Zuhra yulduzi yoqib qoladi. Shu onda singilchasiga Zuhra deb
ism berish fikri tug‘iladi va bu haqda u butun sinfga so‘zlab
beradi.
Bolalarga har tomonlama to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berish,
tushuntirish, o‘rgatish, ularda turli ko‘nikmalar hosil qilish
ko‘p jihatdan kattalarga bog‘liq. Kichkintoylarning otaxon adibi
„Bulbul“ hikoyasida bu masalaga katta e’tibor beradi. Ona
tabiatga, qushlarga g‘amxo‘rlik qilish g‘oyasi bu asarning
asosini tashkil etadi.
Adibning maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlab yozgan juda
ko‘p hikoyalari kitobxonni ota-onani e’zozlashga, ona yurtni
sevishga, mehnatkash bo‘lishga, ma’lum bir kasb-hunar egasi
bo‘lishga chorlaydi.
„Bir tup g‘o‘za“ nomli hikoyasida yosh qahramonlarning
xalq boyligiga bo‘lgan munosabatlari g‘oyat hayotiy detallar,
jonli, qiziqarli voqealar asosida ifoda etiladi. Bolalarning
o‘yinqaroqligi tufayli Karimning sigiri bo‘shalib, bir tup
g‘o‘zani payhon qilishi hammani tashvishga soladi. Yozuvchi
shu voqea vositasida yoshlarning xalq mulkiga bo‘lgan muno-
sabatlarini tasvirlaydi.
Hakim Nazirning umuminsoniy va milliy qadriyatlariga
bag‘ishlangan 50 dan ortiq asarlarini aytish mumkin.
Shulardan 7 tasi bolalar va o‘smirlar uchun yozilgan qissalar
bo‘lib, muallifning birinchi qissasi „Ko‘korol chiroqlari“
(1954) qishloq hayotida yuz bergan qiyinchiliklarni yengishda
ota-onalarga ko‘mak ko‘rsatgan bolalar haqida. Asarda ularning
mehnatda pishib-chiniqishlari, oralaridagi do‘stlikning
toblanishi aks ettiriladi. Bu qissani muallif kitobxonlar talabi
asosida qayta ishlab, 1957-yilda „So‘nmas chaqmoqlar“ nomi
bilan nashr ettirdi.
Hakim Nazirning „Yonar daryo“ (1966) qissasi o‘zbek
bolalar adabiyotining o‘sha yillardagi katta yutug‘idir. Gazchilar
hayoti manzaralarini yorqin bo‘yoqlarda gavdalantirgan bu

187
asarda Qizilqum sahrosida mehnat qilgan kishilarning jasorati,
romantik hayoti, qahramonligi hamda bir-biriga mehribonligi
badiiy ifodasini topgan. Asarda voqea o‘n ikki yoshli o‘quvchi
Damir tilidan hikoya qilinadi. Oilada bola tarbiyasi, bunda ota-
onaning tutgan roli ko‘rsatiladi.
Yozuvchining „Kenjatoy“ (1976) qissasida hunar maktabi
o‘quvchilari hayotining qiziqarli va jozibador aks ettirilishi
o‘smirlarda ishchi kasbidan faxrlanish tuyg‘usini tarbiyalashga
xizmat qiladi.
„Òohir-Zuhra“ (1985) qissasidagi bosh g‘oya hayotga endigina
qadam qo‘yayotgan balog‘at yoshidagi o‘spirin bilan qizaloqning
yosh qalblarida tug‘ilmish ilk sevgi kechinmalariga qaratilgan,
ularning yoniq iztiroblari tasviriga keng o‘rin berilgan.
„Dadamni topib beringlar“ (1991) qissasida esa bir dehqon
oilasi boshiga tushgan nohaqlik fojiasi kichkintoy nazari orqali
tasvirlanib, ularning ongi va ruhiyatiga yetkazilgan salbiy ta’sir
badiiy tahlil etilganini ko‘ramiz va yosh qahramonlar bilan
birga iztirobga tushamiz.
Hakim Nazirning „Oq fotiha“ xotira-qissasi esa bolalik
sarguzashtlariga bag‘ishlangan. Muallif ushbu kitobda bezov-
talik, g‘ulg‘ula, hayajonlarga to‘la bolalik chog‘larida ko‘rgan-
kechirganlarini jonli lavhalarda hikoya qiladi, kichikligida ota-
onasidan olgan ilk insoniy saboqlari uchun ularga minnat-
dorchilik izhor etadi.
Yozuvchining dramatik asarlaridan „Chiranma g‘oz —
hunaring oz“ nomli pyesasi uzoq yillar yosh tomoshabinlar
teatri sahnasida qo‘yilib, bolalar ko‘nglini xushnud etdi.
YONAR DARYO
(Qissadan parcha)
„Kengashli to‘y tarqamas“
Nonushtaga hamma o‘tirdi-yu, oyim o‘tirmadi. Har
kungidek uzoq soch tarash, ko‘ylak dazmollash bugun esiga
ham kelmadi. Bir piyola choy ham ichmasdan ishga jo‘nadi.
Nega undoq qildi, a? Shoshganidanmi yo bir narsaga zarda
qilganidanmi?
Buvim uning ketidan:
— Hoy, bolam, och-nahor qayoqqa ketyapsan? — de-
ganicha achinib qoldi.

188
Kuniga biz bilan chaqchaqlashib choy ichadigan Sulton
amaki bo‘lsa indamay o‘tiribdi. Chakkasi tirishib, ko‘zi qizarib
ketibdi. Nima bo‘ldi? Bosh og‘rig‘i tutib, uxlamay chiqdi-
mikan? So‘ray desam, tilim bormadi. Negadir birdan ishtaham
bo‘g‘ildi. Buvim pishirib kelgan quymoqning yarim likopchasini
zo‘rg‘a yedim-da, turib ketdim.
Sulton amaki soatiga qaradi.
— Yur, Popuk, vaqting bo‘lib qolibdi, — deb, singlimni
bog‘chasiga yetaklab ketdi.
Boshqa kunlari Popukni bog‘chasiga qo‘yganidan so‘ng
to‘g‘ri uyga qaytardi. Bugun shu ketgancha allaqayoqlarda yurib,
kechqurun Popukni ko‘tarib kirib keldi.
Men maktabdan allaqachon kelib, nima qilishimni bilmay
o‘tiruvdim. Sulton amaki kelsa, bir tennis o‘ynaylik degan
edim. U charchab kelgan ekanmi, to‘g‘ri mening karavotimga
borib cho‘zildi. Men hech narsa deyolmadim. Keyin fotoap-
paratimni olib, ko‘chaga chiqib ketdim.
Bugun uyimizda suv quyganday jim-jitlik bo‘ldi. Ertasiga
oyim bilan Sulton amaki o‘rtasida tag‘in „g‘idi-bidi“ qo‘zg‘aldi.
Bu gal oyim buvimni bahona qildi.
— Oyimlarga gapingizni aytgan edim, dillari og‘ridi:
„Sultonboydan umidim shumidi? O‘g‘lim o‘rnida o‘g‘lim
degandim! Nahotki, yuzimga oyoq qo‘yib ketsa!“ dedilar...
Sulton amakining dami ichiga tushdi. U indamay allaqa-
yoqqa chiqib ketganda, oyim meni oldiga chaqirib:
— O‘tir, maslahat bor, — dedi.
Qo‘rqa-pisa o‘tirdim, yuziga baqraydim: oyim hech qachon
men bilan hech narsani maslahat qilmasdi-ku? Qaytaga hamma
narsani mendan berkitardi, biron ishi bo‘lsa, o‘zi o‘ylab
olgandan keyingina menga aytardi, to‘g‘risi, faqat buyurardi.
Hozir menda birdan faxrlanish tuyg‘usi paydo bo‘ldi.
Òomog‘im qichimasa ham qirib qo‘ydim. Zo‘rakilik bilan aftimni
jiddiy tutishga tirishdim. Oyim menga e’tibor qilmadi va ovozi
qaltirab ketdi:
— Bizni tashlab ketmoqchi, adang...
Xuddi elektr toki urganday, miyamda bir nima shang‘illab
ketdi. „Adang!“ Òug‘ilganimdan boshlab qulog‘imga o‘rnashgan
so‘z. Bu so‘zni o‘zim ham, oyim ham ishlatmay qo‘yganimizga
ikki yilcha bo‘lgan edi. Hozir qulog‘imga g‘alati kirdi. „Òashlab
ketmoqchi!“ Bunisi yana g‘alatiroq. Òunov kuni o‘z qulog‘im

189
bilan eshitib olgan gaplar orasida bunaqasi yo‘q edi, shekilli.
Ana, bordi-yu, shundoq degan bo‘lsin. Unda nima bo‘pti?
Oyimning o‘zi o‘sha kuni „Bilganingizni qiling“, dema-
ganmidi? Nega bugun vahima qilyapti? Bundan chiqdi, Sulton
amakining butunlay ketib qolishiga oyim rozimas, ha, ro-
zimas!
Men tavakkal qilib aytib yubordim:
— Cho‘lga olib ketaman, desalar, o‘zingiz ko‘nmadingiz-ku?
— Ha, mug‘ambir! — dedi oyim barmog‘ini o‘qtalib, —
buni ham eshitib oluvdingmi? Kattalarning gapiga quloq sol-
magin, deb aytmabmidim?
Baloga qoldim. Sekin qo‘zg‘almoqchi bo‘lgan edim, oyim:
— O‘tir, hali maslahat bitgani yo‘q! — deb qo‘limdan
tortdi. Endi yarasi bitib kelayotgan qo‘lim sanchib ketdi.
Aftimni burishtirib oluvdim, oyim achchig‘idan tushdi, —
Aqlingni yig‘, o‘g‘lim. Gapimga diqqat bilan quloq sol. Agar
bordi-yu, adang cho‘ldan gap ochib, „Hammangni olib
ketaman“ desa, sen nima deysan?
Nima deyman-a?! „Yo‘q, bormaymiz!“ desam, u xafa
bo‘ladi. Albatta, xafa bo‘ladi. Aslida-ku, o‘sha yoqqa ko‘nglim
chopib turibdi-ya. O‘sha Sulton amakilar ishlaydigan sahroni,
Sulton amaki bajaradigan hunarni bir ko‘rib qo‘ysam yomon
bo‘lmasdi-ya. Lekin „Mayli, boramiz“, deyishga oyimdan
hayiqaman-da. Aqlim ishlamay qoldi. Yelkamni qisib, baqrayib
turaverganimdan so‘ng oyimning o‘zi o‘rgatdi:
— Bo‘lmasa u qulog‘ing-u bu qulog‘ing bilan eshitib ol:
„Cho‘lingizga bormaymiz“, deb turib olasan. „O‘zingizni ham
yubormaymiz“ deb etagiga yopishasan. Popukka ham shundoq
deb o‘rgatasan. Ikkoving oyoq tirab turib olsanglar, shaxtidan
qaytar. Òushundingmi, o‘g‘lim?
Òushunganim bilan bu oson ishmi? Men artistmanmiki,
birov o‘rgatganni xuddi o‘shandoq qilib bajarsam? Oyimga miq
etmay, qarab turibman. Javob kutyapti-ku. Òo „xo‘p“,
demagunimcha qutulmaydiganga o‘xshayman. Qulog‘imni
cho‘zib bo‘lsa ham „xo‘p“ dediradi. Bu tashvishdan quloqni
cho‘zdirmay qutula qolay dedim-da, „xo‘p“ devordim. Oyim
azbaroyi xursand bo‘lganidan:
— Barakalla, o‘g‘lim! — deb yelkamga qoqib qo‘ydi.
Necha kungacha oyimning o‘rgatganlarini ichimda takrorlab
yurdim. „Cho‘lingizga bormayman!“ O‘zi ikki og‘iz so‘z-u, uni

190
ovoz chiqarib aytmoqchi bo‘lsam, hech tilim aylanmaydi.
Sulton amakining o‘zi ham bu to‘g‘rida menga gap ochmasdi.
Balki u ketish fikridan qaytgandir? Doktorlar: „Senga cho‘l
havosi to‘g‘ri kelmaydi“, deb qoldirganmikan? Doktorlarga
maslahat solib o‘tirarmidi u? Aytganidan qaytmaydigan kishiga
o‘xshaydi.
O‘ylaganimcha bo‘ldi. Bugun u juda erta turdi. Har kuni
kiyadigan oppoq kiyimlarini qalinroq odmi kiyimlarga
almashtirdi. Uydan brezent jildlik chamadonini olib chiqdi.
Oyim bilan ozgina, buvim bilan uzoqroq gaplashdi. Popukni
osmonga ko‘tarib, peshanasidan ikki marta, menikidan bir
marta o‘pdi. Keyin xayrlashdi. Popuk:
— Menam boyaman, menam, — deb ergashgan edi,
Sulton amaki:
— Borasan, borasan. Keyin olib ketaman, — dedi.
— Mayajniy-chi, mayajniy obeyasizmi?
— Morojniy ham oberaman, — deb kuldi-da, qo‘l silkit-
ganicha chiqib ketdi...
... Bir hafta deganda xat keldi. Sulton amaki cho‘lga eson-
omon borib, ishga tushganini yozibdi. Lekin qayerda, qanaqa
ishligini aniq ko‘rsatmabdi. Qisqa qilib, „Yonar daryo
quryapmiz“, debdi-qo‘yibdi. „Yonar daryo“si nima ekan, deb
biz hayron bo‘lamiz. Muncha qisqa yozmasa-ya! Vaqti
bo‘lmagandir-da. Yanagi xatida aniqroq yozar, deb kutgan
edim, yozmadi. Ancha kun o‘tdi. U ketgan vaqtda ertapishar
o‘rigimiz dovuchchasi qindan chiqqan edi. Hozir danak qotirdi.
Òokimiz kurtak yozayotgan edi, bugun tok oshi yedik. Buvim
osh yeb turib, esladi:
„Esizgina, Sultonboy o‘g‘lim palovxonto‘rani yaxshi ko‘-
rardi. Bo‘lganda, tok oshini maqtab-maqtab yerdi-da“. Kuniga
ovqat mahalida shunaqa eslaydi: „Òirikchiligi qanday ke-
chayotgan ekan-a, bolamning. Qarovsiz qiynalib qolayotgandir“.
Buvim uh tortadi-da, oyimdan so‘raydi:
— Hoy, Anorxon, xat keldimi? Nega uzoqlab ketdi-ya?
O‘zing javob yozdingmi?.. Hali ham-a? Hafsalangga balli-ye.
Naq sho‘rlikning ko‘zi to‘rt bo‘lib javobingni kutayotgandir!
Shundan so‘ng tushunaman: Sulton amaki o‘sha xatida,
„uy ichi, bolalar to‘g‘risida xat kutaman“, degan edi. Oyim
javob yozmabdi. Shuni kutib Sulton amaki boshqa yozolma-
gandir. Yo ishi ko‘payib, qo‘li tegmay qoldimikan? Òo‘rt og‘iz

191
xat yozishga ham qo‘li tegmas ekanmi? Yo bizni eslamay
qo‘ydimikan, a? Yo‘g‘-e. Nimalar degandi xayrlashayotganida?
„Borasizlar, keyin olib ketaman“, demaganmidi?
Shu va’da esimga tushib turadi. Har esimga tushganda,
yuragim orqamga tortib ketadi. Ochig‘i, ko‘rgim keladi. Uning
qiziq-qiziq o‘yinlari ko‘z oldimdan ketmaydi. Men-ku sog‘in-
ganimni hech kimga bildirmayman-a, ammo Popukning
xarxashasi o‘tib tushadi. Ertalab o‘rnidan tura solib:
— Adamga qachon boyamiz? — deb g‘ingshiydi.
Unga sari buvim uh tortadi:
— Shunaqa qilib kecha-yu kunduz tashvishda yashagandan
ko‘ra, bora qolsang bo‘lmasmikan-a, qizim? Xohla bolalarni
olib ket, xohla menga qoldir, — deydi oyimga.
— Bo‘lmaydi-da, — deb oyim, nima uchun bo‘lmasligini
ochiq aytdi. — Bolalarni tashlab ketsam, sizga javr bo‘ladi.
Olib ketsam, enka-tinkamni quritadi.
Ana, kelib-kelib ayb yana bizga tushyapti. Nima qilish
kerak? Oyimning borgisi kelayotgan bo‘lsa-yu, biz uning
yo‘lini to‘samizmi? O‘zimning hozir borishga ko‘zim yetmasa
ham:
— Oyijon, bizdan xavfsiramay qo‘ya qoling, — dedim. —
Aytganingizni qilamiz, sizni qiynamaymiz.
Oyim ko‘nmadi. Mening aytganimga ko‘nib bo‘pti! Shun-
dan keyin buvim gap boshladi:
— Bolalarni menga ishonib ketaver bo‘lmasa, qizim.
Binoyiday olib o‘tiraman. Vaqtida xat-xabar yuborib tursang
bo‘ldi. Yoz chiqsa, bir gap bo‘lar. Sultonni yolg‘iz qo‘yma,
jonginam. Xo‘p, de so‘zimga. Kengashli to‘y tarqamas, dey-
dilar.
Menga bu maslahat yoqdi. Oyim boraversin. Biz hozir
emas, yozda borsak, o‘ynab kelamiz. Xursand bo‘lganimdan
Popukka:
— Rosa aqlli-da akangning buvisi, a? — deb yuboribman.
Koshki Popuk tushunsa bu gaplarga. O‘z o‘yini bilan ovora
u: Laykaga bo‘yinbog‘imni „jilov“ solibdi-da, chuv-chuv deb
minib yuribdi.
— Òentak-ey, Sulton amakining „ot-otakam“ o‘yini
xumor qilibdi-da.
Darrov Laykani sirtmoqdan ozod qildim. Sal bo‘lmasa
Popuk u bechoraning bel-melini sindirib qo‘yardi-ya!

192
Buvim hali ham oyimdan javob kutardi. Oyim o‘ylab-o‘ylab
olgandan so‘ng, menga eshittirib gapirdi:
— Damiringiz beshinchini eson-omon bitirib olsin-chi,
keyin ko‘ramiz...
Buni eshitdim-u birov tarsaki urganday, cho‘chib tushdim:
— Ha, oyijon, beshinchini bitirmaydi, deb qo‘rqyap-
sizmi hali?
— Qo‘rqayotganim yo‘q, o‘g‘lim. Lekin bitirishniyam
bitirishi bor-da.
Ha, tuzuk bitirib olishimga ko‘zi yetmayapti. Sulton ama-
kining oldiga ketolmayotganiga sababning bir chekkasi shumi-
kin? Hamma gap menga, mening o‘qishimga bog‘liqmikin?
Nahotki, Sulton amaki bilan oyimning xafalashib qolishlariga
men sabab bo‘lsam?.. Yo‘q, yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin-
mas, hech mumkinmas!
Òashvish ustiga tashvish
Har nima bo‘lsayam harakatingni qilaver, Damirjon.
Beshinchini bitirgandayam „a’lo“ bilan bitirishga intil!
Òo‘g‘risi, bu aytishga oson. Axir, beshinchida qanaqa
darslar bor o‘zi? E-he, bitta arifmetikani oling. Qancha
masala, qancha qoida. Qo‘shish, ayirish, bo‘lish, ko‘pay-
tirishlarni-ku bilib oldim. Agar mendan: „Bugun necha qadam
yo‘l bosding?“ deb so‘rasangiz, o‘ylamasdanoq aytib bero-
laman: maktabga tor ko‘chamizning o‘ng tarafidan chiqib
bordim — masofa 350 qadam (bir marta sanab ko‘rganman).
Qaytishda bo‘lsa o‘rtoqlarim bilan chillak o‘ynagancha,
guzardan morojniy olib, chap tarafdan keldim. Bu yog‘i o‘ng
tarafdagi masofaga ikki baravar keladi. Hammasi bo‘lib bugun
necha qadam bosganimni bilish uchun 350 ni ikkiga
ko‘paytirish, chiqqan songa 350 ni qo‘shish kerak, xolos.
Ha, aytmoqchi, nechta morojniy olding-u, necha pul
to‘lading, deb ham so‘rarsiz. 30 tiyin to‘lab, ikkita morojniy
oldim. 30 tiyinni ikkiga bo‘lsak 15 tiyin. Endi bu pulni
qayerdan olding, desangiz, bu yog‘ini ham ayta qolay. Kuniga
sut-qatiqmi, mevami olib kelish uchun buvim meni bozorga
chiqaradi. Uyimizdan bozorgacha borish uchun avtobusda ikki
bekat yuriladi. Xarajat puliga oyim o‘n tiyin qo‘shib beradi.
Piyoda borib kelaman-da, bu pulni yig‘aman. Uch kunda

193
qarabsizki, o‘ttiz tiyin — o‘zim bilan Popukka morojniy
tayyor. Ana, pul hisobi-yu, yo‘l hisobi desangiz, hammasini
bilib oldim, bo‘ldi-da. Yo‘q, bo‘lmas emish. Yana erinmaganlar
„kasr“ degan narsani o‘ylab topishibdi. Butun sonlarning
bo‘laklari yoki ulushlari emish bu: yarim, uchdan bir,
chorak, beshdan bir, o‘ndan bir... Kunim shularga qoldimi?
Nima qilaman-a bunaqa mayda-chuyda hisoblarni: maktabimizda
doim ko‘zoynak taqib, cho‘t solib o‘tiradigan kishiga o‘xshab
buxgalter bo‘larmidim.
Ishqilib, xohlasang-xohlamasang, bir-biridan battar qiyin
topshiriqlarni yuklayverishadi.
Bu chalkash masalalarni qanaqa odam o‘ylab chiqargan
ekan, miyasi aynib qolmaganiga hayronman. Birov o‘ylab
chiqaradigan, sen bosh qotiradigan. Bosh qotira-qotira „4“
baho olsang, tag‘in bu kammish. Keyingi vaqtda kuniga ikki
mahal dars tayyorlash ham ozlik qilib, kechalariyam
o‘tiradigan bo‘ldim. Ko‘chaga chiqib futbol o‘ynash-u
o‘rtog‘ing bilan tennisda musobaqalashish, suratchilik qilishga
vaqt qani. Buning ustiga masalani yecholmay qolganingda yo‘l
ko‘rsatib yuboradigan odam yo‘q. Sulton amaki esimga tushib
ketadi. Uning jilmayib qarashlari, „Ahvol qalay, o‘rtoq
o‘quvchi?“ deb darslarimni surishtirishi, bo‘sh vaqtida bola-
larday qiziqib, tennisda men bilan olishishlar... Ha, „Jo‘jalar“,
deb hazillashishlari-chi? Oldiniga bu hazili menga uncha
yoqmaganidi, bora-bora Popuk qatori menga ham o‘rganish
bo‘lib ketgandi. Hammadan ham, bir kuni men hovuzcha
bo‘yidagi karavotda o‘zimni uyquga solib yotganimda, oyoq
uchida oldimga kelib o‘tirgani, pashsha talamasin deb ustimga
sekingina oq choyshabni yopib qo‘ygani-chi! Shularni eslasam,
Sulton amakini hoziroq ko‘rgim kelib ketadi. Juda qadri
o‘tayapti. Bir kelib keta qolsa bo‘lmasmidi, deyman. Mening
darsimga yordam bermasa ham, Popukni o‘ynatmasa ham, o‘zi
bir ko‘rinib ketsa bo‘lgani edi. Bordi-yu hozir kelib-ketishi
qiyin bo‘lsa, qisqagina xat yozib buvim bilan oyimni tinchitib
tursa bo‘lgani edi. Esidan chiqardimi, bizdan yo kechib
yubordimi-a? O‘z xayolimdan cho‘chib tushaman. Xuddi
yaqindagina topib olgan qimmatli narsamni yana yo‘qotib

Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling