Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.
#9851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41

B) Erkak nasldor hayvonlar avlodlarining ko„rsatkichlarini bir yoki bir necha 
erkak nasldor hayvonlar avlodlarining ko„rsatkichlari bilan taqqoslash. 
Erkak  nasldor  hayvonning  irsiy  qiymati  qo„yidagi  formula  yordamida:  O  = 
2P-M.  O-  irsiy  qiymat,  P  –  avlod  mahsuldorligi,  M  –  ona  mahsuldorligi.  Bu 
formula  yordamida  nasldor  erkak  hayvonlar  avlodlari  onalariga  taqqoslab 
chiqariladi. 

 
28 
Nasldor erkak hayvonlar avlodlarining sifatini boshqa erkak nasldor hayvonlar 
avlodlariga taqqoslab baholashda qo„yidagi formuladan foydalaniladi: 
 
P=D/S·100 
 
bu  erda:  P-erkak  nasldor  hayvon  nasl  qiymati;  D-qizlarning  mahsuldorligi;  S- 
tengdoshlarining mahsuldorligi. 
 
Prepotensiya-  hayvonlarni  (erkak,  urg„ochi)  o„z  belgi  va  xususiyatlarini 
avlodga mo„qim o„tkazish qobiliyati hisoblanadi. 
 
1.V Qishloq xo‘jalik hayvonlarini juftlash. 
 
Tanlash,  hayvonlarni  juftlash  bilan  yakunlanadi,  ya‟ni  tanlash  natijalari 
avlodda muhrlanadi. Juftlash ijobiy avlod olish maqsadida urg„ochi hayvonga  mos 
erkak hayvonni biriktirilishiga aytiladi. 
Ko„r-ko„rona tanlangan hayvonlarni  juftlash hamma vaqt ham ijobiy natijalar 
beravermaydi. 
Juftlash  ota-onasiga  nisbatan  yuqori  mahsuldor,  ota-onasida  bo„lgan 
kamchiliklarsiz avlod olishni ko„zda tutadi. 
Asl  buqalar  har  doim  ham  asl  avlod  beravermaydi,  u  faqat  maqsadli,  mos  
urg„ochi hayvon bilan juftlangandagina ijobiy natija beradi. Juftlash natijalari yosh 
hayvonlarni o„stirishga ham bog„liq. 
Nasl uchun  qoldirilgan hayvonlar bir xil bo„lmay tana tuzilishi, mahsuldorligi  
va boshqa belgilari bilan farqlanadi, shuning uchun juftlash ham har xil bo„ladi. 
Chorvachilikda asosan ikki shakldagi juftlash qo„llaniladi: 
A)  Gomogen  juftlash  (bir  xil),  bir  zot  yoki  poda  ichida  bir-biriga  o„xshash 
(yoshi,  konstitutsiyasi,  kelib  chiqishi,  mahsuldorligi  va  hokazo)  erkak  va  urg„ochi  
hayvonlarni  juftlashga aytiladi va ota-onasiga o„xshash hayvonlar olinadi. 
Juftlangan  hayvonlar  biologik  va  xo„jalik  belgilari  bilan  qanchalik  o„xshash 
bo„lsa, shunchalik bir xil avlod olinadi. Bu juftlash bir xil hayvonlarni ko„plab olish 
natijasida bir tipga mansub hayvonlar sonini ko„paytirish imkonini beradi va avlod 
irsiy  xususiyatlarini kuchaytiradi.   Bir  xil  juftlashning  eng oxirgi pog„onasi bo„lib 
inbriding hisoblanadi. 
B) Geterogen (har xil) juftlash.  Bu usulda bir - biriga  o„xshash bo„lmagan 
erkak  va  urg„ochi    hayvonlar  (tana  tuzilishi,  yoshi,  mahsuldorligi  va  hokazo) 
juftlanadi. Har xil juftlash quyidagi hollarda qo„llaniladi: 
1. Podada belgilar har xilligini ta‟minlash asosida hayvonlarda yangi qiymatli 
belgilarni yaratish maqsadida; 
2.  Erkak  va  urg„ochi  hayvonning  asl  belgilarini  mujassam  qilgan  avlodlar  
olish uchun ; 
3. Geterozis natijasida avlod hayotchanligi va mahsuldorligini ko„tarish; 
4.  Ayrim  va  guruh  hayvonlarning  ba‟zi  kamchiliklarini  tug„irlash  uchun.  Bu 
usul  mahsuldor  chorvachilikda  keng  foydalanib,  ba‟zi  paytlarda  yangi  zot 
yaratishning dastlabki bosqichida qo„llaniladi. 

 
29 
Juftlashning asosiy tamoyillari: 
A)  «a‟lo  –  a‟lo  bilan  a‟lo  beradi»,  ya‟ni  asl  nasldor  erkak  bilan  asl  urg„ochi 
hayvonni juftlash. Hech qachon bir kamchilikga ega erkak va urg„ochi hayvonlarni 
juftlab bo„lmaydi, chunki avlodda kamchilik kuchayadi. 
B)  «yomon  yaxshi  bilan  yaxshilanadi»,  ya‟ni  urg„ochi  hayvonlarga  nisbatan 
erkak hayvon sifatlarining ustun bo„lishi; 
V)  erkak  nasldor  hayvon  urg„ochi  hayvonga  nisbatan  ustun  bo„lishi  (hech 
bo„lmaganda bir klassga), natijada har bo„g„inda avlod sifati yaxshilanib boradi; 
G)  Eng  mos  erkak  va  urg„ochi  hayvonlarni  juftlash,  asl  erkak  nasldor 
hayvonlardan keng miqyosda foydalanish
D) Juftlash, tanlashning davomi bo„lishi va uning natijalarini mustahkamlashi 
kerak; 
Ye) Har bir hayvonga yakka yondoshish
J) Gomogen va geterogen juftlashdan oqilona foydalanish; 
Z) Zarurat bo„lmasa qarindosh juftlashga yo„l qo„ymaslik. 
Juftlash amalda qo‘yidagi usullarda qo‘llaniladi: 
A)  Yakka-har  bir  urg„ochi  hayvonga  mos  erkak  nasldor  hayvon    juftlanadi, 
bunda    erkak  nasldor  hayvonga  o„xshash  avlod  olishga  harakat  qilinadi. 
Naschlchilik xo„jaliklarida foydalaniladi
B)    Guruhlab  (  ko„proq  qo„ychilik  va  parrandachilik  qo„llaniladi)-  bu  bir 
guruh ma‟lum sifatdagi urg„ochi hayvonlarga bir necha nasldor erkak hayvonlarni  
berkitishga aytiladi.(zoti, konstitutsiyasi va mahsuldorligi bilan o„xshash). 
Qarindosh urchitish . Noqarindosh urchitish va geterozis. 
Juftlash  urg„ochi  hayvonlarni  urug„lantirish  bilan  tugab,  avlod  olishni 
ta‟minlaydi. Bu jarayonda qarindosh hayvonlar ishtirok etsa inbriding, noqarindosh 
hayvonlar  qatnashsa  autbriding  ro„y    berib  ularning  biologik  natijalari  turlicha 
bo„ladi. Qarindosh urchitish(inbriding) muntazam qo„llanilsa u nohush oqibatlarga  
olib 
keladi(inbred 
depressiya), 
noqarindosh(autbriding) 
hayvonlar 
urug„lantirilganda  teskari  holat  ro„y    beradi(krossbriding),  ya‟ni  geterozis  yoki 
duragay    kuchi  ro„yobga  chiqadi.  Urug„lantirish  natijasida  murtakda  erkak  va 
urg„ochi  hayvon  genetik  ma‟lumotlari  qo„shiladi,  allel    va  noallel  genlar  o„zaro 
munasobat  tiplari  paydo  bo„ladi,  ular  orqali  oqsillar  nazorat  qilinadi  va  modda 
almashinuvi ta‟minlanadi. 
Qarindosh  yoki  qarindosh  bo„lmagan  hayvonlar  juftlanganda  modda 
almashinuvi  inbred  va  autbred  hayvonlar  har  xilligi,  hayotchanligi  va 
mahsuldorligini ta‟minlaydi. 
Inbridingda  qarindosh  hayvonlar  genotipida  o„xshash  genlar  bo„lib,  avlodda 
gomozigotalikni  kuchaytiradi,  noqarindosh  juftlashda  esa  gomozigotalik  pasayib, 
geterozigotalik  kuchayib  oqibatda  yoki  inbred  depressiya,  yoki  geterozisga  sabab 
bo„ladi. 
Gomozigotalikni  kuchayishi    genotip  qo„shilishi  natijasida  mo„rtakning  
bioximik  birlashuviga  sabab  bo„lib,  mo„rtakdan  paydo  bo„ladigan  organizmning 

 
30 
sharoitga  moslashishi  qobiliyatiga  salbiy  ta‟sir  ko„rsatadi.  Ko„pincha  inbridingda 
meyoz  buzilishi  oqibatida  mutatsiyalar  soni  ko„payadi(xromasomalar  qayta 
tuzilishi  natijasida).  Natijada  inbridingda  o„zgaruvchanlik  ko„payishiga  sabab 
bo„ladi.  Ko„pgina  mo„tatsiyalar  zararli  ,  ba‟zan  u  foydali  bo„ladi.  Shuning  uchun 
ba‟zan inbred hayvonlarda mashhurlik paydo bo„ladi. 
Inbridingni muntazam qo‘llash qo‘yidagilarga olib keladi
- Inbred hayvonlarini imahsuldorligi, otalanishi, va pushtdorligini pasayishiga; 
-  Hayotchanligi pasayishiga; 
-  Konstitutsiyasini bo„shashishiga; 
-   Avlodning  maydalashishiga  va  karliklikka,  o„lik  tugilishiga,  majro„h 
tug„ilishiga va pushtsiz bo„lishga; 
-   O‟zgaruvchanlikni  ortishiga. 
Inbridingni salbiy ta’sirini qo‘yidagicha susaytirish mumkin: 
A)  «qonni  yangilash»-  bir  zotga  mansub  qarindosh  bo„lmagan  hayvon  bilan 
juftlash; 
B) Boshqa zot hayvonlari bilan juftlash
V) Qattiq tanlash; 
G) Inbred hayvonlarni yaxshi oziqlantirish va saqlash; 
D)  Qarindosh  hayvonlar  juftlanganda,  erkak  va  urg„ochi  hayvonlarning  turli 
sharoitda o„stirilganligi inobatga olish. 
Turli  turga  mansub  hayvonlar  inbridingga  turlicha  javob  beradi.  Inbridingga 
otlar  va  cho„chqalar  juda  sezuvchan  bo„lib,  qoramollar  va  qo„ylarda  unchalik 
bo„lmaydi.  Parrandalarda  4-5  bo„g„in  qon  aralashishi  ro„y  bersa  pushtdorligi, 
cho„chqalar esa hayotchanligini yo„qotadi. 
O‟simlikshunos  va  chorvadorlar  qachonlardir  qarindosh  bo„lmagan(autbred) 
yoki  boshqa  zot(krossbriding),  boshqa  tur(gibritizatsiya)  hayvonlarni  juftlash 
natijasida baquvvat va hayotchan avlodlar olish isbotlagan. Bu  holat geterozis deb 
ataladi.  (ushbu  terminni  1914  yilida  Djon  Shell  taklif  etgan).    Geterozis  – 
avlodning  ota  –  onaga  nisbatan  rivojlanishi,  konstitutsional  mustahkamligi, 
kasalliklarga  chidamliligi,  oziqalardan  foydalanish  va    mahsuldorligi  bo„yicha 
ustunligi  hisoblanib,  yuqori  geterozigotalik    natijasida  ro„y  beradi.  U  hamma 
noqarindosh  hayvonlar  juftlanganda  yoki  hamma  belgilar  bo„yicha  ro„y 
beravermaydi(skelet  tuzilishi,  tus,  jun  va  barra  teri  sifati,  jingalaklik,  sutning 
yog„liligi va oqsilliligi). 
Geterozis  birinchi  bo„g„inda  mavj  urub,  keyingi  bo„g„inlarda  susayib  boradi 
va oxiri yuqoladi. 
Geterozis  ko„pincha  inbriding  sezuvchan  bo„lgan  belgilarda  ro„y 
beradi(hayotchanlik,  sut  mahsuldorlik,  tuxum  mahsuldorligi  va  boshqalar).  Ushbu 
belgilar  past  irsiy  koeffitsientga  ega  bo„lib  ularga  genlarning  noaddativ  va  tashqi 
muhit  ta‟sir  o„tkazadi.  Ba‟zi  belgilar  inbrid  depressiya  va  geterozis  ta‟sirida  kam 
o„zgaradi(oziqadan foydalanish, nimta sifati, junning uzunligi, ingichkaligi, tuxum 
vazni va boshqalar), chunki ularda irsiyat koeffitsienti yuqori bo„lib, additiv genlar 

 
31 
ishtirokida  shakllanadi;  ularga  tashqi  muhit  kam  ta‟sir  o„tkazadi.  Bu  holatlardan 
oqilona foydalanish hayvonlardan mo„l va sifatli mahsulotlar olishni ta‟minlaydi. 
Alohida  hayvon,  butun  guruhlarning  moslik  yoki  kombinatsion  qobiliyati- 
chatishtirishda qatnashayotgan hayvonlarning juftlash natijasida yuqori  hayotchan, 
mahsuldor,  geterozis  avlod  olish  demakdir.  Juftlanayotgan  hayvonlarning 
kombinatsion  qobiliyatini  saqlash  uchun  turli  qator  va  zotga  mansub  hayvonlar  
urug„lantirilganda olingan avlodlar baholanadi (yirik vazni, sutdorligi, tuxumdorligi 
bo„yicha). Kombinatsion qobiliyat umumiy va maxsus bo„ladi. 
Umumiy  kombinatsion  qobiliyat  bir  qator  va  zotga  mansub  hayvonlar 
boshqa  qator  va  zot  hayvonlari  bilan    juftlanganda  geterozis  samaradorligiga 
erishadi. 
Maxsus kombinatsion qobiliyat bir qatorga mansub hayvonlar boshqa qator, 
aniq qator hayvonlari bilan  juftlangandagina geterozis samarasini beradi. 
Inbred  depressiya  va  geterozis  ro‘y  berishi  bo‘yicha  farazlar.  Ushbu 
savolga dastlab Ch. Darvin javob topgan «chetdan changlanish ijobiy ta‟sir etadi, 
o„zidan  changlanish  zararli»  degan.  Uning  sababi  deb  chatishtirishda  erkak  va 
urg„ochi  hayvonlar  gametalari  ishtirok  etib    ular  biologik  jihatdan  bir  –birlaridan 
farqlanadilar.  Inbridingda  gametalar  biologik  jihatdan  o„xshash  bo„lib,  shuning 
uchun  hayotchanligi  past  avlod  paydo  bo„ladi.  Darvin  har  xil  jinsiy  hujayralar 
qo„shilishining  ijobiyligini,  bir  xil  jinsiy  hujayralar  qo„shilishining  zararligini 
aytgan, lekin farq sabablari to„la ochib bermagan. Keyinchalik inbred depressiya va 
geterozis  hodisasi  turlicha  farazlarda  o„z  aksini  topdi,  ular  genlarning  o„zaro 
munosabatiga  asoslangan:  letal  genlar  farazi,  ijobiy  dominant  genlar  additiv 
harakati  farazi,  genlarni  noallal  o„zaro  munosabati(epistaz,  komplementarlik  va 
boshqalar),  o„ta  dominantlik,  fiziologik  muvozanat,  genetik  tenglik  va  boshqalar. 
Eng ko„p tarqalganlari: 
1.  O’tadominantlik  farazi.  Ushbu  farazga  ko„ra  inbred  depressiya  va 
geterozis hodisasi dominant genlarining turli xil harakatiga bog„liq: 
A)  Mutatsiya  oqibatida  paydo  bo„ladigan  resessiv  genlar  organizmga  salbiy 
ta‟sir ko„rsatadi. 
B) F1 geterozislarda dominant ijobiy genlar  ota-onasiga nisbatan ko„p bo„lib, 
ular  belgilarni  avlodda  bo„rttirishga  xizmat  qiladi.(noallel  genlarning    additiv 
harakati). 
V) 
geterozigotalarda 
noallel 
dominant 
genlar 
 
 
bir-birlarini 
to„ldiradi(komplementlar o„zaro munosabat). 
2.  O’tadominantlik  farazi  geterozigot  holatda  ko„plab  genlar                                    
allellarning  o„zaro  munosabati  geterozis  samarasini  ta‟minlab(Aa),  ya‟ni  allel 
genlar o„zaro munosabati natijasi hisoblanadi. Inbridingda gomozigot holatda(AA 
va aa) genlar soni ortadi, u esa depressiyaga sabab bo„ladi. 
Geterozigotalik  hayvonlarda  har  bir  allel    alohida    ferment  sintezini  nazorat 
qiladi, ularning komplementar o„zaro bog„lanishi organizmda modda almashinuvini 

 
32 
kuchaytiradi;  organizmning  fiziologik  imkoniyatlarini  faollashtiradi,  shu  bois 
hayvonning chidamliligi ortadi. 
A.Shell  (1912)  fikriga  ko„ra  geterozis  samarasi  hujayra  yadrosi    va 
sitoplazmani munosabatini o„zgarishi natijasida ro„y berib, ya‟ni genlar o„rtasida va 
ular  «ishlaydigan»  muhit  munosabatlarini  taranglashtiradi.  U  geterozis  hodisasi 
o„sish  va  rivojlanishni  kuchaytirishi,  «o„zgargan  yadro  va  o„zgargan  sitoplazma» 
o„zaro munosabatida deb bilgan. 
 
I.6.Qishloq  xo‘jalik hayvonlarini urchitish usullari. 
 
Urchitish usullari ilmiy asoslangan naslchilik tizimi bo„lib (turlar va zotlarni 
saylab olish, tanlash va juftlash, olingan yosh hayvonlarni o„stirish, voyaga yetgan 
hayvonlarni oziqlantirish va saqlash), kelib chiqishi mos hayvonlarni juftlash orqali 
aniq zootexnikaviy vazifalar bajarilishi tushuniladi. 
Qo„yidagi urchitish usullari mavjud: 
Sof  zotli,  ya‟ni  juftlanayotgan  hayvonlar    bir  zotga  mansub:  ♀A  x  ♂A. 
Olingan hayvonlar sof zotli deyiladi. 
Chatishtirish,  juftlanayotgan  hayvonlar  turli  zotga  mansub:  ♀A  x  ♂B. 
Olingan hayvonlar I, II, III bo„g„in chatishmalar deyiladi. 
Duragaylash  -  juftlanayotgan  hayvonlar  turli  tur  va  turkumga  mansub, 
olingan hayvonlar duragaylar deyiladi. 
 
Sof zotli urchitish. 
Urchitilayotgan  zotni saqlash, takomillashtirish bilan yuqori mahsuldorlik va 
sharoitga  moslashish  hislatlarini  saqlashdan  iborat.  Eng  muhimi  zotning  asosiy 
genotipik  va  fenotipik  ko„rsatkichlarini  saqlash  va  avlodga  yetkazish  ko„zda 
tutiladi.  Sof  zotli  urchitish  o„zgaruvchanlik  kuchini  pasaytirib    zotdagi  hayvonlar 
bir xilligini , tana tuzilishi va mahsuldorligi bilan o„xshashligini ta‟minlaydi. Shu  
bilan birga zotning tarkibiy qismlarga bo„linishi uning har xilligini ta‟minlaydi, zot 
ichidagi  hayvonlar  genotipik  farq,  fenotipik  o„xshashlikka  ega  ekanligini  yoddan 
chiqarmaslik  kerak. 
Zotni  takomillashtirish  natijalari(toza  urchitish  omillari)  qo„yidagilar  bilan 
aniqlanadi: 
1.
 
Zot hayvonlarning soni va tarqalish hududlari
2.
 
Zot ichida sifatli guruhlar bo„lishi; 
3.
 
Hayvonlarni xolis va oqilona baholash; 
4.
 
Tanlash  va  juftlashni  nafaqat  fenotip,  balki  genotip  bo„yicha  ham  olib 
borish; 
5.
 
 Yosh  qoramollarni me‟yorda va maqsadli o„stirish. 
Sof  zotli  urchitishning  eng  mukammal  xili  zavod  zotlarini  tizimlar  bo‘ylab  
urchitish hisoblanadi. 
Har  bir  tizim  alohida  maqsad  asosida  obdan  o„tkazilgan  tanlash  va    juftlash 
natijasida  yaratiladi.  Mashhur  erkak  nasldor  hayvondan  kelib  chiqqan  hayvonlar 
guruhiga  tizim  deydilar.  Geneologik  qatordan  (bir  mashhur  erkak  hayvondan 

 
33 
kelib  chiqqan  guruh)  o„larok,  zavod  tizimlari  o„zlarining  bir  mashhur  erkak 
hayvondan  kelib chiqqanidan tashqari, alohida tanlash va juftlash orqali erishilgan 
hislatlari  bilan  ajralib  turadi.  Odatda  tizimlar  3-5  bo„g„in  saqlanib  turadi,  keyin 
undan yangi tizimlar ajralib chiqadi, u ham ma‟lum vaqtdan keyin yangi tizimlarga 
o„z joyini bo„shatib beradi. 
Harbir tizim zot an‟analarini saqlagan holda o„z tipiga ega bo„ladi. 
D.A. Kislovskiy va V.O.Vitt harbir zotda 6-7 tizim bo„lishi, ularning bir qismi 
so„nib,  ikkinchilari  paydo  bo„ladi,  umuman  olganda  ba‟zi  paytlari  15-16  tagacha  
tizimlar  bo„lishi  mumkin.  Bunday  holat  zotni  doimiy  takomillashishini  qarindosh 
urchitishsiz  amalga  oshirish  imkonini  beradi.  Mujassam  qilish  maqsadida 
tizimlararo krosslar amalga oshiriladi, ya‟ni sermahsul tizimlarga asos bo„ladi. 
Ye.A.Borisenko(1967)  zotni  tizimlar  bo„yicha  urchitish  quyidagilarni  o„z 
ichiga olishini aytgan: 
1.
 
Mashhur  erkak  nasldor  hayvonni  ajratib  olish,  uning  avlodlarining 
hisobini  olish; 
2.
 
Maqsadli tanlash va juftlash, kerak hollarda qarindosh juftlashni qo„llash; 
3.
 
Zotda sermahsul urg„ochi hayvonlar guruhi bo„lishga erishish; 
4.
 
Boshqa tizim hayvonlaridan oqilona foydalanish; 
5.
 
Ushbu tip talablariga javob bermagan hayvonlarni puchak qilish; 
6.
 
O‟zaro mos tizim va oila hayvonlarini juftlash; 
7.
 
Hayvonlarga  me‟yordagi  oziqlantirish  va  saqlash  sharoitlarini  yaratib 
borish. 
Sof  zotli  urchitishda  oila  imkoniyatlaridan  keng  foydalanish  taqozo  etiladi. 
Urg„ochi hayvonlar o„z o„g„illari orqali yangi tizimlarga asos solishi mumkin. 
 
Chatishtirish. 
Chatishtirishning biologik mohiyati qo„yidagilardan iborat: 
1.
 
Chatishma  hayvonlarda  geterozigotalik  ta‟minlanib,  ular  hayotchan, 
sharoitga moslashuvchan bo„lib, o„zgaruvchanlikka yo„l ochib beriladi. 
2.
 
Ko„pchilik hollarda geterozis ro„y berishini ta‟minlaydi.  
3.
 
Chatishma hayvonlarda yangi belgi va xususiyatlar paydo bo„ladi va ularni 
seleksiya jarayonida keng  foydalanish mumkin. 
Chatishtirishdan  maqsad  hayvonlarning  mahsuldorligini  oshirish  bilan 
zotlarning  xususiyatlarini  saqlab  qolish  bo„lsa,  ba‟zan  esa  zot  yo„nalishini 
o„zgartirish, uning yangi sifatlarini yaratishdan iborat. 
Chatishtirishni amalga oshirish uchun: 
1. Aniq maqsad bo„lib ma‟lum tipdagi hayvon yaratishdan iborat; 
2. Chatishtirish tizimini asoslash; 
3.  Shu asnoda chatishtirish lozim bo„lgan zotlarni saylab olish; 
4. Ushbu zotlardan kerak hayvonlarni ajratib olib, urg„ochi hayvonlarga erkak 
nasldor hayvonlarni juftlash
5. Chatishtirma hayvonlar uchun oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaratish. 
 

 
34 
Qon singdirish chatishtirishi. 
Uning  maqsadi  bir  zotni  ikkinchi  bir  zot  bilan  butunlay  yangilashdan  iborat. 
Ko„pincha  bu  usul    mahalliy  zotlarni  tubdan  yaxshilashda  qo„l  keladi.  Ushbu 
maqsadda oldindan  yaxshilovchi  deb  saylangan  zot  erkak  nasldor hayvonlari  yoki 
ularning urug„lari keltiriladi. 
Yaxshilanuvchi  zot  urg„ochi  hayvonlari  tanlanib  yaxshilovchi  zot  nasldor 
hayvonlari  yaxshilovchi  zot  nasldor  erkak  hayvonlari  bilan  juftlanadi  va  (F2)  I 
,bo„g„in  chatishma  hayvonlari  olinadi,    ular  yana  yaxshilovchi  zot  erkak  nasldor 
hayvonlari  bilan  juftlanib(F3)III  bo„g„in  chatishma  hayvonlar  olinadi,  bu  jarayon 
qo„yilgan  maqsadga  binoan  davom  ettirilishi  yoki  talabga  javob  beradigan 
chatishma hayvonlar «o„z ichida» urchitiladi. 
Ushbu  chatishtirish  mobaynida  yaxshilanuvchi  zotga  taalluqli  bo„lgan 
hayotchanlik,  kasalliklarga  chidamlilik,  konstitutsiyasining  mustahkamligi, 
sharoitga  yaxshi  moslashishi  kabi  hislatlarni  yo„qotib  qo„ymaslikka  harakat  qilish 
kerak. 
Zotdorlik –  chatishma  hayvonni   olishda qatnashgan  zotlarning    nisbati  bilan 
belgilanadi.  
Aniqlashda  ota  va    onaning  chatishma  hayvon  olishdagi  tengligi  inobatga 
olinadi.  
Barcha  chatishtirish  natijasida  dastlab  I  bo„g„in  chatishma  hayvonlar  olinadi, 
hokazo.  
 
Qon qo‘yish chatishtirishi. 
Ushbu chatishtirishning maqsadi zotni butunlay yangilash bo„lmasdan, uning 
alohida  olgan  bir  xususiyatini  yaxshilashdan  iborat  va  zotning  asosiy  belgilari 
saqlanib qolinadi. Bu chatishtirish usulida belgisi yaxshilanuvchi zotga mos zavod 
erkak  nasldor  hayvonlari  bilan  3-4  bo„g„in  juftlanadi,  natijada  yaxshilovchi  zot 
ta‟siri so„nadi. Kerak bo„lsa ushbu chatishtirish yana qaytarilishi mumkin. Jahonda 
ushbu  usuldan  ko„pchilik  chorvachilik  sohalarida  foydalaniladi,  otlarga  sof  zotli 
salt  miniluvchi,  go„shtdor  qoramollarga  shortgorn  va  gereford,  sutdor  mollarga 
golland, jundor qo„ylarga merinoslar qoni qo„yilgan. 
 
Zot yaratish chatishtirishi. 
Zot  yaratish  maqsadida  ikki  yoki  bir  necha  zotlarni  chatishtirishdan  iborat. 
Maqsad  bir-biriga  mos  zotlarni  juftlash  natijasida  ularning  mashhur  belgilari 
asosida yangi sifatlarga ega hayvonlar olishni taqozo etadi. Bu jarayon  murakkab, 
bo„g„in  urg„ochi hayvonlar 3 zot erkak nasldor hayvonlari  bilan, olingan urg„ochi 
hayvonlar  4  zot  erkak  nasldor  hayvonlari    bilan  va  hokazo,  chatishma  hayvonlar 
rejadagi  natijani  bersa  ular  «o„z  ichida»  urchitiladi.    Iloji  boricha  bunday 

 
35 
chatishtirishda hayvon bosh ko„p bo„lishi qarindosh urchitishga  yo„l qo„ymasdan, 
tizimlar shakllantirish imkonini beradi. 
Ushbu chatishtirish usulida turli hayvon va parranda zotlari yaratilgan. 
Ukraina  ok  cho„chqa  zoti  muallifi  akademik  M.F.Ivanov  qo„yidagilarni 
e‟tiborga olgan:  
1.Maqsadni aniq qo„yish va unga intilish; 
2.Chatishtirish uchun mos zotlarni saylab olish; 
3.Tanlash san‟ati, mos hayvonlarni juftlash; 
4.Me‟yordagi oziqlantirish va saqlash sharoitlarini yaratish
5.Qarindosh urchitishdan oqilona foydalanish; 
6.Ayovsiz puchakka chiqarish(90% gacha) asl hayvonlarni tanlab olish;  
7.Kerakli bosh samarani ta‟minlash, yangi tizimlarni  shakllantirish, qarindosh 
urchitishga majbur bo„lmaslik, dastlabki zotlardan foydalanishga yo„l qo„ymaslik. 
 
Almashlab chatishtirish. 
Bu  chatishtirishda  ikki  mos  zot  qatnashib,  har  bug„inda  zotlar  nasldor  erkak 
hayvonlari  almashib  keladi.  Ushbu  chatishtirish  usuli  sermahsul,  sharoitga  yaxshi 
moslashgan,  hayotchan  hayvonlar  olish,  ya‟ni  geterozis  ishtirok  etishni,        ba‟zi 
hollarda yangi zot yaratishga imkon  yaratadi.(anglo-normand ot zoti). 
Monand zotlarni tanlash muhim ahamiyat kasb etib, chatishtirishda nafaqat sof 
urg„ochi  hayvonlardan    foydalanib  qolmasdan,  chatishma  urg„ochi  hayvonlardan 
ham  foydalanish  imkoniyati  tug„iladi.  Bunday  chatishtirish  chatishma 
hayvonlarning  asl  belgilarini  o„zida  aks  ettirishi  bilan  ajralib  turadi.  Ushbu 
chatishtirishda samaraga erishish uchun zootexnika hisob-kitoblarini to„liq yuritish 
kerak.  Bu  chatishtirish  usuli  ko„proq  bug„inlar  tez  almashadigan-cho„chqachilik,  
qo„ychilik va parrandachilikda keng qo„llaniladi  . 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling