Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.
#9851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41

моддалар 

 
48 
Mineral  moddalar  ozuqalarda  turli  holatda  uchraydi:  ishqor,  organik  va 
mineral  tuzlar,  fosfor,  oltingugurt,  kremniy,  magniy  kabi  elementlar,  organik 
birikmalar tarkibida uchraydi. 
 O‟simlik  ozuqalarida  mineral  moddalar  ko„p  bo„lmay  -5%  gachani  tashkil 
qiladi. 
Dukkakli  donlarda  kalsiy,  ildizmevalarda  kaliy,fosfor  esa  kepak,  shrot  va 
kunjarada ko„proq uchraydi.  
Mineral  moddalar  organizmda  energetik  manba  bo„lib  xizmat  qila  olmaydi, 
lekin ular hazm bo„lishi uchun ko„p energiya sarflanmaydi. 
Ozuqaning  organik  qismi  azotli(xom  protein)  va  azotsiz(xom  yog„,  xom 
kletchatka va azotsiz ekstrativ moddalardan) tashkil topgan. 
Xom  protein  oziqa  tarkibida  azotni  6,25  ga  ko„paytirish  hisoblanadi, 
taxminan  protein  tarkibida  o„rtacha  16%  azot  bo„ladi.  Har  xil  oziqalarda  uning 
nisbati turlicha  bo„ladi. Xom protein oqsillar va amidlardan iborat. 
Oqsillar  hayvonlar  oziqlanishida  alohida  o„rin  tutadi.  U  barcha  a‟zolar  va 
to„qimalarning  tarkibiy  qismiga  kiradi;  hayot  uchun  zarur  jarayonlar  oqsil 
almashinuvi bilan bog„liq chunki barcha ferment, gormon, biologik aktiv moddalar 
oqsillar ishtirokida paydo bo„ladi va modda almashinuvida ishtirok etadi. 
O‟simlik oqsillari hujayra protlazma  va yadrosida kolloid holda bo„ladi. 
Ozuqalar  tarkibida  u  3%  dan  90%  uchraydi,o„simlik  oziqalardan  shrot  va 
kunjarada  ko„p  bo„lib  30-40%  ni  tashkil  qiladi,  dukkakli  donlarda  25-30%, 
dukkakli  o„tlar  pichanida  14-15%,  boshoqli  donlarda  8-12%,  somonda  4%,  oqsil 
hayvonot ozuqalarida ko„p bo„ladi yoki 70-90%(go„sht uni, quritilgan kon) tashkil 
qiladi. 
Oqsillar  aminokislotalardan  tashkil  topib,  ular  hayvon  organizmida  muhim 
ahamiyatga  ega.  Oziqa  oqsillari  tarkibida  o„rni  almashmaydigan  va  o„rni 
almashadigan  aminokislotalar  uchraydi,  birinchi  hayvonot,  ikkinchisi  o„simlik 
oziqalarida ko„proq bo„ladi. 
Kovshovchi  hayvonlar  bir  kameralik  hayvonlar  va  parrandalardan  o„larok 
katta  qorinda  mikroorganizmlar  sintez  qilgan  o„rni  almashmaydigan 
aminokislotalar hisobiga talablarini qisman qondiradi. 
Amidlar,  bular  organik  va  mineral  azotli  birikmalar  bo„lib,  erkin 
aminokislotalar,  aminokislotali  amidlar,  ammoniy  tuzlari,  nitritlar  va  nitratlar 
holida uchraydi.  
Amidlar  o„simliklarning  yosh  paytida  ko„proq  bo„ladi,  ular  ildizmevalarni 
uzoq  saqlaganda  amidlar  nisbati  ortadi;  ular  40-60%  o„simliklarni  silosda  va 
kovshovchi hayvonlar katta hornida ovqat hazm bo„lishda parchalanib ketadi. 
Azotli,  oqsil  bo„lmagan  moddalarning  turli  qishloq  xo„jalik  hayvonlariga 
ahamiyati  bir  xilda  emas.  Hayvonlar  asosan  aminokislota  va    aminokislota 
amidlarini  o„zlashtirishadi;  amid;  nitrit  va  nitratlar  cho„chqa  va  parranda 
organizmida  azot  manbai  bo„lib  xizmat  qiladi,  agar  u  me‟yordan  oshsa  ularni 
zaharlashi mumkin, bu hol kovshovchi hayvonlar uchun esa uncha xavfli emas. 

 
49 
Proteinlar  me‟yordan  ko„p  organizmga  tushsa,  energiya  manbai  sifatida 
foydalaniladi. 
Azotsiz  moddalar  –  o„simlik  ozuqalarning  asosiy  qismini  tashkil  qiladi. 
Azotsiz moddalarning fiziologik vazifasi modda almashinuvi jarayonlarini energiya 
bilan,  yog„lar  shaklida  organizmlarni  qurilish  moddasi  bilan  ta‟minlashdan  iborat. 
Ozuqa azotsiz moddalari  uglevodlar va yog„larga bo„linadi. 
Yog„lar  va  lipidlar  tabiatda  trigliserid  va  yog„  kislotalaridan  iborat.  Ular 
hujayra  membranasi va   kobig„ining tarkibiy  qismi  hisoblanadi,  hamda  hujayraga 
tuyimli moddalarni kirishi va qoldiqni chiqarish vazifasini bajaradi. 
Yog„lar  asosiy  energiya  manbai  bo„lib  uglevodlarga  nisbatan  2,25  marta 
yuqori turadi. 
O‟simlik moylari triolein va gleseridlardan, ular xona haroratida suyuq bo„lib 
10-15 ºS  qotib qoladi. 
Oziqalarda yog„lar turli miqdorda uchraydi: urug„ va donda poyaga nisbatan 
ko„proq bo„ladi; ildiz va tuganak mevalarda yog„ qariyib yo„q; boshoqli donlarda 
1-2%, makkajo„xori va sulida 5-6%, yog„li ekinlar  donida 30-40% tashkil etadi. 
Yog„lardan  tashqari  lipidlar-fosfatidlar(lesitin),  fitosterinlar  o„simlik  va 
holesterin hayvon yog„larida uchraydi. 
Hayvon tanasida yog„ 3-4% dan 40-50% tashkil etadi. 
Oziqa oqsili va uglevodidan har bir hayvonga xos yog„ hosil bo„ladi, o„simlik 
moyi  va  baliq  yog„idan  esa  hayvonning  o„ziga  xos  bo„lmagan,    o„simlik  moyi 
xususiyatlariga  ega yog„ hosil bo„ladi. Shu boisdan hayvon mahsulotlarining sifati 
oziqalar tarkibidagi o„simlik va hayvon yog„larining nisbatiga bog„liq. 
Uglevodlar.  O‟simlik    quruq  moddasining  qariyib    75%  ni  tashkil  qiladi.  
Uglevodlar  hujayra  suyuqligida  qant,  plastidlarda-kraxmal,  hujayra  kobig„ida  esa 
kletchatka gemiosellyuloza va pektin moddalar holida uchraydi. O‟simlik hujayrasi 
qarishi  bilan  uning  kobig„ida  lignin  moddasi  ko„payadi.  Hayvon  organizmida 
uglevodlar juda kam (1%) uchrab glyukoza va glikogen holida bo„ladi. Uglevodlar 
organizmda  energiya  manbai  vazifasini  o„taydi,  ortib  qolganlari  jigar  va  
muskullarda kraxmal-glikogen sifatida zahiraga aylanadi. 
Hayvon mahsulotlaridan faqat sutda uglevod ko„p bo„lib 4-7,0% tashkil etadi. 
Xom  kletchatka  turli  moddalar  aralashmasi:  sellyuloza,  pentozan,  geksazan, 
lignin, kutin, subirin va kamgina azotli, hamda mineral tarkibidan iborat; o„simlik 
hujayralari  bir-biri  bilan  pektin  yordamida  yopishadi.  Xom  kletchatkaning 
kimyoviy tarkibi o„simlik yoshligida sellyulozadan, yoshi kattayishi bilan hujayra 
qobig„i 
qalinlashib 
lignin 
va 
pentozan 
ortadi. 
Kletchatkaning 
daraxtlashishi(dag„allashishi)  o„simliklar  poyasida  barglariga  nisbatan  kuchli 
kechadi, kletchatka ildizmevalarda kam dag„allashadi. 
Oziqalardan  eng ko„p kletchatka somonda bo„lib 40-45% ni, ildizmevalarda 
bor-yug„i 0,4-2 %  ni tashkil qiladi. 

 
50 
Kletchatkaning  oziqada  ko„pligi  uning  tuyimligi  pastligidan  dalolat,  bunday 
oziqalardan oshqozonda mikroorganizmlar to„yimli moddalarni osonlikcha iste‟mol 
qila olmaydi. 
Azotsiz    ekstrativ  moddalar(AEM)  –  unga  oziqaning  yog„  va  xom 
kletchatkadan  tashqari  barcha  azotsiz  qismi  kiradi,  ular    kraxmal,qand  va 
pentozalardir. 
Kraxmal-o„simliklar zaxira moddasi bo„lib don, meva va ildizmevalar quruq 
moddasining  60-70%  tashkil  qiladi.  Kraxmal  poya  va  barglarda  kam  2%  atrofida 
uchraydi. Kraxmalning bir turi-inulin-ko„p miqdorda yer nokida uchraydi. Hayvon 
kraxmali-glikogen  jigarda  to„planib  uning  og„irligini  4%  gacha    tashkil  qilishi 
mumkin. 
Qand 
  o„simliklarda 
monosaxaridlar  (glyukoza  va  fruktoza)  va 
disaxaridlar(maltoza va shakar qamishi) holida uchraydi. 
Qand,qand  lavlagi,  sabzi  va  oq  juxorida  22%  gacha  to„planishi  mumkin. 
Hayvonlarda yagona qand vakili-laktoza hisoblanadi. 
Pentozanlar  –  kletchatka  hosil  bo„lishida  oralik  vazifani  bajaradi,  shuning 
uchun azotsiz ekstrativ moddalar, dag„al xashak va somonda uchraydi. 
Oziqalar  tuyimli  moddalar  manbai  bo„lib,  ba‟zilari  proteinga  boy  bo„lsa, 
boshqalari esa azotsiz ekstrativ moddalarga boy bo„ladi. 
Oziqalarning kimyoviy tarkibi ularning tuyimliligiga asos bo„ladi, unga  qarab 
hayvonlarga yedirish imkoniyatlari tug„iladi. 
 
II.2.  Tuyimli moddalarga qarab oziqalar tuyimliligini baholash. 
 
Barcha 
tuyimli 
moddalar 
ham 
hayvon 
tanasini 
saqlash 
uchun 
ishlatilavermaydi.  Bu  xulosalar    XIX  asr  oxirlarida  o„tkazilgan  tajribalarda 
isbotlangan. 
Barcha  qishloq  xo„jalik  hayvonlari  ovqat  hazm  qilish  tizimining  anatomik 
tuzilishiga  qarab ikki guruhga bo„linadi: 
1.
 
Kovshovchilar – qoramol, qo„y, echki, tuya, shimol bug„isi, zebu, buyvol, 
qo„tos.  Ularning  asosiy  xususiyati  4  kameralik  oshqozonga  ega;  uchtasi  old 
oshqozonlar  (katta  qorin,  kat  qorin,  tur  qorin)  va  haqiqiy  oshqozon    shirdondan 
iborat. 
2.
 
Monogastrit  oddiy  oshqozonli  hayvonlar:  it,  cho„chqa,  ot,  mo„yna 
hayvonlari. Ikki oshqozonli qishloq xo„jalik parrandalari ham shu guruhga kiradi. 
Bir  va    ko„p  kamerali  hayvonlarni  tuyimli  moddalarni  ajratib  olishning 
fiziologik imkoniyatlari bir xil emas. 
Kovshovchi  hayvonlarning  old  oshqozonlarida  mikroblar  tomonidan 
sellyuloza  fermenti  ishlab  chiqarilib  kletchatkani  parchalash,  ayrim  mikroblar  esa 
ammiakli azotni iste‟mol qilib hayvon oqsiliga aylantiriladi. 
Bir ka  meralik  oshqozonli  hayvonlarda  ushbu  imkoniyatlar  yo„q  yoki 
chegaralangan, ular barcha tuyimli  moddalarni faqat o„z organizmida chiqarilgan, 
yoki oziqalar bilan tushgan fermentlar yordamida hazm qiladilar.  

 
51 
Barcha  tuyimli  moddalar  ovqat  hazm  qilish  tizimining  turli  qismlarida 
fermentlar yoki kimyoviy reaksiyalar orqali parchalanadi. 
Turli turdagi qishloq xo„jalik hayvonlari tomonidan to„yimli moddalarni hazm 
qilish bir xilda  emas. 
 
Ovqat hazm qilishning pirovard natijasi: oziqalar to‘yimli moddalari- 
tezakdagi to‘yimli moddalar = hazmlangan to‘yimli moddalar. 
Hazmlashning  koeffitsienti  hazmlangan  to„yimli  moddalarni  qabul  qilingan 
to„yimli moddalarga nisbati foizdagi ifodasiga aytiladi: 
 
                                                   hazmlangan to‘yimli moddalar,g 
Hazmlanish koeffitsienti = -------------------------------------------------- x 100; 
                                                   yeyilgan tuyimli moddalar, g   
 
Oziqalarni  hazm  qilish  kovshovchilar  qoramollar  va  qo„ylarda  o„xshash 
bo„ladi.  Dag„al  oziqalardan  hisoblangan  somonni  qoramollar,  qo„ylar  va  otlarga 
nisbatan  yaxshiroq  hazm  qiladi.  Kletchatkaga  boy  oziqalarni  cho„chqalar  va 
parrandalar yaxshi hazm qila olmaydilar. 
Kovshovchilar  va  cho„chqalarda  don,  shrot  va  lavlagi  kabi  oziqalarning 
hazmlashi koeffitsienti bir xil bo„ladi. 
Parrandalar  organiq  moddalarni  qishloq  xo„jalik  hayvonlariga  nisbatan 
yomonroq, kletchatkani og„ir hazm qiladi. 
Oziqalarni hazm qilishda turlararo farq bo„lgani holda, bunday farq zotlararo 
bo„lmaydi. 
Oziqalarning  hazmlanishi  hayvonlarning  yoshiga  bog„liq,  buzoqlar  sut 
oziqalarini  90-98%  hazm  qilgani  holda,  o„simlik  oziqalarga    to„liq  o„tkazilganda 
faqat  40-50%  hazm  qilgan,  keyinchalik  u  ortib  borib  eng  yuqori  bosqich    ovqat 
hazm qilish tizimi to„liq shakllangandan keyin erishiladi. 
Kovshovchilar, cho„chqalar va parrandalarda ovqat hazm qilish tizimi to„liq 4-
6 oyda shakllanadi. Qari hayvonlarda ovqat hazm bo„lishi ancha past kechadi. 
Oziqalarning  hazmlanishini  uning  tarkibidagi  moddalar  va  ularning  nisbatiga 
bog„liq. Oziqalarning hazmlanishiga eng ko„p  protein va kletchatka ta‟sir etadi. 
Oziqa  tarkibida  kletchatka  qanchalik  yuqori  bo„lsa  mikroorganizmlar  va 
fermentlar ta‟siri kamayib hazmlanish susayadi. 
Oziqaning  yaxshi  hazmlanishiga    uning  tarkibida  proteinning  ko„p  bo„lishi 
ijobiy ta‟sir etadi. 
Hazmlanuvchi  azotsiz  va  azotli  moddalarning  oziqadagi  to„yimli  moddalar 
yoki protein nisbati deyiladi: 
                         
 
 
Hazmlanuvchi kletchatka,g +  
                                        hazmlanuvchi yog‘ 2,25,g+ hazmlanuvchi AEM,g 
Protein nisbati=    -------------------------------------------------------------------------- 
                                                      hazmlanuvchi protein,g. 

 
52 
Nisbat    10:1  ortsa  kovshovchilarda  uglevodlar  va  proteinlarning  hazmlanishi 
pasayadi; cho„chqalarda ushbu nisbatni 12:1 gacha olib borish mumkin. 
Barcha yosh hayvonlarni ovqat hazm qilishi me‟yorda kechishi uchun ushbu 
nisbat 5:1 yoki 6:1 bo„lishi kerak. 
Oziqalarni hazm bo„lishiga yuqoridagi omillardan tashqari oziqalar tarkibidagi 
makro va  mikroelementlar, vitaminlar, hamda hayvon ishtahasi katta o„rin tutadi. 
Oziqalar  hazmlanishini  yaxshilash  uchun  oziqalarni  aralashtirib  yedirish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki hayvon bunday oziqani ishtaha bilan  yeydi 
va oziqalar bir-birlarini kamchiliklarini to„ldiradi. 
 Oziqalar  hazmlanishini  yaxshilash  eng  ma‟qul  usuli  ularni  yedirishdan  oldin 
tayyorlash  hisoblanadi.  Ayniqsa  dag„al  oziqalarni  maydalash,  ularga  fizik  va 
kimyoviy ishlov berish ijobiy natijalar beradi.. 
Shuningdek,  oziqalarning  hazmlanishini    yaxshilashda  hazm  maxsus 
mikroblar  ishlab  chiqargan  sellyuzolitik  va  pektolitik  fermentlardan  foydalanish 
mumkin. 
Bu borada eng muhim tadbir oziqalarning sifatini yaxshilash, ularning to„g„ri 
saqlash, hazmlanish darajasiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. 
 
Oziqalarning  energetik tuyimligini baholash. 
 
Energetik 
tuyimlilik 
oziqalarning 
organik 
moddalarning 
hayvon 
o„zlashtiradigan energiyasiga aytiladi. 
Oziqalarning  energetik  qiymatini  baholashning  qator  usullari    taklif  etilgan. 
Eng  ma‟qul  O.  Kelner  usuli  bo„lib  u  xo„kizlarda  toza  hazmlangan  to„yimli 
moddalardan  yog„    to„planishini  asoslab  bergan.  Natijada  to„yimli  moddalardan 
yog„ to„planishi o„rnatilgan: 
2.2.1.jadval  
 
 
Xo„kizlar tanasida to„plangan oqsil yog„ga quyidagi kaloriyalikda hisoblanadi: 
1 gr yog„ 9,5 kkal, 1 gr oqsil-5,7 kkal. 
Boshqa  tajribalarda  haqiqiy  oziqalardan  yog„  to„planishi  bilan  hisob  usuli 
makkajo„xori  doni  va  kartoshkada  100%  to„g„ri  kelgan,  boshqa  oziqalarda  esa  u 
farq qilgan, ayniqsa bu farq pichanda 37%  va somonda 80% farq qilgan. 
Kelner  va  Armsbi  tadqiqotlari  natijasida  to„yimli  moddalardan  hayvon 
tanasida  yog„  hosil  bo„lishiga  qarab    turli  mamlakatlarda  har  xil  oziqa  birliklari 
Organizmga tushgan sof to„yimli moddalar 
Organizmda yog„ 
to„planishi, gr 
100 gr hazmlanuvchi oqsil 
23,5 
100 gr hazmlanuvchi kraxmal 
24,3 
100 gr hazmlanuvchi  kletchatka 
24,8 
100 gr dag„al oziqalardan olingan hazmlanuvchi yog„ 
47,4 
100 gr yog„li ekinlar donidan olingan yog„ 
59,8 
100 gr donli ekinlardan olingan yog„ 
52,6 

 
53 
joriy  qilingan:  Germaniyada  urushga  qadar  Kelnerning  kraxmal  ekvivalenti, 
AQShda  –Amrsbi  termi  va  sobiq  SSSRda  sovet(suli)  oziqa  birligi  qabul  qilingan; 
bu oziqa birliklarining farqi umumiy tuyimlilik va undagi energiyani hisoblashdan 
iborat. 
Kelner  oziqalarning  umumiy  to„yimliligini  tanada  to„plangan  yog„  miqdori 
bilan  emas, balki 100 kg oziqa hazmlanganda to„planadigan yog„ga teng kraxmal 
miqdori  bilan  belgilagan,  yoki  kraxmal  ekvivalenti  deyiladi.  1  kg  hazmlanuvchi 
kraxmaldan  hayvon  organizmida,  0,248  yog„  to„planadi,  shuning  uchun  7,13  / 
0,248=  28,8  kraxmal  ekvivalentiga  teng  bo„lib  u  100  kg  pichan  oziqa  birligi 
hisoblanadi. 
Armsbi  termi  1000  kkal  sof  energiyaga  teng;  yog„  to„planishdan  sof 
energiyaga uchun 7130 x 9,5 / 1000 = 67,7  term 100 kg pichan hisobiga. 
Ye.A.Bogdanov  1  kg  hazmlanganda  hosil  bo„ladigan  yog„  0,15  kg  tashkil 
etadi va  bir oziqa birligi qilib qabul qilingan yoki 1 oziqa birligi 1 kg o„rtacha suli 
tuyimliligiga  teng,  shu  hisobdan  100  kg  pichan  7,13  /  0,15  =  47,5  oziqa  birligiga 
teng. 
Bir  oziqa  birligi  hayvon  tanasida  150  gr  yog„  hosil  qilish  kerak  bo„lgan 
tuyimli moddalarga teng. 
Skandinaviya  mamlakatlarida    esa  1  kg  arpa  tuyimliligi  1  oziqa  birligi  deb 
qabul qilingan.  
Ko„pchilik 
mamlakatlarda 
oziqalarning 
to„yimliligi 
almashinuvchi 
energiya(AE)  bilan  hisoblanmoqda,  shu  usul  ko„proq  qo„llanilmoqda,  ya‟ni  bu 
energiya    oziqa  tuyimliligining    bir  qismi  bo„lib    hayvon  tanasini  saqlash  va  
mahsulot hosil bo„lishi uchun sarflanadi. 
 Oziqalarning 
energetik 
qiymati 
almashinuvchi 
energiya 
birligi 
– 
megadjoullarda (MDj) turli hayvonlar bo„yicha aniqlanadi. 
Oziqalar  yoki  ratsionda  almashinuvchi  energiya  miqdori  balans  tajribalari 
orqali  qabul  qilingan  energiyadan  tezak  va  siydik  bilan  chiqib  ketgan  energiya, 
kovshovchilarda  esa  ichakda  hosil  bo„ladigan  gazlarga  sarflangan  energiya  ham 
chiqarib tashlash natijasida aniqlanadi. 
Kovshovchi hayvonlar va otlar uchun u  quyidagicha ko„rinishda bo„ladi: 
 
 
          AE = E
yalpi 
– (E 
tezak
 + E 
siydik
+ E 
gazlar
). 
 
Cho‘chqalar uchun : 
 
 
AE = E 
yalpi
 – (E 
tezak
 + E
siydik
). 
 
Parrandalar uchun: 
 
 
 AE = E 
yalpi
  - E 
tezak 
 
 
Xo„jaliklar  ma‟lumotlari  hayvonlarni  faqat  energiya  bilan  ta‟minlash  yetarli 
emas,  balki organizm    uchun  zarur bo„lgan  protein,  mineral moddalar, vitaminlar, 

 
54 
biologik  aktiv  moddalar  bilan  to„la  ta‟minlash  hayvonlardan  ko„p  va  sifatli 
mahsulot olish garovi hisoblanadi. 
 
Oziqalarning protein tuyimliligi. 
Oqsillar.  Hayvon  organizmi  me‟yorda  o„sish  va  rivojlanishi,  ko„payishi  va 
mahsulot  berishi  uchun  uglevodlar,  yog„lar,  shuningdek  mineral  moddalar  va 
vitaminlardan tashqari o„simlik, mikrob yoki hayvon oqsillari berib turilishi shart; 
o„txo„r  hayvonlarda  uglevodlar  yordamida  o„simlik  oqsilidan  biosintez  natijasida 
hayvon oqsili olinadi. 
Oziqalar  tarkibidagi  barcha  oqsillar  hayvonlar  tomonidan  to„g„ridan  –  to„g„ri 
o„zlashtirib  olinmaydi;  ular  ovqat  hazm  qilish  tizimida  mikroblar  yoki  fermentlar 
ta‟sirida  aminokislotalarga  parchalanadi;  me‟yorda  98%  qonga  so„rilgan  azotli 
moddalar  aminokislotalardan  iborat  bo„ladi,  oz  qismigina:  depeptidlar,  ammiak, 
nitrit  va  nitratlardan  iborat.  Oziqalarning    protein  to„yimliligi  deb,  hayvon 
organizmining aminokislotalarga bo„lgan talabini qondirishga aytiladi. 
Oziqalar  oqsil  va  protein  qiymatini  biologik  usulda  aniqlanadi;  ratsion 
tarkibidagi  oqsil    va  protein  biologik  qiymati  yosh  hayvonlarni  vaznining  oshishi 
bilan baholanadi; protein to„yimlilik va proteinning o„zi  organizmda oqsillar hosil 
bo„lishini va hayvonlarni o„sishini ta‟minlaydi. 
Proteinlarning  biologik  qiymati  M.I.    Dyakov  (1951)  o„sayotgan  organizmda 
azot balansi asosida hisoblangan formula yordamida topiladi: 
 
                                                                       N
oziqa
 – N 
tezak
 – N 
siydik
 
Proteindan foydalanish koeffitsienti = ----------------------------------- x 100 
                                                                                N
oziqa
 – N
siydik
  
 
Bu  formula  yordamida  qancha  azot  organizmida  o„zlashtirilganligini 
ko„rsatadi; 
Proteinning  biologik  qiymatini    oziqalarda  qo„shimcha  usullar  bilan  ham 
aniqlash  mumkin,  ya‟ni  qon  va  siydik  tarkibidagi  mochevina  nisbati  bilan; 
proteinni  me‟yordan  ko„p  berish,  yoki  aminokislotalari  yetarli  bo„lmagan  to„la 
qiymatli bo„lmagan oqsillarni yedirish qon tarkibida mochevina miqdorini ko„tarib 
yuboradi. 
Mochevina hayvon jigarida ammiak va uglerod dioksididan hosil bo„ladi. 
O‟simlik,  mikrob  va  hayvon  oqsillari  22  xil  aminokislotadan  turli  shaklda 
sintezlanadi. 
Oziqa  oqsillari  uglevod  va  yog„lardan  o„laroq  uglerod,  kislorod  va 
vodoroddan  tashqari 16% azotdan iborat; ferment va gormon tuzuvchi oqsillar esa 
tarkibidagi fosfor, temir, magniy, mikroelement va vitaminlarni ham biriktiradi. 
Oziqa oqsilining ba‟zi qismlari o„simlik, hayvon va mikrob hujayralarida bir 
xilda  hazmlanmaydi;  hayvonlar  protoplazma  oqsillarini  yaxshi,  yadro  oqsillarini 
qiyin hazm qiladi. 

 
55 
Oziqalar  proteini  tarkibida  aminokislotalar  hayvonlar    va    mikroorganizmlar 
tomonidan qo„shimcha fermentlar ishlovsiz o„zlashtirib olinadi. 
Yosh  hayvon  tanasiga  oziqalar  bilan  tushishi  mumkin  bo„lgan  22 
aminokislotaning yarmi sintez qilinmaydi. 
Yosh  hayvon  organizmi  uning  talablarini  o„rni    almashmaydigan 
aminokislotalar  mavjud  proteinlar  bilan  ta‟minlanishi  zarur.  Shu  bois 
aminokislotalari ko„p oziqalar biologik jihatdan qimmatliroq hisoblanadi. 
Amalda ratsionda har xil oziqalarning bo„lishni lizin, metionin va triptofandan 
tashqari 
barcha 
o„rni  almashtirilib  bo„lmaydigan  aminokislotalar  bilan 
ta‟minlanadi. 
Hayvonot  dunyosidan,  mikroblardan  olingan  oziqalar,  hamda  dukkakli  don 
oqsillari aminokislotalarga boy hisoblanadi. 
Me‟yor  asosida  oziqalantirishida  oziqalar    tarkibida  o„rni  almashmaydigan 
aminokislotalar  nisbati,  turli  tur,  yoshdagi  hayvonlarning    talabi  ham  inobatga 
olinadi. 
Ratsionni  aminokislotalar  bilan  tenglashtirish    yaxshi  natijalar  beradi,  
qachonki ratsion energiya, mineral moddalar va vitaminlar bilan hayvon organizmi 
to„liq qondirilgan taqdirda. 
Kovshovchilar  oqsillarga    bo„lgan  talabini  qondirish  osonroq,  chunki  oziqa 
proteinining  60-70%  katta  qorindagi  bakteriya  va  infuzoriyalar  tomonidan 
o„zlashtirilib,  zarur  aminokislotalar  nisbatini  yaxshilaydi,  shu    bois  ularda    o„rni 
almashmaydigan aminokislotalarga o„tkir talab sezilmaydi. 
Hayvonlarni  oziqlantirishda  asosiy  shart  –  ularning  xom  yoki  hazmlanuvchi 
proteinga  talabini  qondirish;  uning  zarur  qismi  protein  sifati  va  uning 
aminokislotalar tarkibiga bog„liq. 
Voyaga yetgan kovshovchi hayvonlarni oziqlantirishda proteinni erish darajasi 
muhim  o„rin  tutadi,  ular  oziqasi  tarkibidagi  proteinning  50-60%  suv    tuzda 
eriydigan  bo„lishi  kerak.  Yosh  hayvonlar  turidan  qat‟iy    nazar  aminokislotalar 
nisbatiga qarab oziqlantiriladi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling