Ma’ruza №11 yer yuzasining floristik regionlari reja


(3). Markaziy Avstraliya oblasti


Download 146.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana18.06.2023
Hajmi146.58 Kb.
#1598841
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MA’RUZA №11 YER YuZASINING FLORISTIK REGIONLARI

30 (3). Markaziy Avstraliya oblasti. Bu uchchala oblast tarkibida eng 
kattasi hisoblanadi. Bunga Avstraliya cho’llari, Xind okeani qirg`ogidagi bir necha 
orollar kiradi. Bu oblast hududida 85 avlod endem bir necha yuzlab turlar endem 
xisoblanadi. Endem oila Avstraliya cho’llarida daraxtli va butali savanna 
o’rmonlari ko’proq uchraydi. 
6. Golantartik o’simliklar hukmronligi. Bu hukmronlik hududiga janubiy 
yarim sharning sovuq zonalari kirib, Janubiy Amerikaning Patagoniya qismi 
atrofidagi orollari bilan birga, xamda Yangi Zelandiya kiradi. Bu hukmronlik 4 ta 
oblastga bo’linadi. 
31 (1). Xuan Fernandes orollari oblasti - Patagoniyaning g`arbiy 
tomonidagi Xuan Fernades orolini o’z ichiga oladi. Bu oblast hududida 1 ta oila,20 
dan ortiq avlod va bir necha yuzlab tur endem xisoblanadi. 
32 (2). Chili Patagon oblasti. Bu oblast hududiga Janubiy Amerikaning 
Chili Patagoniya Fonklend, Olovli Erlar va boshqa orollarni o’z ichiga oldi. Bu 
oblast hududi maydon jihatdan katta va xilma-xil bunga ikki materik (janubiy 
Amerika va Antarktidaning yarimoroli xam) kiradi. Bir necha o’ziga xos iqlimli 
orollar ham kiradi. Natijada bu oblast hududida 7 ta oila, 250 ta avlod, bir necha 
yuzlab tur endem xisoblanadi. 
33 (3). Sub antartik oblasti. Bu oblast hududiga Gof, Prins Eduvard, 
Amsterdam, Sent Pol, Kergelen orollarini o’z ichiga oladi. Bu erda 2 ta avlod, 
o’nlab endem turlar mavjud, endem oila yo’q. 
34 (4). Yangi Zenlandiya oblasti- bu oblast hududiga Yangi Zellandiya
Kermadek, Chatem, Antipot orollari bilan birgalikda bir qancha mayda orollar xam 
kiradi. Bu oblast hududida bitta oila, 45 ta avlod, bir necha o’nlab endem turlar 
mavjud. 

Download 146.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling