Ma’ruza №11 yer yuzasining floristik regionlari reja


Download 146.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi146.58 Kb.
#1598841
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MA’RUZA №11 YER YuZASINING FLORISTIK REGIONLARI

17. Malineziya oblasti. Bunga Indoneziya, Filippin, Sumatra, Kalimantan
Yangi Gvineya, Salomon orollari va juda ko’plab mayda orollarni o’z ichiga oladi. 
Bu oblast maydoni bir necha yuzlab orollardan tashkil topgan. Iqlim sharoiti 
nihoyatda xilma-xil, lekin ularda umumiylik bop. Bu oblast hududida ikkita endem 
oila va ko’plab endem turlar mavjud. Ayniqsa, Yangi Gvineya oroli o’ziga xos 
bo’lib, bu erda 140 dan ortiq endem avlod yashaydi. 
18. Fidji orollari oblasti. Hududi juda kichik orollari juda ko’p. Bunga 
Yangi Gibrit, Samoa, Tongo orollari kiradi. Bu oblastda bitta oila, juda ko’p 
endemik avlodlar va turlar mavjud. Fidji orollari endemik turlarga juda boy. 
19. Poleneziya oblasti. Bu oblast hududiga Tinch okeanining katta maydoni 
va yuzlab orollar kiradi. Bunga Korolin, 
Marshall
, Gilbert, Marian, Ellis, Feniks, 
Markiz orollari kiradi. Bu oblast tabiiy sharoiti xilma-xil bo’lishiga qaramay, 
bularda endemik oila yo’k. Lekin bir necha yuzlab avlod, yuzlab endemik turlar 
bor. 
20. Gavayi orollari oblasti. Maydon jihatdan boshqa orollardan bir necha 
marta kichik, lekin er sharidagi mavjud orollar ichida o’ziga xosligi bilan ajralib 
turadi. Sababi quruqlikdan ancha uzoqda joylashgan, ya’ni suv bilan 
izolyastiyalangan orol hisoblanadi. Shuning uchun bu oblast o’simlik olami 
nihoyatda xilma-xil. Shuning uchun olimlar maydoni juda kichik bo’lishiga 
qaramay, 
bunga 
oblast 
darajasini 
berishgan. 
Bu 
oblast 
o’simliklari 
ko’pchiligi 
aborigen
, lekin inson faoliyati natijasida migrastion yo’l bilan kelib 
qolgan turlar xam mavjud. Bular Amerika qit’asiga birmuncha yaqinroq 
bo’lganligi sababli shimoliy Amerikada va Amerikada o’sadigan o’simliklar ham 
uchraydi. 
21. Yangi Kaledoniya oblasti. Bu oblast xam maydon jixatidan kichik 
hududni o’z ichiga oladi. Asosan bunga Yangi Kaledoniya oroli va uning 
atrofidagi bir necha orollar kiradi. Endemizmga juda boy. O’simliklarning oltita 
oilasi 130 dan ortiq avlod va minglab endem turlar bor. 

Download 146.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling