Ma’ruza №13. Otvallar hosil qilish jarayoni


Ag‘darmalarni shakllantirish


Download 416.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana21.04.2023
Hajmi416.68 Kb.
#1368400
1   2   3   4
Bog'liq
OKI 13

 
Ag‘darmalarni shakllantirish. 
 
Ag‘darmalarni shakllantirish undan foydalanishning butun davrida amalga 
oshiriladi va u planda ajratilgan chegaraga (chegaraviy konturga), balandligi esa, 
loyixa nuqtasiga yetganda tugatiladi.
Ag‘darmani shakllantirish jarayoni birinchi yarusning ilk sochilmasini hosil 
qilish bilan boshlanadi. Temir yо‘l va konveyer transportida uzunligi 0,5-2 km 
bо‘lgan ilk tо‘kilma tor va chо‘zilgan shaklga ega bо‘lib, shuning xisobiga ish 
fronti uzunligini ta’minlaydi, hamda transport va ag‘darma uskunalaridan samarali 
foydalanish uchun yetarli hisoblanadi. Avtomobil transportida ilk tо‘kilma oval 
shakliga ega bо‘lib, avtosamosval erkin manyovr qilish uchun ajratiladigan 
maydoncha о‘lchamlari bilan chegaralanadi (taxminan 100x200 m). 
Ag‘darmalarga keltiriladigan jinslarni joylashtirish joyi va vaqti ya’ni 
ag‘darmani shakllantirish tartibi turli xil bо‘lishi mumkin. Yaruslarni navbatma-
navbat tо‘ldirish mumkin: oldin bittasi chegaraviy konturgacha, sо‘ng ikkinchisi va 
shu tartibda. Bu jarayonda jinslarning birinchi guruxi kam balandlikka ega bо‘lgan 
va shu bilan birga transportlar xarajatlari bir muncha kam bо‘lgan bо‘shatish 
joyiga tashiladi. Bunda ag‘darma katta yer maydonlarini tez egallaydi va konchilik 
korxonasi tomonidan bu yerlardan foydalangani uchun tо‘lanadigan xarajatlar 
oshadi. Boshqa variant, mumkin bо‘lgan maksimal tezlik bilan ag‘darmani 
balandda (yuqorida) rivojlantirish. Bunda yerga tulanadigan xarajat kiskaradi
ammo transport xarajatlari ortadi. Birmuncha qulay variant maydon va balandlik 
bо‘yicha bir vaqtda rivojlantiriluvchi oraliq variant hisoblanadi. 
Ag‘darmali tupiklar soni transport kommunikatsiyasini qabul qilish 
qobiliyati va ag‘darma о‘lchamlari bilan chegaralanadi va ag‘darma ish 
unumdorligini aniqlaydi. Ag‘darma ish unumdorligi – bu, vaqt birligi ichida 
ag‘darma tomonidan qabul qilinayotgan jinslar miqdori: 
P

= NQ 
bu yerda: 
Q – temir yо‘l sostavining yoki avtosamosvalning о‘rtacha sig‘imi;
N – bir smenada ag‘darmaga bо‘shatiladigan (jinslarni keltiruvchi)
transport vositalarining soni. 
Smenada tupikka bо‘shatiladigan sostavlar soni: 
N=
k
i.r

bu yerda: 
- smena vaqti
o
p
t
t
Т
+
Т


k
i.r
- tupikda sostav qabul qilishda smena ishchi vaqtidan
foydalanish koeffitsiyenti (plugli ag‘darmalar uchun:
k
i.r
=0,70,8, ekskavatorli ag‘darmalar uchun k
i.r
=0,850,9); 
=4020 min – bir sostavni bо‘shatishga ketgan vaqt
- sostavlarni almashish vaqti. 
Bir ag‘darmali tupikning xaqiqiy ish unumdorligi: pluglida 1,5-2 ming 
m
3
/sutka; ekskavatorlida (mexanik kovush yoki draglaynda) ekskavatorning 
modelidan kelib chiqib 4 dan 8 ming m
3
/sutka ni tashkil etadi. 
Nazorat savollari:
Ag‘darmalarning asosiy parametrlarini izohlab bering. 
Ag‘darmani shakllantirish jarayonini izohlab bering. 
Adabiyotlar rо‘yxati: 
 
V.S. Xoxryakov. Otkritaya razrabotka mestorojdeniy poleznix iskopayemix. M. 
«Nedra». -1991 g. 
Spravochnik. Otkritaya razrabotka mestorojdeniy poleznix iskopayemix. M. 
«Gornoye byuro». 1994. 
p
t
o
t

Download 416.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling