Маъруза №2 hujayra shikastlanishini patofiziologik asoslari ma’ruza xronometraji
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
№2
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Hujayra shikastlanishini lipidlarga bog‘liq mexanizmi
- Lipidlarni perekis oksidlanishi deb
Bilvosita (ikkilamchi). Birlamchi buzilishlar natijasida kelib chiqadi (gipoksiya,
atsidoz, alkaloz, giper va gipoosmiya, gipoglikemiya va boshqalar). Hujayra shikastlanganda quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi: 1. Strukturaviy o‘zgarishlarni gistologik va elektromikroskopik usullar yordamida patanatomlar o‘rgatadi. 2. Funksional o‘zgarishlar, elektrofiziologik jarayonlarni buzilishi, ya’ni qisqaruvchanlik, ekzo va endotsitoz, hujayra bo‘linishi, nerv va gumoral boshqaruv ta’sirlarini qabul qilishni hujayra tomonidan buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. 3. Fizik-ximik o‘zgarishlar, hujayra sitoplazma va yadro kolloidlarini disperslik darajasini pasayishi, sitoplazma qovushqoqligini ortishi, buyoqlarga nisbatan sorbsion hususiyatini pasayishi, suv-tuz almashinuvini buzilishi, hujayra shishi, atsidoz va hokazolar misol bo‘ladi. 4. Bioximik o‘zgarishlar, hujayra ichida kreatininfosfat va ATF konsentratsiyasini pasayishi, aksincha ularni gidrolitik parchalanishida hosil bo‘lgan mahsulotlar, kreatinin, ADF, AMF, neorganik fosfat va boshqalarni ko‘payishi. Hujayra nafasi buziladi, glikoliz, proteoliz va dezaminlash jarayonlarini aktivlashuvi kuzatiladi. 5. Termodinamik o‘zgarishlarda, oqsillar denanaturatsiyasi va koagulyatsiyasi kuzatiladi. Patogenez. Hujayra shikastlanishining patogenezini 6 ta: lipidga, kalsiyga eletrolit-osmotik, atsidotik, proteinli, nukleinlar kislotalarga bog‘liq mexanizmlarga bo‘lish mumkin. I. Hujayra shikastlanishini lipidlarga bog‘liq mexanizmi Hujayra shikastlanishini lipidlarga bog‘liq mexanizmi patogenezini, lipidlarni perekis oksidlanishi, plazmatik membranadagi fosfolipazalarni aktivatsiyasi va erkin yog‘ kislotalarni plazmatik membranaga detergent ta’sirlari tashkil qiladi. 1. Lipidlarni perekis oksidlanishi deb, hujayra-membranasidagi fosfolipidlar tarkibiga kiruvchi to‘yinmagan yog‘ kislotalarni oksidlanishidan erkin radikallarni hosil bo‘lishi tushiniladi. Ushbu radikallarga O - 2 – superoksid anion-radikal, N * vodorodli radikal, O 2 -singlet (qo‘zg‘algan) kislorodlar kiradi. Ushbu radikallarni shikastlovchi ta’sirini ikkita mexanizmi mavjud. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling