Ma’ruzalar matni


Tabiiy tosh materiallarni emirilishdan saqlash usullari


Download 4.32 Mb.
bet28/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

6. Tabiiy tosh materiallarni emirilishdan saqlash usullari
Tabiiy tosh materiallari bino va inshootlarda ishlatilganda tabiiy va texnogen omillar ta’sirida buzilishi mumkin. Bu omillarga asosan quyidagilar kiradi: yoriqlar va g‘ovaklarda suvning muzlashidan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqishlar; harorat va namlikning keskin o‘zgarishidan mikroyoriqlar hosil bo‘lishi; sizib o‘tuvchi suv ta’sirida tosh komponentlarining yuvilishi; atmosferada mavjud SO2, CO2 va sh.k. gazlar, oqava va sizot suvlar tarkibida bo‘lgan ishqor, kislota, tuz, uglevorod qoldiqlari, mineral o‘g‘itlar ta’sirida yuz beradigan kimyoviy korroziyalar va x.k.
G‘ovak toshlarni emiruvchi muxitlardan himoyalash uchun yuza qismlarini zichlashtiruvchi moddalarga shimdirish, suv yuqtirmasligini ta’minlash uchun gidrofob moddalar sepish mumkin. Zich toshlarni suv ta’siridan saqlash uchun sirtini silliqlash, jilolash zarur. Bunda zich va silliq yuzadan suv tez va to‘g‘ri oqib o‘tadi.
Ohaktosh va dolomitlarning yuzasini kremneftorlash (flyuatatsiya, qoplash) usulida zichlashtirish mumkin. G‘ovak toshlarni termoreaktiv va termoplastik polimerlar bilan shimdirib, zichligi, mustahkamligini keskin oshirish mumkin.
Tosh yuzasiga kremniyorganik suyuqlik (GKJ-10, GKJ-94), emulsiyalar (bitum emulsiyasi) shimdirib suv yuqtirmaydigan gidrofob xususiyatni berish mumkin.
Nazorat savollari

  1. Tog‘ jinslarini hosil bo‘lish sharoitiga nisbatan guruxlarga bo‘linishini aytib bering.

  2. Asosiy jins hosil qiluvchi minerallarni aytib bering.

  3. Magmatik jinslarning asosiy turlarini va ularning xossalarini keltiring.

  4. Asosiy cho‘kindi jinslarini tavsiflang.

  5. Metamorfik jinslarni tavsiflang.

  6. Tosh materiallar va buyumlar qaysi usullarda qazib olinadi va ishlov beriladi?

  7. Qurilishda ishlatiladigan tosh materiallarning asosiy turlarini keltiring.

  8. Bino va inshootlarda tosh materiallarining emirilish sabablarini va himoyalash usullarini aytib bering.



Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling