Ma’ruzalar matni


Download 4.32 Mb.
bet81/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

Sovuqqa chidamlilik. Betonga suv kirib muzlashi natijasida ichki zo‘riqish hosil bo‘ladi va beton asosida tayyorlangan konstruksiyalarni buza boshlaydi. Sovuqqa chidamlilik betonning g‘ovakligiga va g‘ovaklikning xarakteriga bog‘liq, chunki mikrog‘ovaklarda suvning muzlash harorati juda past bo‘ladi. SHu sababli tarkibi to‘g‘ri tanlangan, yaxshi zichlashtirilgan, mustahkam betonlarning sovuqqa chidamliligi yuqori bo‘ladi.
Betonning sovuqqa chidamliligi tomonlari 10, 15, 20 sm kub shaklidagi namunalarni standart usulda sinab aniqlanadi. Sovuqqa chidamlilik bo‘yicha og‘ir beton quyidagi markalarga bo‘linadi: F50, F75, F100, F150, F200, F300, F400, F500. Beton tayyorlashda past alyuminatli sementlarni ishlatish ham sovuqqa chidamlilikni oshiradi.
Betonning sovuqqa chidamliligini oshirish uchun tarkibiga gidrofob yoki difil polimer moddalar, mineral zichlashtiruvchi qo‘shimchalar kiritish, konstruksiya yuzasini yupqa rulonli yoki sepiladigan izolyasiya materiallari bilan himoyalash, yuza qismlarini maxsus polimerlar bilan shimdirish mumkin.
4. Betonning issqlik-fizik xossalari
Issiqlik sig‘imi. Oddiy og‘ir betonning solishtirma issiqlik sig‘imi 0,75-0,92 kJ(kg·0S) atrofida bo‘ladi. Issiqlik sig‘imi asosan to‘ldirgichlarning xarakteristikasiga va betonning umumiy zichligiga bog‘liqdir.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Og‘ir betonning quruq havo sharoitidagi issiqlik o‘tkazuvchanligi 1,2 Vt(m·0S). Betonning issiqlik o‘tkazuvchanligi to‘ldirgichning turiga va betonning umumiy zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Og‘ir to‘ldirgichlar o‘rniga g‘ovak engil to‘ldirgichlar ishlatilganda issiqlik o‘tkazuvchanligi 2-4 marta kamayadi. Betonning namligi oshsa yoki suv kirib muzlasa issiqlik o‘tkazuvchanligi keskin oshib ketadi. YUqori darajadagi issiqlik o‘tkazuvchanlik betonning kamchiligi hisoblanadi. SHu sababli uysozlik panellari va boshqa issiq-sovuqdan himoyalovchi konstruksiyalar tayyorlanganda og‘ir beton qo‘shimcha ravishda issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan ta’minlanadi.
Haroratdan chiziqli kengayish koeffitsienti (XCHKK). Og‘ir betonning XCHKK 10·10-6 0S tashkil etadi va beton 500S qizdirilganda 0,5 mmm bo‘ladi. Beton asosida bino va inshootlar qurilganda XCHKK hisobga olinib, harorat farqidan ularda yoriqlar hosil bo‘lishini ogohlantirish maqsadida haroratdan kirishish choklari hosil qilinadi.
Beton strukturasida karkas vazifasini o‘taydigan yirik to‘ldirgich va ular orasini to‘ldiruvchi matritsa vazifasini o‘tovchi qorishmaning haroratdan chiziqli kengayish koeffitsientlari turlicha bo‘ladi. Harorat 800S oshganda ichki zo‘riqish hisobiga yirik to‘ldirgichlar va qorishma kontakt yuzalarida mikroyoriqlar hosil bo‘ladi.
Betonning haroratdan ichki zo‘riqishini kamaytirish uchun tashkil etuvchilarni chiziqli kengayish koeffitsienti bir-biriga yaqinlarini tanlash maqsadga muvofiqdir. Temirbeton konstruksiyalarni loyixalashda beton va armaturaning haroratdan chiziqli kengayish koeffitsientlarini yaqinlashtirish shart, aks holda ularni bir butun konstruksiya bo‘lib ishlashini ta’minlash qiyin bo‘ladi.

Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling