Ma’ruzalar matni


Download 4.32 Mb.
bet83/113
Sana27.08.2023
Hajmi4.32 Mb.
#1670586
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   113
Bog'liq
Курилиш материаллари ва буюмлари Б ва ИК uchun1

S S K CH(sh)    1000 ,
s s k ch(sh)
bu erda: S; S; Q; CH(sh)-sement, suv, qum, chaqiq tosh yoki shag‘al sarfi, kgm3; s, s, q, ch(sh)-shu materiallarning zichligi, kgm3; Ss; Ss; Qq va CH(sh)ch(sh)-shu materiallarning absolyut hajmi, m3.
b) Yirik to‘ldirgichning oraliq bo‘shlig‘ini, yirik to‘ldirgich donalarini bir-biriga nisbatan surilishini hisobga olgan holda, qorishma to‘ldiradi degan holat belgilanadi:
S S K CH(sh)
   Vbch(sh)  ,
s s k bch(sh)
bu erda: Vbch(sh)-yirik to‘ldirgichning oraliq bo‘shlig‘i: bch(sh)-yirik to‘ldirgichning to‘kma zichligi, kgm3; -yirik to‘ldirgichning qochish koeffitsienti suv-sement nisbati va sement sarfiga bog‘liq bo‘lib, bikr beton qorishmalar uchun 1,05-1,15 (o‘rtacha 1,1), harakatchan beton qorishmalari uchun 1,25-1,6 teng bo‘ladi.
Muayyan beton qorishmasi tarkibi tanlanganda  koeffitsienti maxsus jadval yoki grafiklar yordamida aniqlanadi.
YUqorida ko‘rsatilgan tenglamalarni birgalikda echib, beton komponentlarining 1m3 (1000l) uchun kg da sarfini aniqlaydigan formulalarni keltirib chiqarish mumkin:
yirik to‘ldirgich 1000
CH(sh) 
Vbch(sh)  1

bch(sh) ch(sh)
va mayda to‘ldirgich
 S S CH(sh)
K  1000     k
 s s ch(sh) 
SHunday qilib, 1m3 beton qorishmasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan S, S, Q, CH(sh) miqdorlari (kg) aniqlanadi. Ushbu natijalarni sementning massasiga nisbatan birlikda yozish mumkin:
1:SS:+S:CH(sh)S
Beton komponentlarining yig‘indisi 1(1000l) teng bo‘lsa ham, beton qorilgach haqiqiy xajmi kamayib ketadi, bu omil beton miqdori
koeffitsienti () bilan ifodalanadi va quyidagicha aniqlanadi:
1 1
 ,
bu erda: Vs, Vq, VCH(sh)-1m3 beton qorishmasini tayyorlashga sarflangan quruq tashkil etuvchilar hajmi, m3; t.s, t.q, t.ch(sh) quruq xolatdagi
materiallarning to‘kma zichligi, kgm3. Odatda  koeffitsienti 0,6-0,75 teng.
Beton qorishmasini ishlab chiqarish sharoitida tayyorlanganda mayda va yirik to‘ldirgichlarning namligi hisobga olinadi va ishlatiladigan beton tarkibi qayta hisoblanib aniqlik kiritiladi.
6. Beton qorishmasini tayyorlash, tashish va ishlatish

Beton qorishmasini tayyorlash


Qurilish industriyasida beton qorishmasi mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan beton zavodlarida, temirbeton zavodlarining beton qorishmasi uzellarida yoki bevosita qurilish maydonlarida jixozlangan ko‘chma beton qorgich markazlarida tayyorlanadi.
Betonning sifati komponentlarni aniq tortish, bir jinsli holatgacha aralashtirishga bog‘liqdir. Beton zavodlarda beton qorishmasi avtomatik va yarim avtomatik dozatorlar vositasida miqdorlanadi. Dozalash aniqligi sement va suv uchun ±1% (massasi bo‘yicha) va to‘ldirgichlar uchun ±2% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Hozirgi kunda beton komponentlarini dozalash kompyuter markazlaridan turib boshqariladi va beton qorish jarayonida to‘ldirgichlarning namligi hisobga olinib, tarkibga aniqliklar kiritiladi.
Beton qorgichlar ishlash prinsipi bo‘yicha uzlukli va uzluksiz ishlaydigan turlarga bo‘linadi. Ular beton qorishmasini erkin tushishiga va majburan aralashtirishga asoslangan bo‘ladi.
Odatda to‘xtab ishlaydigan beton qorgichlar ishlatiladi. Harakatchan va quyma beton qorishmalari material erkin tushadigan qorgichlarda tayyorlanadi. Materiallarning erkin tushishiga asoslanib ishlaydigan qorgichlar ishchi organi baraban ichiga o‘rnatilgan kurakchalardan iborat bo‘ladi.
Baraban aylantirilganda kurakchalar komponentlarni ilintirib bir oz balandlikka ko‘taradi, so‘ngra materiallar pastga tushib aralashadi. Bu prinsipda ishlaydigan beton qorgichlarning ishchi sig‘imi 100-1500l bo‘ladi. Maxsus mexanizmlar yordamida barabanning qiyaligi o‘zgartirib turiladi. Ishchi sig‘imi 120 l gacha bo‘lgan betonqorgich ko‘chma, undan katta hajmlari esa qo‘zg‘almas bo‘ladi.
Erkin tushadigan betonqorgichlarda harakatchan beton qorishmalari hajmi 500l bo‘lsa 1-1,5 min; hajmi 1200l bo‘lsa 2 min va hajmi 2400l bo‘lsa 2,5-3 min davomida tayyorlanadi.
Majburan aralashtiradigan betonqorgichlarda bikr beton qorishmalari tayyorlanadi. Bunday qorgichlar silindrsimon shaklda bo‘lib, markaziy rotor qismiga kurakchalar o‘rnatilgan bo‘ladi. Rotor aylantirilganda kurakchalar beton qorishmasini majburan aralashtirib bir jinsli massaga aylantiradi. Hosil bo‘lgan beton qorishmasi silindr tubidagi lyuk orqali tushiriladi.
Harakatchan beton qorishmalarini gorizontal valga o‘rnatilgan kurakchali va shnekli uzluksiz qorgichlarda tayyorlash mumkin. Bikr beton qorishmalarini esa qo‘shimcha titratish usulida aralashtirish maqsadga
muvofiq. Uzluksiz betonqorgichlar unumdorligi (30, 60, 120 m3soat) to‘xtab ishlaydigan qorgichlarga nisbatan yuqori bo‘lib, elektroenergiya va mehnat resurslarini tejaydi.
Beton qorishmasi tayyorlaydigan zavod va uzellar to‘la mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan komponentlarni qabul qilib oluvchi, uzatuvchi, zarurat bo‘lganda isituvchi to‘ldirgichlar omborxonasiga, sement omborxonasiga ega bo‘lishi kerak. Sement va to‘ldirgichlar transportlar yordamida bunkerlarga solinadi va dozatorlar yordamida o‘lchab betonqorgichlarga uzatiladi, suv va turli sirtaktiv qo‘shilmalar alohida tayyorlanib, so‘ng betonqorgichga nasos yordamida uzatiladi. Beton qorishmasi maromiga etkazib tayyorlangach maxsus transportlar yordamida iste’molchiga yuboriladi.
Hozirgi kunda beton qorishmasini quruq holda tayyorlab iste’molchiga yuborish va qurilish ob’ektining o‘zida suv bilan aralashtirish keng tarqalmoqda. Bu usulda quruq beton qorishmasi maxsus avtobetonqorichlarda iste’molchilarga etkaziladi. Zamonaviy avtobetonqorgichlar maxsus protsessor yoki kompyuterlar yordamida boshqariladi va istalgan tarkibdagi va miqdordagi beton qorishmasini tayyorlash imkoniyati hosil bo‘ladi.
Beton zavodlarida betonning sifatini nazorat qiluvchi laboratoriya, remont-mexanika ustaxonasi va boshqa infrastruktura yaratilishi kerak. Beton zavodi iste’molchiga yuborayotgan beton qorishmasiga yoki quruq qorishma har bir partiyasiga beton markasi, qulay joylanuvchanligi ko‘rsatilgan pasportni ilova qilishi shart.

Beton qorishmasini tashish


Temirbeton zavodlarida beton qorishmasi estakadalar, lentali transporterlar, beton nasoslar, vagonetkalar, badyalar vositasida qoliplash sexlariga yuboriladi.
Beton qorishmasi qurilish maydonlariga avtobetonovoz, avtosamosvallarda yoki maxsus betonqorgich avtomobillarda quruq xolatda tashiladi. Beton qorishmasi tashilayotganda suvsizlanish va qatlamlanishning oldi olinishi kerak, aks holda betonning qulay joylanuvchanligi salbiy tomonga o‘zgaradi. Beton qorishmasi avtosamosvallarda tashilganda yuza qismini namlik o‘tkazmaydigan materiallar bilan (polietilen, brizent va boshq.) yopish kerak. Beton qorishmasi uzoq masofaga tashilganda u quruq holatda bo‘lishi va bevosita qurilish maydonida qorilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday usul G‘arbiy
Evropa mamlakatlari qurilish industriyasida keng tarqalgan.

Beton qorishmasini qoliplash va zichlashtirish


Tayyorlangan beton qorishmasi maxsus beton quygichlar vositasida avvaldan tayyorlab qo‘yilgan, metalldan egilmaydigan darajada mustahkam ishlangan qoliplarga quyiladi. Beton qorishmasini qoliplash jarayoni o‘ta ma’suliyatli bo‘lib, qolipning hamma burchaklari, toraygan va burilgan joylari betonga to‘lishi shart.
Beton qorishmasining harakatchanligi yoki bikrligi qoliplanadigan beton va temirbeton konstruksiyalarning turiga bog‘liq bo‘ladi. Qolip shaklining murakkabligini hisobga olgan holda beton qorishmasining quyuqlik darajasi va zichlashtirish usuli tanlanishi kerak.
Oddiy shakldagi qoliplarga harakatchan beton qorishmasi hech qanday zichlashtirish usullarini qo‘llamasdan quyilishi mumkin. Ammo zichlik va yuqori mustahkamlik shartlari qo‘yiladigan temirbeton konstruksiyalarni quyishda bikr va o‘ta bikr beton qorishmalari turli usullar bilan zichlashtiriladi, xususiy xollarda esa beton qorishmasi tarkibiga suyultiruvchi plastifikatorlar va superplastifikatorlar kiritiladi.
Beton qorishmasini quyidagi usullarda zichlashtiriladi: shibbalash, titratish (vibratsiyalash), vakuumlash, prokatlash, shtampovkalash, sentrifugalash, presslash, urish va boshqalar. Bundan tashqari titratishprokatlash, titratish-presslash va shu kabi kombinatsiyalashgan zichlashtirish usullari ham ishlatilishi mumkin.
Beton qorishmasini zichlashtirish usullaridan eng keng tarqalgani titratish usulidir. Beton qorishmasi titratilganda qovushoqligi kamayadi, harakatchanligi ortadi, natijada beton massasi qolip ichida bir tekisda tarqaladi va qolip burchaklari, armatura sterjenlari oralarini ham to‘ldiradi. Titratish davrida yirik to‘ldirgich donalari qulay joylashadi, uning oraliq bo‘shlig‘ini sement qorishma yaxshi to‘ldiradi, suv-havo aralashmasi tashqariga sizib chiqadi, natijada beton qorishmasi zichlashadi.
Beton qorishmasini zichlashtirish uchun turli titratkichlar ishlatiladi. Titratkichlarning ishchi organi elektromexanik, elektromagnit va pnevmatik dvigatellar vositasida harakatga keltiriladi. Elektromexanik ko‘chma titratkichlar amaliyotda keng qo‘llaniladi (6.10rasm).


Download 4.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling