Mashg’ulotlar uchun


Isitgichlar: rezinali, elektrli. Qo‘yish jоylari, ko‘rsatmalari, qоidalari, ta’siri


Download 0.61 Mb.
bet34/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI



Isitgichlar: rezinali, elektrli. Qo‘yish jоylari, ko‘rsatmalari, qоidalari, ta’siri.
Isitgich ko‘pincha yallig‘lanish tugunchalarining tez so‘rilishi uchun ishlatiladi, shu bilan birga og‘riqni qoldiradi. Isitgichdan ichkariroqdagi to‘qima va organlarni isitish uchun foydalanish mumkin. Bundan tashqari, isitgich tirishish va tortishish natijasida hosil bo‘lgan og‘riqni kamaytirish uchun ham ishlatiladi.
O‘tkir yallig‘lanish protsesslarida (appepditsitda), qon ketganda, lat eganda, shikastlanganda birinchi soatlarda isitgich qo‘yish mumkin emas. Isitgichdan foydalanganda, quyidagilarga amal qilinadi:
1. Isitgich qo‘yilgan joy tekshirib turiladi va terining issiqlik darajasi e’tiborga olinadi. 2. Isitgichning to‘rtdan uch qismiga yoki yarmiga suv solinib, havosi chiqarib tashlanadi. 3. Isitgich biror mato yoki sochiqqa o‘rab qo‘yiladi. 4. Isitgichning butunligi va og‘zi yaxshi berkitilganligiga e’tibor beriladi.
Isitgichning qancha vaqt qo‘yish kerakligini shifokor belgilaydi. Agar isitgich uzoq vaqt turib qolsa, bemorning badani kuyishi mumkin. Ba’zan isitgich o‘rniga issiq qum, arpa, kepak solingan xalta ishlatish mumkin. Issiq qumdan foydalangan vaqtda xalta bir necha qavat gazmol va choyshab yoki sochiq bilan o‘raladi. Xalta sovishiga qarab, o‘ralgan buyumni asta-sekin kamaytirib boriladi. Bemorlar oyog‘ida shish bo‘lsa yoki sezuvchanligi kamaysa, issiq isitgich qo‘yish mumkin emas. Terining qizargan joyiga vazelin surtish lozim. Isitgich o‘rnida issiq suv solingan shishadan ham foydalanish mumkin. Bundan tashqari, elektr isitgich ham ishlatiladi. Uning isitish darajasi reostat bilan to‘g‘rilab turiladi. Bunday isigichning regulyatori shnurli yostiqchaga tutashtirilgan bo‘ladi.
Amaliy mashgulot :№6
Mavzu: Ўtkir tоmir etishmоvchiligida va gipertоniya krizisida dastlabki tibbiy y’rdam ko`rsatish.
Reja:

  1. Xushdan ketish, shо`k va kоllaps sabablari.

  2. Xushdan ketish, shо`k va kоllaps belgilari va dastlabki tibbiy y’rdam ko`rsatish.

  3. Gipertоniya krizisida dastlabki tibbiy y’rdam ko`rsatish.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling