Mashg’ulotlar uchun


O‘tkir tomir etishmovchiligi


Download 0.61 Mb.
bet35/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

O‘tkir tomir etishmovchiligi.
Xushdan ketish, shok, kollaps haqida tushuncha, belgilari, ko‘rsatiladigan tez yordam
O‘qituvchi talabalarga o‘tkir qon tomir etishmovchiligi to‘g‘risida tushuncha beradi. Tomirlardagi o‘tkir etishmovchiliklar ular tonusining pasayishi, vena va kapillyar qon tomirlarining kengayishi oqibatida paydo bo‘ladi. Natijada qon bosimi pasayib ketadi. Bunda qorin bo‘shlig‘i organlarida qon to‘planib qolishi oqibatida yurakka qon oqib kelishi kamayadi.
O‘tkir qon tomir etishmovchiliklariga: hushdan ketish, shok va kollaps kiradi.
Hushdan ketish - qisqa muddatli bo‘lib, yurak faoliyatining susayishi yoki miyaning qon bilan ta’minlanishini, buzilishi natijasida qisqa muddatda ro‘y beradigan xolat. Ruhiy iztirob (hayajonlanish), og‘riq (buyrak, jigar og‘rig‘i), ichak sanchiqi, oftob urishi ta’sirida ba’zida gorizontal holatdan tik holatga o‘tganda va boshqalarda uchraydi. Ko‘pincha o‘ta toliqqan, och qolgan, infektsion kasalliklar bilan og‘rigan kishilarda kuzatiladi. Hushdan ketish markaziy nerv sistemasi yoki yurak faoliyati buzilganlik belgisi bo‘lishi mumkin.
Belgilari: hushdan ketish oldidan bemorning boshi aylanadi, bo‘shashadi, ko‘zi tinadi, qulog‘i shanqillaydi, qo‘l-oyoqlari uvushadi ba’zan hushdan ketish holati shu belgilar bilan o‘tib ketishi, bemor hushini butunlay yo‘qotmasligi ham mumkin. Hushdan ketishda bemorning nafas olishi sustlashib, ko‘z qorachig‘i torayadi, so‘ng kengayadi va yorug‘likdan ta’sirlanmaydi, pulsi zaiflashadi, tanasini muzdek ter bosadi, rangi oqarib, to‘satdan yiqiladi, hushdan ketishi bir necha sekunddan 1-2 min gacha, ba’zan undan ko‘proq davom etadi. Yurak qon-tomir sistemasida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmasa, hushdan ketish tezda o‘tib ketadi, bemorning es-hushi, rangi o‘ziga kelib, pulsi va nafas olishi normallashgani bilan bosh og‘rig‘i, quvvatsizlik, xorg‘inlik alomatlari anchagacha davom etib turadi.
Sho`k - haddan tashqari kuchli ta’sirotlar natijasida asab, endokrin, qon aylanishi, nafas sistemalari faoliyatining hamda moddalar almashinuvining buzilishi xarakterlanadigan xavfli holat. Ko‘pincha bosh, ko‘krak, qorin, chanoq, oyoq-qo‘llarning og‘ir shikastlanishlarida, tananing ko‘p qismi kuyganda travmatik shok holati deb ataladigan shok kuzatiladi. Bundan tashqari kardiogen shok, gemotransfuzion shok va anafilaktik shok turlari uchraydi.
Travmatik shok- boshlang‘ich davrida bemor bezovtalanadi, rangi oqaradi, qarashlari bejo bo‘lib, fikrlari cho‘lg‘anadi, ba’zan o‘zining og‘ir ahvolini his etmaydi, gohida bezovtalanib, o‘rnidan sapchib turib ketadi. Keyinchalik es-hushi joyida bo‘lsa ham, umumiy ahvoli yomonlashib, atrof-muhitga butunlay befarq bo‘lib qoladi. Og‘riqni ozgina yoki mutlaqo sezmaydi, rangi oqarib harorati pasayadi, terisi muzdek bo‘lib, ter bilan qoplanadi, nafasi tezlashadi, tashna bo‘ladi, ba’zan qayt qiladi. Odam kuyganda shok, ayniqsa, og‘ir kechadi. Travmatik shok shikastlangandan bir necha minut keyingi 24 soat, ba’zan undan ortiqroq vaqt davomida ro‘y berib, shikastlangan kishining ahvoli juda og‘ir bo‘ladi.
Kardiogen shok - miokard infarktning eng og‘ir asoratlaridan biri, yurak sohasida qattiq og‘riq paydo bo‘lganda kuzatiladi. Kardiogen shokda bemor haddan tashqari darmonsizlanib rangi oqarib, labi ko‘karadi, qo‘l-oyoqlari muzlaydi, sovuq ter chiqadi va ko‘pincha hushdan ketadi.
Emotsional shok - kuchli hayajonlanish, asab va ruhiy buzilishlarda kuzatiladi. Ko‘pincha bemorning xulq-atvori o‘zgaradi, u bezovtalanib qichqiradi, yig‘laydi, ba’zan jarohatlar etkazadi, odamlarga nisbatan agressiv munosabatda bo‘ladi. Ba’zan bemorlar yomon eshitadigan, bangi qiyofasiga kirgan va tashqi dunyoni qiyinchilik bilan qabul qiladigan odamlarni eslatadi. Boshqa bemorlarda ong buzilishi bilan birga sezuvchanlikning buzilishi hamda xadiksirash va qo‘rqish kabi emotsional holatlar kuzatiladi. Bemorning ko‘rinishida o‘zini yo‘qotib qo‘yganlik alomatlari namoyon bo‘ladi, u tevarak atrofga, qarshisidagi odamlarga qo‘rquv va xavotirlik bilan qaraydigan bo‘lib qoladi.
Gemotransfuzion shok - bemorga qon gruppasi to‘g‘ri kelmaydigan qon quyilganda ro‘y beradi.
Anafilaktik shok - moddalarga, shu jumladan ilgari ishlatilganda og‘riq bergan dorilarga nisbatan bo‘ladigan allergik reaktsiyaning eng og‘ir ko‘rinishi. Anafilaktik shok belgilari uni keltirilib chiqargan moddaga taaluqli bo‘lmagan holda bir xil ko‘ngil aynishi, qusish, qon bosimning to‘satdan pasayib ketishi, nafasning tez va yuzaki bo‘lishi ba’zan xushdan ketish va h.k. Ko‘pincha teriga shish paydo bo‘ladi, ba’zida tovush boylamlari shishib, bemor bo‘g‘ilib o‘lib qolishi mumkin.
Kollaps - kishi hayotini xavf ostida qoldiradigan og‘ir holat. Kollapsda arterial va venoz qon bosimi keskin kamayadi, markaziy nerv sistemasi faoliyati susayadi, moddalar almashinuvi buziladi, qon tomirlari devorining tonusi to‘satdan susayadi. Bosh miyadagi tomir harakatlantiruvchi markaz faoliyatining susayishi sababli asosan qorin bo‘shlig‘idagi organlar tomirlari qonga to‘lib ketadi, ayni vaqtda miya, yurak, teri muskullarga qon kam boradi. Birdaniga ko‘p qon ketganda kislorod etishmaganda, ovqatlanish tarzi buzilganda, kishi jarohatlanganida, shuningdek zo‘r berib jismoniy ish qilganda, zaharlanib qolganida va ayrim kasalliklar (terlama, zotiljam, pankreatit va h.k.) da kollaps ro‘y berishi mumkin.
Kollapsda bemorning to‘satdan rangi o‘chib, badani ko‘karadi, sovuq ter bosadi, ko‘zi ichiga tushib, yuz qiyofasi o‘zgaradi, nafasi yuzaki bo‘ladi. Qon bosimi keskin pasayib, tomir urishi butunlay sezilmay qolishi mumkin. Beixtiyor siyib qo‘yish yoki ich kelishi kuzatiladi; tana harorati 350 ba’zan undan ham pastga tushadi. Bemor majolsiz, esi kirar chiqar bo‘lib qoladi, ayrim hollarda hushdan ketadi; qo‘l-oyoqlari muzlab ko‘karib ketadi.
Belgilarning nechog‘li ifodalangan bo‘lishi asosiy kasallik tabiatga bog‘liq. Chunonchi, birdan qon yo‘qotilgan mahallarda teri va ko‘rinib turadigan shiliq pardalarning oqarib qolgani ko‘zga tashlanadi: miokard infarktida ko‘pincha yuz terisining ko‘karib ketganini, akrotsianoz va boshqalarni qayd qilsa bo‘ladi.
Tez yordam
Hushdan ketganda bemorni hushiga keltirish uchun, sof havo bilan ta’minlanadi (xona shamollatiladi); siqib turadigan kiyimlari bo‘shatiladi, bosh tomonini pastroq qilib yotqiziladi, yuzi, ko‘kragiga sovuq suv purkaladi yoki xo‘llab bosiladi; novshadil spirti hidlatiladi va chakkasiga surtiladi (sirka yoki odekolon surtsa ham bo‘ladi); oyog‘iga issiq grelka qo‘yiladi yoki dag‘alroq narsa bilan ishqalandi. Bemor xushiga kelgach, issiq choy yoki kofe ichiriladi.
Talabalarni hushdan ketganda qo‘llaniladigan birinchi yordam bilan qo‘llaniladigan birinchi yordam ko‘rsatadigan usuli bilan tanishtirgandan keyin o‘qituvchi beshta talabaga amaliy mashq o‘tkazadi.
Travmatik shokning oldini olish uchun iloji boricha tezlik bilan tibbiyot yordami chaqirish, shifokor kelguncha bemorga birinchi yordam ko‘rsatish kerak. Buning uchun: shikastlanishga sabab bo‘lgan omillarni (masalan, yonayotgan kiyimlarni o‘chirish, qulagan joy ostida qolib ketgan kishilarni olib chiqish va h.k.) bartaraf etish, qon oqishni to‘xtatish (jgut qo‘yish), qo‘l, oyoq shikastlanganda ularni vaqtincha taxtakachlab qimirlatmay qo‘yish, og‘iz bo‘shlig‘ini ivigan qondan tozalash va sun’iy nafas oldirish kerak.
Anafilaktik shokda shifokor etib kelguncha bemorni yonboshi bilan yotqizib oyoqlarini bir oz ko‘tarib qo‘yish kerak. Lozim bo‘lsa sun’iy nafas oldiriladi.
Kollapsda darhol shifokor chaqiriladi, u kelguncha bemor boshiga yostiq qo‘ymay yotqiziladi, oyog‘iga grelka qo‘yiladi, issiq choy yoki kofe ichiriladi, novshadil spirti xidlatiladi, bemor yotgan uyga sof havo kiritiladi. Kollaps ro‘y berishiga sabab bo‘lgan omillarni (jarohatlanishi) bartaraf etiladi.

Gipertоniya kasalligi.


Gipertоniya kasalligi – surunkali kasallik bўlib, uning asоsiy belgisi dоimiy қоn bоsimining kўtarilishi ҳisоblanadi. Tоmir distоniyasi kasalliklari қatоriga kiradi.
Etiоlоgiyasi: gipertоniya kasalligini rivоjlanish asоsida ikki faktоr y’tadi:1)ruxiy shikastlanish va markaziy nerv sistemasining zўriқishi,2)nasliy mоyillik. Bulardan tashқari оvқatlanish xarakteri va zararli оdatlar katta aҳamiyatga ega.
Klinikasi: Gipertоniya kasalligining kechishida 3ta bоsқich farқlanadi:
1-bоsқich uchun tashқi muҳit қўzgatuvchilari tahsirida arterial bоsimning vaқtinchalik оshishi,оz muddat ushlanib turishi va davоlashsiz ўtib ketishi xоs. Bu vaқtda bemоrlar bоsh aylanishi,bоsh оgrigi, yurakning urib ketishi,uyқuning buzilishi kabi belgilarni sezadilar.
2-bоsқichda arterial bоsim uzоқ vaқtgacha yuқоri turadi, bemоr ўzini y’mоn ҳis қiladi va shifоkоrga yurak sоҳasidagi оgriқlarga, bоsh aylanishiga, bоsh aylanishiga, kўngil aynashiga, tez charchashga shikоyat қiladi.
3-bоsқichda arterial bоsim keskin kўtarilgan va davоlashga berilmaydigan bўladi. Bоsh miya, yurak, buyraklar va bоshқa ҳay’t uchun muҳim ahzоlardagi қоn tоmirlarning aterоsklerоtik ўzgarishiga оlib keladi. Tоj tоmirlarning zararlanishi yurakning ishemik kasalligiga va yurak etishmоvchiligiga оlib keladi. Bоsh miyadagi қоn aylanishining buzilishi xоtiraning,ish қоbiliyatining pasayishiga, dоimiy bоsh оgriқlariga, kўngil aynab, қayd қilishga, kўrish ўtkirligining pasayishiga оlib keladi. Tashқi faktоrlar tahsirida kўpincha g i p e r t о n i k k r i z l a r rivоjlanadi. Bu vaқtda bemоrda kўngil aynab, қusish, kuchli bоsh оgirigi, kўrish ўtkirligining, eshitishning keskin pasayishi, sezgining, nutқning pasayishi, bahzan yurak
astmasi xurujlari kuzatiladi. Gipertоnik kriz оgir asоrat – insulg‘t y’ki miоkard infarkti bilan tugallanishi mumkin.
Davоlash: Gipertоnik kriz vaқtida bemоrni tinchlantirish,ўrinda yarim ўtirgan xоlatni berish, оy’қlarga issiқ vanna қilish, ichishga kоrvalоl berish, mushak оrasiga benzоgeksоniy, klоfelin, vena ichiga miya қоn aylanishini yaxshilash uchun eufillin beriladi.
Gipertоniya kasalligida magniy sulg‘fat eritmasi, papaverin gidrоxlоrid, dibazоl mushak оrasiga yubоriladi y’ki ichishga adelg‘fan, raunatin, klоfelin, rezerpin beriladi.
Оvқatlanish ratsiоnida sut-ўsimlik dietasiga, sabzavоtlar, ҳўl mevalar, sоklarga aҳamiyat beriladi. Оsh tuzi, y’gli va shirin maҳsulоtlar, suyuқlik cheklanadi.

Amaliy mashғulоt:№7


Mavzu: Brоnxial astmada, gipоglikemik va diabetik kоmada dastlabki tibbiy y’rdam kўrsatish
Reja:

      1. Brоnxial astmada dastlabki tibbiy y’rdam kўrsatish.

      2. Gipоglikemik kоmada dastlabki tibbiy y’rdam kўrsatish.

      3. Diabetik kоmada dastlabki tibbiy y’rdam kўrsatish.




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling