Mashinalardan foydalanish asoslari
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
a)
b) d) g) 6.7-rasm. Pachoqni chiqarish va tekislash shakli: a-ushlagich yordamida pachoqni chiqarish; b-ushlagich yordamida to‘g‘rilash; d-bir pachoqni bartaraf etish; g-bir necha pachoqni bartaraf etish Silliqlash ishlari to‘g‘rilanayotgan yuzaning shakliga mos ushlagichlar-1 bilan tekislash bolg‘achalari yordamida qo‘lda yoki maxsus jihozlar va mexanizatsiyalashgan moslamalar yordamida bajariladi. Masalan, mashina qanotlarining cho‘zilib ketgan erlarini urish yo‘li bilan to‘g‘rilab bo‘lmaydi. Bu hollarda juda pachoq bo‘lgan va tekis bo‘lmay qolgan yuzalar kesib olib o‘rniga kerakli listni payvandlash yo‘li bilan 69 tekislanadi. qiyshiqliklar va egilishlar maxsus mexanik kengaytirgich yoki gidropresslar yordamida to‘g‘rilanadi. G‘adir-budur bo‘lib qolgan yuzalar, payvand choklari maxsus termoplastik massalar (PFN-12, TPF-37), epoksid elimlari yoki yumshoq kavsharlash usullarini qo‘llash bilan silliqlanadi. Yuza tekislab bo‘lmas holatda bo‘lsa, ayrim bo‘laklari temir arra, temir qaychi yoki boshqa asboblar yordamida kesib tashlanib, o‘rniga shablon yordamida metall listlardan tayyorlangan bo‘laklar payvandlanadi. Kuzov detallarining umri mashinalarning umumiy yurgan yo‘li yoki ishlash muddati bilan hisoblanadi. Uzoq ishlashi bo‘yicha kuzov detallari ikki guruhga bo‘linadi: - oldingi va orqa qanotlar, orqa g‘ildirak tepa qismlari, oldingi qism qirralari; - oldingi va orqa panellar, yuk tashish qismi va salon pollari. Birinchi guruh detallarining yaroqsiz holga kelishi kuzovning tashqi ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ammo uning baquvvatlik ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmaydi. Ikkinchi guruh detallarining zanglashi va chirishi mashina baquvvatliligini pasaytiradi. Kuzovning yon ustunlari va lonjeronlarining chirishi bunga misol bo‘la oladi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, birinchi guruhdagi har qanday detalni almashtirish maqsadga muvofiq emas, chunki ikkinchi guruh detallarining ishdan chiqqungacha payvandlangan joy yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin. Birinchi guruh detallarining zanglab emirilishi mahalliy xarakterga ega bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan yuzalar shikastlanadi. Ularni ta’mirlashda termoplastik massalar, epoksid tarkiblar va yumshoq kavsharlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi vaqtda katta yuzadagi emirilishni tiklash uchun ta’mirlashning «panel» usuli ko‘p qo‘llaniladi. Zanglash yoki falokatga uchrash natijasida shikastlangan kuzov bo‘lagi olib tashlanadi, hamda uning o‘rniga yangisi 70 yoki boshqa mashinadan kesib olingan xuddi shunga o‘xshash ta’mirlash detali (paneli) o‘rnatiladi. Avariyaga uchragan kuzovlarni to‘g‘rilash uchun mahsus moslamalardan foydalaniladi, ular kuzov profili bo‘yicha, geometrik o‘lchamlariga rioya qilgan holda, tortish yo‘li bilan o‘z holatiga keltiriladi. Bu maqsadlar uchun R620 rusumdagi jihozlardan foydalaniladi. Uning ramasiga mashina qotiriladi, qo‘lda yoki gidravlik to‘g‘rilash moslamalarida kuzovni tortish va to‘g‘rilash ishlari bajariladi. Yuk mashinalarining metall kuzovlari kabina va tayanchlardagi kabi to‘g‘rilanadi. Kuzov metallining qalinligi tayanch metallining qalinligidan katta bo‘lganligi uchun payvandlash ishlari osonlashadi, ammo to‘g‘rilash qiyinlashadi. Payvandlash ishlari ko‘pincha elektr yoyli usulda bajariladi, to‘g‘rilash ishlaridan avval esa yuza 600 650 S gacha qizdiriladi. Bo‘yoqchilik ishlari kuzov ishlari bilan o‘zaro bog‘liq. ATK sharoitida bo‘yash va gruntlash bo‘yoqsepgichlar yordamida bajariladi. Eng ko‘p tarqalgani bosim ostida bo‘yoq sepish (0.3 0.7MPa) bo‘lib, u mahsus jihozlar talab qilmaydi. Buning uchun bo‘yoq eritkichlar yordamida suyultiriladi. Lekin bo‘yoq qurigach, eritgich uchib ketadi va yuzadagi bo‘yoq zarrachalari orasida yoriqlar hosil bo‘lib, yuzaning zanglashga qarshi xususiyati, ko‘rinishi va sifati pasayadi. Takomillashgan bo‘yash usullaridan biri kamroq eritkich qo‘shilgan bo‘yoqlardan foydalanish: bo‘yoq 50 70 S gacha qizdiriladi va 0.15MPa bosim ostida sepiladi, natijada buyoqni 25% gacha tejash mumkin. Bu usul bo‘yoqni yuzaga tekis va qalinroq sepish imkonini beradi va yuza silliq chiqadi. Ammo yong‘inga qarshi havfsizlik qoidalariga asosan, bo‘yoqchilik ustaxonalarida bo‘yoqni faqat issiq suv bilan isitish mumkin, lekin isitish anjomi bo‘yash kamerasidan tashqarida bo‘lishi kerakligi qiyinchiliklar tug‘diradi. Hozirda vaqtda bo‘yoqni mahsus jihozlar yordamida 10 30MPa bosim ostida, 0,17 1,0 mm diametrli sepgichlar yordamida sepish usulidan ham 71 foydalanilmoqda. Bunda mehnat unumdorligi juda yuqori bo‘ladi va bo‘yashda katta maydondan foydalaniladi. Bu holda quyuq bo‘yoqlarni eritmasdan turib foydalanish mumkin. Bo‘yash vaqtida tumanlik hosil bo‘lishi juda kam va bir sepishda kerakli bo‘yoq qalinligiga erishish mumkin. Bo‘yalgan yuzaning sifati boshqa usullarga qaraganda pastroq chiqadi, chunki yuqori bosim hosil qilish uchun foydalaniladigan plunjerli nasoslar bo‘yoqni bir tekis sepilishini unchalik ta’minlay olmaydi. Hozirda bu kamchilikni bartaraf etish yo‘llari topilgan. Bo‘yash ishlari texnologik jarayoni quyidagi tartibda bajariladi: metall yuzani bo‘yashga tayyorlash (zangdan, eski bo‘yoqdan yuzani tozalash), shpatlevka surtish (yuzaga surtiladi va silliqlanadi), gruntovka surtish (GF- 021 surtib, 1,5 2,0 soat quritiladi), bo‘yash (ML-12, ML-197, ML-110 turidagi bo‘yoqlar sepilib, yuza 130 140 S da 20 soat davomida, shu jumladan chang yopishmasligi uchun 2 soat, bo‘yoqning yopishqoqligini quritish uchun 6 soat, mustahkam bo‘lishi uchun 12 soat quritiladi). Zanglashdan himoyalash. Mashinalarning zanglashiga moyillik qiluvchi asosiy omillar havoning harorati, namligi va tarkibida tuzlarning mavjudligi hisoblanadi. Respublikamizda avtotransport vositalarining aksari qishloq joylarida, og‘ir ekstremal sharoitlarda ekspluatatsiya qilinadi va saqlanadi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlar, gerbitsidlar va defoliantlar transport vositalarining kuzovlari va boshqa qismlariga, iqlim sharoitlariga qaraganda ko‘proq zarar etkazadi. Atrof muhit ifloslanishi havo tarkibidagi agressiv kimyoviy moddalarning oshib ketishiga, bu esa, o‘z navbatida mashinalarda zanglash jarayonlari tezlashishiga olib keladi. Dunyodagi metrologik xizmatlarining ma’lumotlariga ko‘ra, atmosfera oltingugurt ikki oksidi (S 2 O) bilan ko‘proq ifloslanmoqda, natijada havodagi namlik bilan qo‘shilib sulfid kislotasini hosil bo‘lmoqda. Kislota mashina detallariga o‘tirib, zanglashni tezlashtiradi. QXT detallarining zanglash turlari orasida elektr kimyoviy zanglash o‘zining katta tezligi bilan ajralib turadi. Bunday zanglash metall yuzalarida 72 elektr tokini o‘tkazadigan elektrolit (tuzlar, kislotalar va ishqorlarning suvdagi eritmasi) hosil bo‘lishi natijasida yuzaga keladi. QXTlarning barcha tashqi va ichki detallari zanglashga uchrashi mumkin. Kuzov detallari yupqa (0.5 1,2 mm) po‘latlardan tayyorlanadi va faqat ozgina qalinlikdagi gruntovka bilan himoyalanadi, ular 2 2,5 yil ekspluatatsiyadan keyin, zanglash natijasida, ayrim joylari ishdan chiqadi. Qishloq xo‘jalik texnikasi zanglashini oldini olishning ikki yo‘nalishi mavjud. Birinchisi - zanglashning oldini olish, ikkinchisi zararli muhit ta’siridan himoyalash tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Albatta, zanglashni keltirib chiqaruvchi sabablarni yo‘qotish maqsadga muvofiq, lekin buni qisman amalga oshirish mumkin. Iqlim ta’sirini oldini olish, asosan, mashinalarni yopiq joylarda, shamollatishni yaxshi tashkil qilish bilan amalga oshiriladi. Zararli moddalar ta’sirini kamaytirish esa qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan ximikatlarning zararsizlaridan foydalanib maqsadga erishiladi. Lekin bu masala kelajakda hal qilinishi mumkin, holos. Qishloq xo‘jalik texnikasini loyihalashda va ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallarni to‘g‘ri tanlash va ijobiy konstruksion ishlamalar bilan korroziyalanishni kamaytirish mumkin. Shu bilan birga, kuzov detallarini loyihalashda har xil iflosliklar va namlik yig‘iladigan «cho‘ntak» joylarni mumkin qadar kamaytirish, tarkibida agressiv moddalar kam bo‘lgan yonilg‘i moy mahsulotlaridan foydalanish lozim. Keyingi yillarda mashinalarni espluatatsiya va ta’mirlash davrida zararli muhit ta’siridan himoyalash keng qo‘llanilmoqda. Mashinalarning tashqi qismini himoyalash uchun, ular yuzasiga zanglashga qarshi materialdan yupqa parda qoplanmoqda. Buning uchun asosan quyidagi materiallar: plastik moy (PVK (GOST 19537-74), VTV-1 (TU 38181180-78), UNZ po TU 38001277-76), mastika (№ 579, № 580, BMP-1, №4010) va konservatsiya moyi qullaniladi. Zanglashga qarshi parda detallarni zanglashdan saqlash bilan birga shovqinni ham kamaytirishga yordam beradi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling