Mashinalardan foydalanish asoslari


 Jahon avtomobilsozligini rivojlantirish va avtotransport


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

16.3. Jahon avtomobilsozligini rivojlantirish va avtotransport 
vositalarini (ATV) takomillashtirish an’analari 
ATV 
ishlab 
chiqarishning 
yangi 
an’analari 
hozirgi 
zamon 
avtomobilsozligining o‘ziga xos xususiyati avtomobilsozlik biznesining 
umumjahon miqyosida strategik birlashishidir.
Etkazib beruvchilar va buyurtmachilar orasida, ATV ishlab chiqaruvchi 
firmalar bilan moddiy ashyolarni va yig‘ma qismlarni (komponentlarni) 
etkazib beruvchilar, hamda avtomobil hayotining barcha bosqichlari 
davomida, avtomobil sotuvchilar va distribyutorlar orasida munosabatlarning 


239 
samarali mexanizmini ta’minlay oladigan, o‘zaro munosabatlarning eng qulay 
tizimi shakllanmoqda. Boshqarishning bunday integrallashgan tizimi 
strategiyani, marketingni, sifatni, mahsulot xavfsizligini, dasturlar bilan 
ta’minlashi, axborot tizimi va ko‘rsatkichlar bazasini shakllantirishda 
umumiy tamoyillarga asoslanishi kerak va bu, faqatgina istak -xohish emas: 
avtomobil yaratuvchilar va ishlab chiqaruvchilar, avtomobil yaratuvchilar va
yig‘ma qismlarni (komponentlarni) etkazib beruvchilar, dilerlar va texnik 
xizmat ko‘rsatuvchilar, servis markazlari orasidagi sherikchilik (partnyorlik) 
borgan sari takomillashib va samarali bo‘lib bormoqda, muvaffaqiyatga yangi 
imkoniyatlar yaratmoqda. 
Hozirgi zamon ichki yonish dvigatellari (IYOD) rivojlanish an’anasining 
yorqin ko‘rinishlaridan biri ish jaryonini boshqaruvchi mexanik vositalarni 
elektron vositalarga almashtirish bo‘lib qoldi. Yaqin kelajakda na faqat 
yoqish va yonilg‘i etkazib berish, balki gaz taqsimlash, sovitish, moylash 
ishlari shunday elektron tizim bilan boshqariladigan bo‘ladi. Odatdagi 
mexanik vositalar (rul boshqaruvi, kuch uzatish, tormoz, osmalar, o‘rindiqlar, 
ko‘zgular, oynalar, iqlimiy qurilmalar va boshqalar) asta-sekin elektron 
boshqarishga o‘tkazilmoqda. Bu esa elektr quvvatlariga bo‘lgan talabni va 
simlarning umumiy uzunligini oshirmoqda (hozir bir necha kilometrga 
etgan). Yonilg‘i sarfini kamaytirish muammosi keskin turibdi. Uni hal 
qilishning asosiy yo‘nalishi dvigatellar va energetik qurilmalarning foydali 
ish koeffitsientini (FIK) oshirish bo‘lib qolmoqda. 
Yonilg‘i tejamining ikkinchi muhim yo‘nalishi – avtotransport 
vositalarining komfortabelligiga, xavfsizligiga, mustahkamligiga ziyon 
etkazmasdan massasini kamaytirishdir. 
Yonilg‘i tejamkorligini oshirishning uchinchi yo‘nalishi – yangi 
materiallar, 
samarali 
konstruktorlik 
texnologik 
echimlar 
yordamida 
ishqalanish natijasida yo‘qotishlarni maksimal kamaytirish. 
Yana ikki yo‘nalish juda istiqbolli. Bular - yonilg‘i elementlarida 
ishlaydigan avtomobillar va shunday nomlangan gibrid transport vositalari.


240 
Yuqori tezlik va jadallik bilan ta’riflanadigan harakatniing zamonaviy 
sharoitlarida, inson avtomobilni o‘zining ruhiy-jismoniy qobiliyati bilan 
boshqaradi. Shuning uchun hozirgi vaqtda harakatni boshqarishning elektron 
vositalari rivojlanmoqda.
Oxirgi 25 yil ichida engil avtomobil o‘rtacha 10%ga kichraydi, 20%ga 
engillashdi va 4 marta xavfsiz bo‘lib qoldi. Turli xil yangi tizimlar va 
tarkibiy qismlarni (komponentlarni) qo‘llash avtomobillarni yana ham 
mustahkamroq, qulayroq, tejamliroq, komfortabeli qildi. Intellektual tarkibiy 
qismlarni, to‘rlar va tizimlarni bundan keyingi rivojlanishi komfort va 
xavfsizlikni va tejamkorlilikni yana ham salmoqli taraqqiyotiga va 
yuksalishiga olib keladi. Hozirda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan muhim 
xususiyatlardan biri, bu, iste’mol xossalarining majmuidir. 
Mustahkamlik, tayinlangan ko‘rsatkichlarga moslik, texnologiya boplik, 
seriyalab chiqariladigan buyumlarni birhillashtirish ko‘rsatkichlaridan 
boshqa, «komfortabellik», «estetika», «e’tiborlilik», «boshqarish qulayligi», 
«ergonomik takomillik» kabi ko‘rsatkichlar belgilovchi bo‘lib qolmoqda.

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling