Mashinalardan foydalanish asoslari


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

Nazorat savollar: 
1.O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloq xo‘jalik texnikalari 
ahamiyatining oshib borishi 
2. Jahon qishloq xo‘jalik texnikalarini rivojlantirish va takomillashtirish 
an’analari 
3. Qishloq xo‘jalik texnikalariga firma ko‘rinishida texnik xizmat 
ko‘rsatish va ta’mirlashga o‘tish 
17.QISHLOQ XO‘JALIK TEXNIKASIDAN TEXNIK 
FOYDALANISHNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI 
17.1. Diagnostikalash va garaj uskunalarini rivojlantirish yo‘llari 
Servis xizmati ko‘rsatishning hozirgi zamon texnologik jarayonlari texnik 
xizmat ko‘rsatish (TXK) va joriy ta’mirlash (JT) ishlab chiqarish 
jarayonlarini yuqori darajada mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish 
bilan tavsiflanadi. 
Texnologik uskunalar konstruksiyasida zamonaviy ilm-fanning yutuqlari 
qo‘llanadi, bu esa ishlarni bajarishda mehnat unumdorligini oshiradi va 
bajariladigan ishlar sifatini ko‘taradi, ta’mirlovchi ishchilarning mehnatini 
engillashtiradi. 
Qishloq xo‘jalik mashinalariga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashning 
texnologik uskunalari quyidagi asosiy talablarni qondirishi kerak: xavfsizlik, 
musthkamlik, uzoq vaqt ishga chidash, ishlab chiqarishda va ishlaganda 
tejamkorlik, foydalanganda va boshqarishda osonlik hamda xizmat k o‘rsatish, 
ta’mirlash, ergonomika va hozirgi zamon dizayn talablariga moslik. 


245 
Hozirgi zamon diagnostikalash uskunalari o‘lchamlar haqiqiyligini va 
aniqligini ta’minlashi, diagnostika ishlarini bajarishga ketadigan mehnat va 
vaqtni kamaytirishi kerak. Bunga esa, olingan axborotlarni taxlil qilish, 
saqlash va kerak bo‘lganda ishlatuvchiga chiqarib berish jarayonlarini 
avtomatlashtirish hamda turli xil diagnostika uskunalari orasida axborot 
almashish imkoniyati bilan erishish mumkin bo‘ladi. Turli hil diagnostikalash 
uskunalari «ochiq arxitektura» tamoyili bo‘yicha yagona diagnostikalash 
majmuasini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. Uskunalar 
shunday bo‘lishi kerakki, murakkab diagnostikalash ishlarini o‘rta malakali 
xodimlar ham bajara olsin. Diagnostika uskunalarining universalligi bu 
ishlarni bajarish qiymatini sezilarli darajada pasaytiradi. Diagnostikalash 
uskunalarining qiymati echiladigan masalalarga mos bo‘lishligi muhim 
talabdir. 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling