Mashinalardan foydalanish asoslari


 Qishloq xo‘jalik mashinalari texnik ekspluatatsiyasining


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

17.2. Qishloq xo‘jalik mashinalari texnik ekspluatatsiyasining 
rivojlanish istiqbollari 
Mavjud qishloq xo‘jalik texnikasining tarkibini, mashina traktor parklarining 
ishlab chiqarish-texnik bazasini rivojlantirish kerak. Mashina traktor parkining 
yuqori darajada uringanligi, ehtiyot qismlarning va boshqa ashyolarning qiymatini 
oshib ketganligi mavjud mashinalardan tarkibdan samarali foydalanishga, sifatli 
ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.
Tarmoq korxonalarining mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlaridan va 
resurslaridan hali ham to‘liq foydalanilmaydi. Mashina traktor parklari va 
shina ta’mirlash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan atigi 10-15% 
foydalaniladi. Korxonalarning er hududlaridan samarli foydalanilmaydi. MTP 
xodimlarini ishga rag‘batlantirish yuqori darajada emas, ta’mirlovchi 
ishchilar va muhandis–texnik kasblarining obro‘-e’tibori tushib ketmoqda. 
Shular munosabati bilan qishloq xo‘jalik texnikalaridan samarali 
foydalanishni ko‘taradigan tadbirlarni amalga oshirish talab qilinadi, 
shuningdek: 


246 
- korxonalar rahbar kadrlari va mutaxassislarining malakalarini , ayniqsa 
zamonaviy bilimlar hisobiga, shuningdek tez 
o‘zgarayotgan bozor 
iqtisodiyoti sohasida oshirish; 
- transport 
xizmatining 
sifati 
yaxshilanishini 
va 
tarmoq 
yuk 
tashuvchilarining raqobatbardoshligini ta’minlash uchun transport vositalari 
parkining tarkibini yuk va yo‘lovchi avtoparklarning har yilgi yangilanish 
sur’atini oshirish (yiliga 8-10%ga) yo‘li bilan takomillashtirish; 
- avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, hamda 
yo‘lovchilarga sifatli va to‘liq xizmat ko‘rsatishni zamonaviy uskunalari 
bilan jihozlash va shularga muvofiq texnologik jarayonlarni qo‘llash yo‘li 
bilan tarmoqning ishlab chiqarish infrastrukturasini – avtokorxonalarning 
ishlab chiqarish-ta’mirlash bazalarini, shina ta’mirlash zavodlarini va texnik 
xizmat ko‘rsatish shaxobchalarini mustahkamlash; 
- muhim 
yuklarni 
eng 
qulay 
yo‘nalishlarda 
tashishning ilg‘or 
texnologiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etish; 
- qishloq xo‘jalik tarmog‘i korxonalariga ilmiy va axborotlar bilan 
xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish; 
- qishloq xo‘jalik tarmog‘ini yaqin kelajakda rivojlanishining investitsiya 
dasturlarini, chet el kapitali ulishi anchagina oshishini hisobga olib, ishlab 
chiqish; 
- avtomobillarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etishni 
tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy hujjatlarni xalqaro standartlar va bozor 
iqtisodiyoti talablariga moslashtirib qayta ko‘rib chiqish va yangilarini ishlab 
chiqish. 
Ilmiy-texnik taraqqiyotni va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar harakatini 
e’tiborga olib avtomobillardan texnik foydalanishning bundan keyingi 
takomillashuvi va rivojlanishining asosiy istiqbolli yo‘nalishlar orasidan 
quyidagilarni ajratish mumukin: 
- avtomobillardan texnik foydalanish jarayonlarida mehnatni va 
ekologiyani muhofaza qilishga talab darajasining oshishi; 


247 
- avtomobil transporti tizimining bo‘lagi - texnik foydalanishni 
takomillashtirishda 
bundan 
keyin 
ham 
davlatning 
ishtirok 
etishi 
(rag‘batlantirish va nazorat qilish masalalarida); 
- texnik Diagnostikalashahamiyatining oshib borishi, qishloq xo‘jalik 
vositalariga 
bevosita 
o‘rnatiladigan 
Diagnostikalash 
tizimlarining 
rivojlanishi; 
- qishloq xo‘jalik vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni 
rejalashtirish uchun ularning texnik holatini bashorat qilishda tegishli axborot 
tizimini yaratish; 
- qishloq xo‘jalik vositalariga «har bir elementning talabiga binoan» 
texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tamoyiliga o‘tish; 
- avtomobillardan texnik foydalanishni rejalashtirishda va amalga 
oshirishda axborotlar texnologiyasini qo‘llashni kengaytirish; 
- qishloq xo‘jalik texnikasini o‘zidan texnik foydalanishda uni 
boshqarish ob’ektiga aylantirish; 
- qishloq xo‘jalik texnikasi elementlarining (harakat va ekologiya 
xavfsizlikka ta’sir etuvchi elementlardan boshqa) ishga layoqatliligini 
quvvatlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini tashkil etish 
strategiyasini tuzishda iqtisodiy mezonlar salmog‘ini kuchaytirish; 
- texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnologiyalari bajarilishini, 
hamda qishloq xo‘jalik texnikasidan foydalanishda ularning natijalarini 
nazorat qilish va hisobotini olib borish ahamiyatini kuchaytirish; 
- qishloq xo‘jalik texnikalarining ishga layoqatliligini quvvatlashda 
ularga xizmat ko‘rsatish korxonalari ahamiyatini sezilarli ko‘tarish; 
- firma ko‘rinishida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish; 
- qishloq xo‘jalik texnikasini ishga layoqatli holatda tutib turishda kichik 
biznes ahamiyatini jonlashtirish; 
- qishloq xo‘jalik texnikasi tizimining bo‘lagi - texnik foydalanish 
chegarasida bajarladigan ishlar (xizmatlar) ro‘yxatini kengaytirish; 


248 
- texnik foydalanish va servisning sifatini boshqarish tizimini 
rivojlantirish, xalqaro sifat standartlarini qo‘llash; 
- mashina traktor parklari xodimlari malakasini oshirish, ishlab 
chiqarishni tashkil etish va sifatni boshqarishning ahamiyatini kuchaytirish.  
1 Diagnostikalash va texnik xizmat ko‘rsatish uskunalarini rivojlantirish 
yo‘llari 
2 Qishloq xo‘jalik texnikasi texnik ekspluatatsiyasining rivojlanish 
istiqbollari 
Diagnostika-tashxis qo‘yish usuli ikki guruhga: kishi sezgi organlari orqali 
sub’ektiv va ob’ektiv-ulchov asboblari yordamida amalga oshiriladiganlarga 
bo‘linadi. Tashxis parametrlarini ulchash turiga qarab tug‘ridan- tug‘ri va 
yordamchi parametrlar orqali amalga oshiriladigan bo‘ladi. 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling