Mashinalardan foydalanish asoslari
Yonilg‘ining muqobil turlarida, shunigdek gibrid energetik
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
16.4. Yonilg‘ining muqobil turlarida, shunigdek gibrid energetik
qurilmalarda ishlaydigan ATVlarni chiqarishni kengaytirish Avtomobil parki tarkibida dizel yonilg‘isida va noan’anaviy yonilg‘i turlarida, avvalam bor, siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan avtomobillar ulushi oshmoqda. Oxirgi o‘n yillikda, avtomobil parki katta sur’atlarda kengayib, an’anaviy suyuq yonilg‘ini etishmasligi natijasida gazsimon yonilg‘idan foydalanishga qiziqish sezirarli ko‘paydi. Suyultirilgan neft gazi (SNG) va siqilgan tabiiy gaz (STG) suyuq uglevodorod yonilg‘ining arzon, yonganda kam zaharlash xususiyatiga ega bo‘lgan o‘rinbosaridir. Yonilg‘i-energetik resurslar tarkibini neftdan olinadigan suyuq energomanbalar ulushini kamaytirish hisobiga sozlash istiqbolli yo‘nalish bo‘lib qoldi. Bu tadbirlarga avtotransportni dizellash, avtomobillarning bir qismini siqilgan tabiiy gazga (STG) va 241 suyultirilgan propan-butan fraksiyali neft gaziga (SNG) o‘tkazish, kelajakda esa, avtomobil benzini tarkibiga metanol, etanol, suv kiritish, hamda transportda suyultirilgan tabiiy gaz (SuTG), biogaz, vodorod va energomanbalar o‘rnini bosadigan boshqa turlarini qo‘llash kiradi. Ana shuning uchun transport vositalarida kuch beruvchi agregat sifatida gaz dvigatellarini qo‘llash keng yoyilmoqda. Gaz yonilg‘ilarni qo‘llash zaruriyati quyidagi omillar bilan belgilanadi: - chiqindi gazlar bilan havo havzasi zararlanishi kamayadi; - respublika yonilg‘i-energetik resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlanadi; - dvigatellar va motor moylarining ishlash muddatlari uzayadi; - gaz yonilg‘ilar nisbatan tushadi. Oxirgi vaqtda atmosfera havosi avtomobil dvigatellarining chiqindi gazlari bilan ifloslanish xavfi yuksalib borayotganligi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun avtomobil dvigatellarini gaz yonilg‘ilariga o‘tkazish yo‘li bilan chiqindi gazlarda zararli moddalar konsentratsiyasini pasaytirish atrof muhitni himoyalashning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoldi. Zamini tabiiy gazga boy bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi uchun gaz yonilg‘ilarini qo‘llashni kengaytirish masalasi ayniqsa zarurdir. O‘rta Osiyoning gaz konlari aniqlangan, gaz yonilg‘ilari zaxirasi va uni qazib olish bo‘yicha G‘arbiy Sibirdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Gaz zaxiralarining imkoniyati (salohiyati) 16,5 trln. kub metr, aniqlangan zaxira 3,1 trln. kub metr. Bu zaxiralarning 93%dan ko‘prog‘i O‘zbekistonga (40%) va Turkmanistonga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda yiliga taxminan 7-8 mln.t. neft (gaz kondensatini qo‘shib), 55 mlrd. kub metr tabiiy gaz va 5,5 mln.t. ko‘mir qazib chiqariladi, ya’ni respublika yonilg‘i-energiya balansida (YOEB) tabiiy gaz 65%ga yaqinini tashkil etadi, jahon miqyosida esa tabiiy gaz YOEBda taxminan 22-24%ni tashkil etadi. Yonilg‘ini turlari bo‘yicha sarflar va ularning O‘zbekiston Respublikasi YOEBdagi ulushlari 30.1. jadvalda keltirilgan. Gaz yonilg‘ining 242 boshqa turi bu suyultirilgan propan-butan arlashmasi (SNG) yoki yo‘lovchi (poputniy) gaz, neft qazib chiqarish va neft-gazni qayta ishlashda yo‘l- yo‘lakay hosil bo‘ladigan mahsulot. SNGning jahon YOEBdagi ulushi taxminan 2,2%ni tashkil etadi, rivojlangan mamlakatlarda esa 4,0 -4,2%. G‘arbiy Evropada SNG taxminan 10% ichki yonish dvigatellari uchun yonilg‘i sifatida qo‘llanadi. O‘zbekistonda yiliga motor yonilg‘isi sifatida 30,0 ming t. SNG va 70,0-72,0 mln. kub metr STG foydalaniladi, bu esa tabiiy resursning o‘ndan birini tashkil etadi. Shunday qilib, O‘zbekistonda tabiiy gaz energiyani iste’mol qiluvchilar uchun, va birinchi navbatda, transport uchun, asosiy va istiqbolli yonilg‘i turi bo‘lib qoldi. Siqilgan tabiiy gazni Respublikada mavjud bo‘lgan ishlatish infrastrukturasi (32 avtomobil gazto‘ldiruvchi kompressor shaxobchalarda sutkasiga 12500ta gaz to‘ldirish) yiliga 230-250 mln. kub metr tabiiy gazdan foydalanish imkoniyatini beradi, ya’ni 190-200 ming t. benzinga teng keladi, bu esa O‘zbekistonga neft import qilishni to‘liq tugatish imkoniyatini beradi. Suyultirilgan neft gazi (SNG) bashorat qilinayotgan va amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish, 2009 yili 1,0 mln. tonnagacha, kimyo sanoati chiqaradigan yonilg‘i aralashmalarining resursi haqiqatda iste’molchilarning 30-35%ini ekologik toza motor yonilg‘isi bilan ta’minlash imkoniyatini beradi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling