Mashinalardan foydalanish asoslari


 ATVga firma ko‘rinishida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

16.5. ATVga firma ko‘rinishida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga 
o‘tish 
Firma ko‘rinishida xizmat ko‘rsatish tizimi–bu ishlab chiqarvchi 
firmaning texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasi (THKSH), yoki ishlab 
chiqaruvchi firma sertifikat bergan THKSH amalga oshiradigan texnik xizmat 
ko‘rsatish va ta’mirlash. 
Bu, mijozda xodimlar malakasi, ehtiyot qismlar sifati kerakli darajada 
ekanligiga ishonch hosil qiladi. 
Yuk mashinalarni sotib olishda mijozlarga servis kontrakti tuzish taklif 
etiladi. Bunday kontrakt rejali texnik xizmat ko‘rsatish bilan birga, to‘liq 


243 
texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlashni ham o‘z ichiga oladi. Bunda 
ehtiyot qismlar bahosida va me’yor/soat narxida salmoqli siylovlar ko‘zda 
tutiladi. 
16.1.-jadval
Energo 
resurslar 
1985 
1990 
2000 
2010 
(bashorat) 
Mln. 
t.sh.yo. 

Mln.t. 
sh.yo. 

Mln.t. 
sh.yo. 

Mln.t. 
sh.yo. 

Talab
54,4 
100 
54,4 
100 
99,6 
100 
128,0 
100 
Ta’minot:
Ko‘mir
3,62 
6,7 
3,62 
6,7 
9,10 
9,1 
11 
11,0 
Tabiiy gaz
34,68 
63,7 
34,68 
63,7 
55,30 
55,0 
65,40 
65,0 
Tiniq neft 
mahsulotlari 
8,70 
16,0 
8,70 
16,0 
16,30 
16,3 
16,40 
16,4 
Gidroenegiya 
0,81 
1,6 
0,81 
1,6 
0,86 
0,9 
0,90 
1,0 
Quyosh 
elektro-
stansiyalari 




-0,16 
0,2 
0,20 
0,4 
Issiq suvlar 
0,12 
0,2 
0,12 
0,2 
0,90 
0,9 
1,00 
1,0 
Yoqilg‘ning
boshqa turlari 

1,6 

1,6 

1,0 

1,0 
Servis kontraktlar bo‘yicha hisob teng miqdordagi to‘lovlar bilan amalga 
oshiriladi, bu esa mijozga o‘z xarajatlarini aniqroq rejalashtirishga imkon 
beradi. 
Texnik xizmat ko‘rsatishning bunday tashkillashtirish shakli Evropada 
keng tarqalgan. THKSH ishida yangi kompyuter dasturlar joriy etilmoqda. 
Uni ma’nosi shuki, servisga murojaat etgan mijozning ma’lumotlari 
kompyuterga kiritiladi. Odatdagi ko‘rsatkichlar – avtomobil modeli, 
chiqarilgan yili, dvigatel va shassining tartib raqami va shunga 
o‘xshaganlardan tashqari xotiraga foydalanish sharoitining mayda-chuyda 
tafsilotlari, dengiz sathidan balandligi, yo‘l qoplamasining eyilganlik 
darajasi, qo‘llaniladigan yonilg‘i-moylash materiallari, yuk tashish turi va 
yuk mashinasining o‘rtacha yillik yo‘li ham kiritiladi. 


244 
Elektron vositalar axborotlarni qayta ishlaydi va texnik xizmat k o‘rsatish 
(THK) davrlari natijalarini jadval va grafik shaklda beradi. S hu bilan birga, 
mijozning istagi bo‘yicha bunday THKni o‘tish grafigini bir necha yilga
oldindan tuzish mumkin. Shunday qilib, yuk mashinasining egasi, materiallar 
va ehtiyot qismlar qiymatini oldindan bilib, o‘z byudjetini oldindan 
rejalashtirishi mumkin. 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling