Mashinalardan foydalanish asoslari


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

fizik xususiyati 
yoki 
tashxislash 
usulini 
qo‘llashdagi jarayon turiga qarab ularni energetik, pnevmogidravlik, issiqli, 
tebranma-eshshuvchanli, spektr-yozuvchanli, oxanrabo-elektrli, optikali kabi 
turlarga bo‘lish 
Keltirilgan bu usullar tizimdagi ma’lum bir fizik jarayonni nazorat qilishga 
qaratiladi. Ma’lum bir fizik jarayonda foydalanishi bo‘yicha tashxisning 
tavsiflanishi, bu xhar bir usulni tuliqroq texnik tavsiflanishiga va uning 
imkoniyatlarini ochishga olib keladi. Fizik jarayon o‘zining fizik qiymatini vaqt 
birligida o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Energetik jarayonni nazorat qilishda fizik 
qiymatlar sifatida-kuch, quvvat; pnevmogidravlik usulida-bosim; issiqlida-xarakat; 
tebranma-eshituvchanlida-takrorlanish tezligi, tebranish ko‘lami (amplituda) va 
sh.k.lardan foydalaniladi. 
Diagnostik parametrlarni o‘lchash mohiyatiga ko‘ra bevosita vosita usullarga 
bo‘linadi. 
Bevosita-to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat qilish usulida tarkibiy parametrlar holatini 
o‘lchash bevosita o‘lchash orkali amalga oshiriladi, masalan, podshipniklardagi 
tirqishni, kuch uzatuvchi tasma va zanjirlarning garanglik darajasini, detallarning 
ulchamlarini va b. Qo‘llashning osonligi tufayli bu usuldan tashxislash 
jarayonlarida keng foydalanib kelinmoqda. Usulning samaradorligi, ayniqsa, 
o‘lchanadigan, nazorat va rostlanadigan diagnostik parametrlar, mexanizm, uzellar 
mashi- naning sirtida joylashganligida yuqori bo‘ladi. Bularga quyidagilarni misol 


250 
sifatida ko‘rsatish mumkin: mexanizmlarni Xarakatga keltiradigan uzatmalar
kombaynlarning kesish apparatlari, yuritish tizimi, boshqaruv jihozlari, elektr va 
yoritish tizimlari va sh.k.lar. 
Mashina, agregatlarning ichki qismida joylashgan mexanizm, detallarning 
texnik xolatlarini ifodalaydigan parametrlarni ulchash (masalan, krivoship-shatun 
mexanizmi va detallari, podshipniklar) mashina yoki mexanizmlarni ochish 
qismlariga bo‘lishni taqozo etadi. Bu esa vaqt va mablag‘ sarfining oshishiga olib 
keladi. 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling