Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


-Mavzu: Sinonimlar uslubiyati


Download 130.51 Kb.
bet10/46
Sana06.04.2023
Hajmi130.51 Kb.
#1331543
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46
Bog'liq
Nutq uslublari

11-Mavzu: Sinonimlar uslubiyati

Reja:


1.Sinonimlar haqida ma’lumot.
2.Sinonimlarning turlari.
3. Sinonimlarning uslubiy farqlanishi.

Tayanch so’z va iboralar: sinonim, ma’nodosh so’z, lug’aviy sinonimlar, affiks sinonimlar, dominanta.


Ma’nodosh so’zlar (sinonimlar) bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki yokiundan ortiq so’zlardir. Ma’nodosh so’zlar bir ma’noni xilma-xil so’zlar orqali turli nozik ma’no qirralari bilan ifodalashda , so’z sehrini namoyish etishda , nutqni bezashda , ta’sirchanligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Masalan: Basharasiga tushgan qamchi zarbidan yiqildi. Uning quvnoq chehrasi suv betide qizga yanada yoqimli ko’rindi. O’zaro sinonimik munosabatda bo’lgan so’z va qo’shimchalar sinonimlar uyasi yoki sinonimlar qatori deyiladi. So’z maqomidagi sinonimlar lug’aviy (leksik) sinonimlar, qo’shimcha maqomidagi sinonimlar esa affiks sinonimlar sanaladi.
Ma’nodosh so’zlar bir umumiy ma’noni ifodalasa ham , lekin ularning ma’no darajasi, ijobiy yoki salbiy bahoga egaligi, ma’lum uslubga xoslanishi bilan farq qiladi. Masalan: shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo’kirmoq so’zlari so’zlash umumiy ma’nosi bilan bir xil bo’lsa ham , ular ovozning baland-pastligiga ko’ra farqlanadi. Shuningdek , to’ng’illamoq , ming’irlamoq, vaysamoq, javramoq so’zlari ham so’zlash umumiy ma’nosi orqali yuqoridagi so’zlar bilan birlashadi, lekin ulardan salbiy bahoga egaligi bilan farq qiladi. Irod etmoq , bayon etmoq singari so’zlar kitobiy uslubga xoslanishi bilan farqlanadi.
Yoki oraz, uzor,ruxsor, chehra, ruxsor, chehra, yuz, bet, aft, bashara, turq singari sinonimlar inson bosh qismining old tomoni ma’nosini ifodalaydi. Lekin oraz, uzor, ruxsor, chehra so’zlarida ijobiy baho, oraz, uzor, ruxsor so’zlarida badiiy uslubga xoslanish belgisi mavjud, bet, aft, bashara, nusxa, turq so’zlarida salbiy baho munosabati mavjud va bu salbiy baho ularda darajalanib , kuchayib boradi.
Har qanday uslubiy xoslanish va so’zlovchining bahosidan holi bo’lgan sinonimlar qatori a’zosi dominant ( uslubiy xoslanish va baho bildirishga ko’ra neytral) hisoblanadi. Demak, yuqoridagi sinonimlar qatorida yuz dominanta sanaladi.
Sinonimlar belgi, predmet, shaxs, voqeaning bir necha nomlar bilan aytilishidir. Sinonimlar til boyligi bo’lib , avvalo, shaxs va predmetlarning eng nozik ma’no bo’yoqlarini ifodalash uchun xizmat qiladi.Masalan: Gulshanda gullarni tebratar sabo, Adashgan yo’lchiday daydib yurar yel. Ikkinchidan , sinonimlar gapdagi takrorga yo’l qo’ymaydi . O’rinsiz takror nutqqa putur yetkazadi. Sinonimlar badiiy uslub vositasi bo’lib , adabiy tilni boyitish manbalaridandir.
Sinonim birliklarning ma’nosi yaqin bo’lsa-da , ammo bir xil emas. Ular ifoda bo’yog’iga ko’ra farqlanadi. Ba’zilarida bo’yoq kuchli, boshqasida kuchsiz (bo’sh-latta), ba’zilarida ijobiy, ayrimlarida salbiy ( kulmoq-tirjaymoq) bo’ladi. Sinonimlar uslubiy xoslanganlik jihatidan ham o’zaro farqlanadi. Sinonimlar birikuvchilarni ham tanlaydi. Masalan, stolning yuzi deyish mumkin, ammo stolning basharasi deb bo’lmaydi. Ayrim sinonimlik munosabati barqaror ( kishi – odam - inson ) , ayrimlari nutqiy ( go’zal – oy - gul ) hisoblanadi.

Mustahkamlash uchun savollar:




  1. Qaysi nutq uslubida sinonim so’zlar uslubiy bo’yoqsiz qo’llanadi?

  2. Barqaror sinonimlar nutqiy sinonimlardan qanday farqlanadi?

  3. Sinonimlarning uslubiy xususiyatlari badiiy uslubda qanday ahamiyatga ega?

  4. Quyidagi baytda ajratib ko’rsatilgan so’zlar o’zaro sinonim bo’la oladimi?

Ularning qo’llanishiga munosabat bildiring:

Aytdi: “Ey bechora , qilding na ushun tarki vatan?”


Men dedim: “G’urbatda furqat bor ekan taqdirda!”
(Furqat)



Download 130.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling