Mavzu: Banklarda ipoteka krediti hisobi Reja


Ipoteka kreditining iqtisodiy mohiyati va uning huquqiy asoslari


Download 118.86 Kb.
bet4/9
Sana22.12.2021
Hajmi118.86 Kb.
#182361
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Plan

Ipoteka kreditining iqtisodiy mohiyati va uning huquqiy asoslari

Qarzdor va kreditor o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning muhim vositalaridan biri bo‘lib qarzdorning kreditor oldidagi majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydigan usullar tizimi hisoblanadi. Fuqarolik kodeksida garov, ushlab qolish, kafillik, kafolat, zakalat kabi majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashning usullari belgilangan. Ushbu ro‘yxat yakuniy hisoblanmaydi, chunki qonunchilikda yoki shartnomada majburiyatning bajarilishini ta’minlashning boshqa usullari ham nazarda tutilishi mumkin.

Majburiyatning bajarilishini ta’minlashning eng ko‘p tarqalgan usuli bo‘lib garov hisoblanadi. Fuqarolik kodeksiga muvofiq, garov zakalat, ipoteka va huquqlar garovi ko‘rinishida bo‘ladi. Garov ob’ektlari ichida ko‘chmas mulk eng muhim ahamiyatga ega, chunki u qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ko‘chmas mulkning xususiyatlarini hisobga olgan holda fuqarolik huquqida ko‘chmas mulk garovi alohida institut — ipoteka sifatida ko‘riladi.

Ipoteka instituti rivojlangan mamlakatlar fuqarolik huquqida eng qadimiy institutlardan biri hisoblanadi. Ushbu institut zamonaviy iqtisodiyotni rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega. Shuningdek, ipoteka aholini uy-joy bilan ta’minlash kabi ijtimoiy muammolarni hal qilishda ham muhim o‘rin egallaydi.

Ipoteka majburiyatni o‘rinli darajada bajarilishini ta’minlashning usullaridan biri hisoblanadi. Uning mazmuni shundaki, garovga oluvchi garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmaganda yoki yetarli darajada bajarilmaganda undiruvni ipoteka narsasiga qaratishga va uni sotishdan tushgan mablag‘lardan o‘ziga berilishi kerak bo‘lgan qarz summasini olishga haqli. Qoida tariqasida, ko‘chmas mulkning narxi yuqori bo‘ladi. Agar oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan holatlarni hisobga olmaganda (masalan, AQSh uy-joy bozoridagi ipoteka obligatsiyalari bilan bog‘liq inqiroz), ko‘chmas mulk bahosi kutilmagan o‘zgarishlarga moyil emas. Bundan tashqari, ko‘chmas mulk foydalanish muddatidan qat’iy nazar uzoq vaqt davomida o‘zining asosiy sifatlarini yo‘qotmaydi va foydalanishda qolaveradi. Shuning uchun majburiyatni ta’minlash usullari ichida ipoteka ishonarli usullardan biri hisoblanadi.

Ipotekaning alohida o‘rni uy-joy qurilishini va qurilish bilan ishlab chiqarish sohasini rivojlantirishda ko‘rinadi. Ipoteka kreditlash vositasi sifatida iqtisodiy aylanmaga katta kredit mablag‘larining jalb qilinishiga yordam beradi. Ko‘chmas mulk yuqori bahoga ega bo‘lganini hisobga olgan holda, ipoteka ostida qanday hajmdagi pul mablag‘larining iqtisodiyotga jalb qilinishini tasavvur qilish qiyin emas. Ijtimoiy nuqtai nazarda ipoteka aholini uy-joy bilan ta’minlashga xizmat qiladi, chunki uy-joy narxi qimmatligidan aholining ko‘pchilik qismi o‘z hisobidan uy sotib olishga qurbi yetmaydi. Bu borada sotib olinadigan uy-joyni ipotekaga qo‘yib, kredit mablag‘laridan foydalanish mumkin. Fuqarolarga uy-joy sotib olish uchun kredit olishga real sharoit yaratish uy-joy sotilishini 30-40% oshiradi. Uy-joyga talabning oshishi esa qurilish hajmi ko‘payishiga olib keladi. Bularning hammasi qo‘shimcha ish o‘rinlari ochilishiga sabab bo‘ladi. Umuman olganda, aytish mumkinki, ipoteka iqtisodiyotni sezilarli darajada rivojlanishiga yordam beradi.

Ipoteka so‘zi aslida grekcha (hupotheka) so‘z bo‘lib, ko‘chmas mulk garovi degan ma’noni anglatadi3.

Bu atamani muomalaga rim xususiy huquqi olib kirgan. Rim klassik davrida pretor ediktlari orqali garovning takomillashgan shakli ipoteka - vujudga kelgan.

Bunda sharqiy yunon-misr huquqining ta’siri katta bo‘lib, garov ashyosi qarzdorning egaligida, uning mulki sifatida saqlanib qolib, garovga oluvchi sub’ekt esa majburiyat ijro etilmaganda ushbu ashyoni talab qilib olish va uni sotib tushgan mablag‘dan qarzdor majburiyatlari uchun haq olish huquqiga ega bo‘lgan.

Bundan tashqari ipoteka predmeti ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlar – o‘zufrukt (ko‘chmas mol mulkdan foydalanib, hosil va daromad olish) va emfitevzis (ko‘chmas mulk – yer uchastkalari bino va inshoatlar qurish huquqi) bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqoralik Kodeksining 265-moddasiga muvofiq ko‘chmas mulk garovi – ipoteka - garov munosabatlarining bir turi hisoblanadi.

Garov to‘g‘risidagi qonunning 37-moddasida ham garov narsasi ko‘chmas mulkdan ibo­rat bo‘lgan garov ipoteka deb e’tirof etilishi, ipoteka belgi­langan mol-mulk garovga oluvchiga berib qo‘yilmasligi nazarda to‘tilgan.

Ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda ipoteka tushunchasiga nisbatan turlicha ta’riflar berilganligiga guvox bo‘lishimiz mumkin.

Shuningdek ayrim manbalarda «ipoteka» va «ipotekali kreditlash» tushunchalari sinonim tushunchalar sifatida e’tirof etilgan.

Ammo, ular o‘rtasida farq bor. Yuqorida biz ipotekaga ta’rif berganimizdek, ipoteka- ko‘chmas mulk garovidir.

Ipoteka krediti esa ushbu ko‘chmas mulk garovi ostida muddatlilik, foizlilik, maqsadlilik va qaytarilish shartlari ostida beriladigan ssuda.

Tanikli rus iqtisodchisi O.I. Lavrushin o‘zining «Pul, kredit va banklar» asarida ipoteka kreditiga quyidagicha ta’rif bergan: ….. ipotechnыy kredit obыchno predusmatrivaet predostavlenie ssud pod zalog nedvijimosti (zdaniy, zemli)4.



Ipoteka krediti bir vaqtning o‘zida ham kredit munosabatlarining alohida shakli hisoblanadi, ham bank kreditining turi hisoblanadi. Ipoteka munosabatlari jarayonida ishtirok etuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi, ya’ni xususiy shaxslar, moliya institutlari, korxonalar, davlat muassasasalari va qurilish kompaniyalari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarini ifodalaydi.


Download 118.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling