Yangi darsni rejasi.
1.D.I.Mеndеlееvning davriy qonuni va kimyoviy elеmеntlar davriy sistеmasi.
2. Izomеriya xodisasi.
3. Kimyoviy bog`lanishning elеktron tabiati.
Yangi darsning bayoni.
Davriy qonun va elementlar davriy sistemasining ahamiyati.Davriy qonun kashf qilingunga qadar raoddalar va ular orasidagi o`zaro tabiiy bog`liqlik Al Farg`oniy, Abu Rayhon Beruniy, M.V.Lomonosov, LDebereyner, L.Meyer, U.Odling, J.Nyulends, L. Dyuma, A.Shankurtua kabi ensiklopedist olimlar tomonidan turli usullar bilan izohlashga harakat qilinganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan.Davriy qonun tabiatda mavjud b o`lgan kimyoviy elementlar orasida o`zaro tabiiy bog`lanish mavjudligini ilmiy jihatdan asoslab beruvchi umumiy qonun ekanligi bilan muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.1869-yilda D.I.Mendeleyev tomonidan davriy qonun ta'riflangan vaqtda 63 ta kimyoviy element mavjud edi.Hozirgi kunda ma'lum b o`lgan 118 ta kimyoviy elementning 46 tasi davriy sistema qonuniyatlari asosida kashf qilingan.Kimyoviy bog`lanishlar, valentlik, elektromanfiylik, oksidlanish darajalari kabi fundamental tushunchalarni ta'riflash va asoslab berish uchun ham davriy qonunning ahamiyati cheksizdir.Davriy qonundan kelib chiqadigan bir qator tushunchalar moddalarning tuzilishi haqidagi tasavvurlarimizni nihoyatda kengaytirdi, fizika, fizikkimyo, geokimyo, geologiya, mineralogiya, kosmokimyo, yadro fizikasi kabi fanlarning rivojlanishiga asos b o`ldi.Davriy qonun va kimyoviy elementlar davriy sistemasining ahamiyatini atroflicha tushunib yetish uchun atom tuzilishiga doir zamonaviy bilimlarga tayangan holda mustaqil masala va mashqlar yechish talab etiladi.Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi va izomeriyasining ahamiyati.Organik birikmalar xossalari VIII asrdan XIX asrga qadar davrda Jobir ibn Xayyom, Ar-Roziy, Abu Rayhon Beruniy, LBersellius, A.Lavuazye, A.Kekkule, A.Kuper, G.Kolbe, MBertlo, N.Zinin, A.Favorskiy kabi mashhur olimlar tomonidan har tomonlama o`rganildi.XIX asrga kelib A,M.Butlerov tomonidan ta'riflangan tuzilish nazariyasi organik birikmalar orasidagi o`zaro tabiiy bog`liqlikni ilmiy asoslangan holda izohlab berish imkonini yaratdi. Shu bilan birga organik birikmalar tarkibi bir xil b o`lgan holda, tuzilishi turlicha b o`la olishi mumkinligini ko`rsatib berdi.Natijada organik kimyo mustahkam nazariy ilmiy asosga ega b o`ldi va organik kimyo fanining jadal rivojlanishida muhim omilb o`ldi.Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi asosida yangi moddalarni sintez qilish va ularning xossalarini oldindan bashorat qilish ularni kashf etish tabiatda uchramaydigan organik birikmalarni sintez qilish ishlari boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |