Mavzu: Faoliyat tarkibi Reja


Download 108.5 Kb.
bet2/4
Sana10.01.2023
Hajmi108.5 Kb.
#1086585
1   2   3   4
Bog'liq
faoliyat tarkibi

2. Faoliyatning tarkibi


Inson faoliyati juda xilma - xildir: mehnat, pedagogik, badiiy - ijod, ilmiy - tadqiqot faoliyatlarini kiritish mumkin. Inson faoliyati tarkibini tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, faoliyat tashqi ongli dunyoni ongli psixik aks ettirilishida namoyon bo`ladi. Har qanday faoliyatda inson o`z harakatlarini maqsadini anglaydi, kutilayotgan natijani tasavvur qiladi, sharoitni idrok qiladi va baholaydi, bajariladigan harakat tartibini o`ylaydi, irodaviy zo`r beradi, faoliyatning borishini kuzatadi, muvaffaqiyat va mag`lubiyatni o`ylaydi.
Faoliyat - bir tomondan, shaxsning rivojlanishi va sifatlarining namoyon bo`lish sharoiti, ikkinchi tomondan shu faoliyat sub`ekti bo`lgan shaxsning taraqqiyot darajasiga bog`liqdir. Barcha faoliyat turlari tarkibida uchta tarkibiy qismni maqsad - motiv - harakatni ajratish mumkin. Maqsad - inson faoliyati so`nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo`ladi va ehtiyojlarni amalga oshirilishidir. Motiv - kishini faoliyatga undaydi va o`nga mazmun baxsh etadi. Ish-harakat - galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan nisbatan tugallangan faoliyatning tarkibi. Faoliyatga qaratilgan maqsad ozmi - ko`pmi uzoq yoki yaqin bo`lishi mumkin. SHuning uchun bu maqsadga erishish odam tomonidan ana shu maqsad sari harakat qilish davomida uning oldida tug`iladigan qator juz`iy maqsadlar izchillik bilan hosil qilishdan iborat bo`ladi. Tashqi olamdagi narsalarning holatini va xossalarini o`zgartirishga qaratilgan harakatlarni ish - harakat (sa`i - harakat) deb yuritiladi. Narsalar bilan qilinadigan istagan bir ish makon va zamon bilan bog`liq bo`lgan ma`lum harakatlardan tashqil topadi. Masalan, “A”, “I” harflarini yozishdagi harakatlar bir - biridan farq qiladi. Odamning narsalar bilan qiladigan harakatlari tahlili shuni ko`rsatadiki, bu harakatlar tashqi jihatdan juda ko`p va rang - barangdir. SHunday bo`lsa ham, odatda ular uchta sodda elementlardan tashqil topgandir: “olmoq”, “joyini o`zgartirmok”, “qo`yib yubormoq”, bu harakatlar odamning tanasi, oyoqlari va boshi bilan qilinadigan yordamchi harakatlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Narsalar bilan qilinadigan ish - harakatdan tashqari, odamning faoliyatini badanning ma`lum vaziyatini va qiyofasini saqlab turishi ta`minlaydigan harakatlar, (turish, utirish) organizmning bir joydan ikkinchi joyga o`rin almashtirishi (yugurish, sakrash), kommunikatsiyani ta`minlaydigan harakatlar, ifodali harakatlar (mimika va pantomimika) va nutq harakatlari mavjud.
Narsalar bilan qilinadigan ishlarni bajarish ma`lum tizimdagi harakatlarni amalga oshirishdan iborat. Harakatlar tizimi va maqsadi bilan, bu maqsad yo`naltirilgan narsalar xususiyati va ish sharoiti bilan bog`liqdir. Masalan, stakan va qalamni olish, piyoda va chang`ida yurish, og`ir va engil narsani boshqa joyga olib qo`yish, mayda va katta mixni qoqish, gantel va shtangani ko`tarish harakatlari bir - biridan farq qiladi.Harakatlarni boshqarish va nazorat qilish. Harakatni boshqarilishi va uning natijalarini erishiladigan pirovard maqsad, taqqoslash yo`li bilan doim nazorat qilib boriladi va to`ldirilib turiladi. Unday nazorat sezgi a`zolari (ko`rish, eshitish, muskul sezgisi) yordami bilan amalga oshiriladi. Odamning maqsadini ko`pchilik hollarda ayni shu choqda ko`z o`ngida yo`q narsalar va lekin ularning harakatlarini yordami bilan erishilishi mumkin bo`lgan narsalar tashqil etadi. Demak, maqsad miyada, kelajakdagi faoliyat natijasida, dinamik modelning obrazi tarzida ifodalangan bo`ladi. Xuddi ana shu tilakdagi kelajak (talab qilinayotgan) modeli bilan ishning mazkur natijalari taqqoslanadi, xuddi ana shu ishning qay yo`sinda bo`lishi boshqariladi. Faoliyatning interiorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi
Tashqi olamda turli hodisalar ma`lum darajada o`zaro doimiy bog`liqdir, ma`lum sharoitlarda namoyon bo`ladigan biror mustahkam xususiyatga va tuzilishga egadir. (olov hamma vaqt kuydiradi, tundan so`ng tong otadi). Ob`ektlar bilan hodisalar o`rtasidagi bunday barqaror (invariant) munosabatlarni ob`ektlarning muhim xususiyatlari va hodisalarining qonuniyatlari deb yuritiladi. Bu ularning kelajakda qay darajada o`zgarishi va shu maqsadga muvofiq ish to`tish, ya`ni ob’ekt va hodisalarning “xatti -harakatlari”ni oldindan ko`ra olish imkoniyatini beradi. Tashqi, ya`ni buyumlar bilan qilinadigan bunday holda go`yo ichki, ya`ni ideal faoliyatning oldindan payqab olinadi. Ob`ekt (narsa) ustida qilinadigan konkret ishlar bu ob’ektlarning muhim xususiyatlari ustida qilinadigan operatsiyalar bilan, ya`ni ideal (psixik) ishlar bilan almashinadi. Boshqacha qilib aytganda, narsalar bilan jismoniy tarzda qilinadigan ishlar shu narsalarning mazmuni bilan qilinadigan ideal ishlar bilan almashinadi. Tashqi real ishdan ichki ideal ishga mana shunday o`tish jarayonini interiorizatsiya deb yuritiladi. (Ichki ishga aylanadi). Inson psixikasi interiorizatsiyasi tufayli ayni chog`da ko`z o`ngida yo`q bo`lgan narsalarning obrazlari bilan ishlay bilish qobiliyatiga ega. Ma`lumki, odamning ichki dunyosi paydo bo`lganidan so`ng har bir narsani, har bir harakatni oldindan ichida o`ylab, so`ngra amalga oshiradi. Oldin ichida o`ylab, so`ngra bevosita tashqi munosabatga o`tishni faoliyatning eksteriorizatsiyasi deb yuritiladi. Inson aqliy taraqqiyotida interiorizatsiyaning ahamiyati kattadir.

Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling