Mavzu: Faoliyat tarkibi Reja
Faoliyatning asosiy turlari
Download 108.5 Kb.
|
faoliyat tarkibi
4. Faoliyatning asosiy turlariOdamning faoliyati ongli faollik sifatida inson ongining tarkib topishi va taraqqiyoti bilan bog`liq holda tarkib topadi va rivojlanadi. Inson faoliyatida ayni choqda ong tarkib topishi va taraqqiyotining asosi hamda ong mazmunining manbai bo`lib xizmat qiladi. Faoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi va shu bilan birga faoliyat odam shaxsini tarkib toptiradi. Odamda har xil turdagi faoliyatlarning paydo bo`lishi va taraqqiyoti juda murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayon. Bolaning faolligi uning kamoloti davomida faqat asta - sekin ta`lim va tarbiyaning ta`siri ostida ongli maqsadga mos faoliyat shaklini ola boradi. Inson faoliyati asosan uch turga bo`linadi. Ulardan birinchisi o`yin faoliyati, ikkinchisi ta`lim faoliyati va uchinchisi mehnat faoliyatidir. Bu faoliyat turlari bola shaxsining tarkib topishida hal qiluvchi rol’ uynaydi. O`yin. Bola bir yoshga to`lgandan boshlaboq unda faoliyatning eng sodda shakllarini egallash uchun shart - sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Unday shart - sharoitlardan birinchisi o`yindir. O`yin faoliyatini hayvonlarning bolalarida ham uchratish mumkin. Hayvonlarning yosh bolalarida kuzatiladigan o`yin faoliyatiga har xil narsalar bilan shug`ullanish, yolg`ondakam urushishlar, yugurishni va shu kabilarni kiritish mumkin. Bolalarda ham o`yin ularning hayotiy faoliyatlarini, faolliklarini amalga oshirish shaklidir. Sof holdagi o`yin faoliyatini yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj bo`lsa, uning manbai taqlid va tajribadir. Bolalar narsalar bilan, rolli, qoidali, harakatli, didaktik, mazmunli o`yinlarni o`ynaydilar. O`yin narsa va hodisalarning mazmunini bolaning o`z tajribasida bilib olishga, mazkur mazmunlarni ishlata bilishga mashq qildiradi. Bolaning shaxsiy sifatlari boshqalar bilan munosabatlarda tarkib topib boradi. Ta`lim. O`yin faoliyatining pirovardida ta`lim faoliyati yuzaga keladi. Bu faoliyatning maqsadi ma`lum axborotlarni - bilimlarni harakatlar va amallarni o`zlashtirishdan iboratdir. Odamning o`z maqsadiga ko`ra batamom o`rganish va o`zlashtirishdan iborat bo`lgan mana shunday maxsus faoliyati ta`lim faoliyati deyiladi. Psixologik jihatdan olganda, ta`lim faoliyati o`z ichiga quyidagi jarayonlarni oladi: ma`lum bir nazariy va amaliy faoliyat to`rini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ob`ektiv olamning eng muhim xususiyatlariga doir axborotlarni o`zlashtirish, bu jarayonning mahsuloti bilimlardir. Mana shu faoliyatni, ya`ni bilimlarni almashtirishda yuzaga keladigan usul va operatsiyalarni egallash, bu jarayonlarning mahsuloti malaka va uquvlardan iboratdir. Ta`lim faoliyatining tarkibi juda ham murakkab bo`lib tarkibiga - ilmlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi. Ta`lim faoliyati maxsus ravishda tashqil etilgan sharoitda amalga oshiriladi. Katta yoshli kishilar bolalarning taraqqiyotlariga faol ta`sir etib, ularning ta`lim faoliyatlarini hamda bu faoliyat bilan bog`liq bo`lgan xatti - harakatlarni tashqil qiladilar. Bu faoliyat va harakatlarni insoniyat ijtimoiy tajribasini o`rganish tomoni yo`naltirilishidir. SHunday qilib, ta`lim faoliyati katta kishilar tomonidan tashqil qilinib boshqariladi va tizimli ravishda nazorat qilib boriladi. Ma`lumki, ta`lim faoliyati bilan tarbiya ishlari uzviy bog`liqdir. Bizning maktablarimizda har qanday ta`lim jarayoni hamma vaqt tarbiyaviy xarakterga ega. Bolalarga u yoki bu fan bo`yicha ta`lim berar ekanmiz, shuning bilan birga ularni biz tarbiyalashimiz kerak. Maktabimizdagi tarbiyaviy ishlarni asosan tushuntirish, ishontirish, ko`rsatish, ragbatlantirish, talab qilish, vazifa berish va jixozlash kabi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Maktablarimizdagi barcha tarbiyaviy ishlarni asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Mehnat. Mehnat - ma`lum ijtimoiy - foydali, moddiy yoki madaniy ma`naviy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati ma`lum maqsadga qaratilgan bo`lib, har doim ijtimoiy tabiatga ega bo`ladi. Mehnat faoliyatining maqsadi kishilarning iste`mol qiladigan narsalar va shunday iste`mol qilinadigan narsalarni, ya`ni non va mashinalarni, mebel’ va ish qurollari, kiyimlar, avtomobillar va boshqa shu kabi narsalarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo`lishi mumkin. Mehnat faoliyati o`z mohiyati jihatidan ham ijtimoiydir. Mehnat taqsimoti tufayli, birorta kishi ham o`ziga kerak bo`ladigan narsalarni faqat ishlab chiqarishga qatnashmay, balki deyarli hech qachon hatto birgina narsani boshidan oxirigacha ishlab chiqarishda ham qatnashmaydi. SHuning uchun odam hayoti uchun zarur bo`lgan hamma narsalarni jamiyatdan oladi, o`z ehtiyojlarini qondiradi. Xulosa qilib aytganda, faoliyat kishi hayotida, o`quvchilar hayotida juda muhimdir. Faoliyat - bu faollikdir. Demak, biz yoshlarni faol yashashga, faol o`qishga, mustaqil davlatimizni rivojiga o`z hissalarini qo`shishga da`vat qilishimiz, buning uchun ularni dunyoqarashlarini shakllantirimiz, harakat qilishga undashimiz zarur. Bola yashash ma`suliyatini his qilsagina, u faol bo`ladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Югай A.X., Mираширова Н.A. “Oбщaя психология” – Taшкент 2014 г. С.-208-218. 2. Safayev N.S., Mirashirova N.A. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“ TDPU, 2013 y, B.90-100. 3. David G. Myers “Psychology” Hope College Holland, Michigan 2010 y. p.-268-287. 4. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2007.1-2 kitob. 5. G‘oziev E.G. Toshimov R. Menejment psixologiyasi. T-2002 Download 108.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling