Mavzu Favqulodda vaziyatlarning psixologik yordam


Download 42.76 Kb.
Sana27.02.2023
Hajmi42.76 Kb.
#1234776
Bog'liq
hasan

Mavzu Favqulodda vaziyatlarning psixologik yordam

  • Bajardi: Tursunboyev Xasan, Tursunboyev Husan, Tursunov Sarvar

Burch va sharaf so‘zlari – eng qiyin damlarimizda zudlik bilan yonimizga etib keluvchi, og‘ir damlarimizda biz bilan elkadosh bo‘la oladigan insonlarga tegishlidir. Bunday insonlar inson hayotini saqlab qolish uchun, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, o‘zlarini olovga ham, suvga ham tashlashga tayyordirlar. Bunday hayrli kasb egalari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi qutqaruvchilardir.

Barchamizga ma’lumki, o‘tgan XX asr davomida yirik, tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan. Shunga qaramasdan, ilm-fanda ekstremal inqiroz va favqulodda holatlarni to‘liq qamrab oladigan tushuncha xanuzgacha kiritilmagan. Bunday keskin va kutilmagan holatlarda, vaziyatga nafaqat ob’ektiv baho berish, balki insonlarni bunday holatni tushunib etishlari, anglashlari va ularning hulq-atvori nazarda tutilishi darkor. Insonlar, favqulodda vaziyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri guvoh, sababchi yoki jabrlanuvchi sifatida bu kabi holatlarga uzviy bog‘liq bo‘ladi. Aynan shu sababli, odamlarning keskin xolatlarga tushishiga javoban, ularda psixologik kechinmalarni yuz berishini inobatga olish zarur.

Ekstremal vaziyatlarda ruhiy zo‘riqishga tushib qolgan insonlarga psixologik yordam ko‘rsatishda juda muhim bir xolatga e’tibor berish lozim: xaqiqiy ofat, favqulodda vaziyatning ta’siri tugagandan so‘ng, sodir etilgan voqealarni anglab olish jarayonida boshlanadi. Aynan shu paytda jabrlanuvchilar ruhiy yordamga juda muhtoj bo‘ladilar.

  • Ekstremal vaziyatlarda ruhiy zo‘riqishga tushib qolgan insonlarga psixologik yordam ko‘rsatishda juda muhim bir xolatga e’tibor berish lozim: xaqiqiy ofat, favqulodda vaziyatning ta’siri tugagandan so‘ng, sodir etilgan voqealarni anglab olish jarayonida boshlanadi. Aynan shu paytda jabrlanuvchilar ruhiy yordamga juda muhtoj bo‘ladilar.
  • Ta’kidlash kerakki, jabrlanuvchi va ularning yaqinlariga ruhiy yordam ko‘rsatishda ekstremal yo‘nalishdagi psixolog-mutaxassislar ish olib boradilar. Tushkunlikka tushib qolgan insonlarga atrofida sodir bo‘layotgan voqea hodisalarini anglab etishi qiyin kechadi, ushbu voqealarni anglab olmaganidan nima bo‘layotganini so‘zlab bera olmaydi.

Psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy vazifasi favqulodda vaziyatlar oqibatida negativ holatlarning oldini olish, yangi sharoitga moslashuv jarayonini anglash, shaxsning adaptiv va kompensator resurslarini aktivlashtirish kabi ishlarni amalga oshiradi. Jabrlanuvchilarga samarali psixologik yordam ko‘rsatish natijasi bu – ekstremal, noodatiy vaziyatlarda insonning ruhiy holatini normallashtirishdir.

  • Psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy vazifasi favqulodda vaziyatlar oqibatida negativ holatlarning oldini olish, yangi sharoitga moslashuv jarayonini anglash, shaxsning adaptiv va kompensator resurslarini aktivlashtirish kabi ishlarni amalga oshiradi. Jabrlanuvchilarga samarali psixologik yordam ko‘rsatish natijasi bu – ekstremal, noodatiy vaziyatlarda insonning ruhiy holatini normallashtirishdir.
  •  Ko‘rib turganingizdek, ko‘rsatib o‘tilgan mashg‘ulotlar psixologik uslublar qatoriga kirmaydi, ko‘pincha kishilar shunga o‘xshash mashg‘ulotlarni intuitiv bajarishadi. Misol uchun: ayollar turmush o‘rtog‘i yoki farzandidan jahli chiqsa, janjal kelib chiqmasligi uchun darrov uy yumishlarini bajarishga kirishib ketadilar; erkak kishilar esa, g‘azab yoki jahli chiqsa sport zaldga borib jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadi; ishdagi kelishmovchiliklarni yaqin kishimizga aytib engillashamiz..

Shunday qilib, Siz kuchli emotsional holatni boshdan o‘tkazdingiz – dil azobi, jahl, nafrat, vijdon azobi, qo‘rquv, vahima va boshqalar. Bunday holatlarda kuchingizni saqlab qolish, kechayotgan “bosimlarni engish” uchun kerakli sharoitlarni yaratish lozim. Bunday harakatlar o‘zingizni qo‘lga olib, favqulodda xolatlarda juda kerakli bo‘lgan kuchingizni saqlab olishga yordam beradi. Buning uchun, 6 ta oddiy uslublardan foydalanish mumkin.

  • Shunday qilib, Siz kuchli emotsional holatni boshdan o‘tkazdingiz – dil azobi, jahl, nafrat, vijdon azobi, qo‘rquv, vahima va boshqalar. Bunday holatlarda kuchingizni saqlab qolish, kechayotgan “bosimlarni engish” uchun kerakli sharoitlarni yaratish lozim. Bunday harakatlar o‘zingizni qo‘lga olib, favqulodda xolatlarda juda kerakli bo‘lgan kuchingizni saqlab olishga yordam beradi. Buning uchun, 6 ta oddiy uslublardan foydalanish mumkin.
  • Jismoniy mehnat bilan shug‘ullaning: mebel jihozlarini joyini almashtiring, uy tozalang, bog‘da ishlang.
  • Jismoniy mashqlarni bajaring: yuguring, yoki biron bir masofani o‘rta meyyorda yurib o‘ting.
  • Kontrast dush qabul qiling.

Ovozingizni chiqarib baqiring, oyoq bilan erni uring, kerakmas chinnilarni sindiring.

  • Ovozingizni chiqarib baqiring, oyoq bilan erni uring, kerakmas chinnilarni sindiring.
  • Yig‘lab oling, o‘zingizga yaqin insonlarga dardingizni ayting.
  • Spirtli ichimliklarni ko‘p ist’emol qilmang, bunday xarakat vaziyatni yanada qiyinlashtiradi.
  • xar birimiz qachondir hayot tasodiflariga duch kelganmiz. Ko‘pincha, bunday xolatlar keskin tus olib, yaqinlarimiz yoki o‘zgalarning yordamisiz ruhiyatimizda kechayotgan xissiyotlarni enga olmaymiz. Ayniqsa, qadrli insonlarimizning vafoti, yaqinlar bilan munosabatlarning buzilishi, ajrashish xolatlari bunga misol bo‘la oladi. Bunday vaziyatlarda, tushkunlikka tushgan insonlar turli dori vositalarni yoki spirtli ichimliklarini ist’emol qilishni afzal ko‘rishadi. Uzoq vaqt davom etadigan kuchli emotsional bosim va mudhish kechinmalar turli hil psixosomatik va fiziologik buzilishlarga olib keladi

Download 42.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling