Microsoft Word vijdon azobi ziyouz com doc
Download 292.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Vijdon azobi [@kitoblar1]
Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li www.ziyouz.com kutubxonasi 1 Amina Shanliko'g'li VIJDON AZOBI XATO Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman!Allohga hamd bo'lsin! Avvalo sevimli Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo s. a. v. ga olu ashoblariga salotu salom bo'lsin. Sizlarning har biringizga ham alohida - alohida salomlarimni yo'llayman. Ismimni ochiqchasiga yozishni ma'qul ko'rmadim. Men jurnalingizni o'qib boraman va juda-juda yoqtiraman. Modomiki o'quvchilar ibrat olsin deya "Vijdon azobi" nomli sahifa berib borar ekansiz, men ham boshimdan o'tga voqeani bildiray, agar lozim topsangiz yoritarsiz. Har kim ham menday hato qilishi mumkin. Buni yozishimdan maqsad, boshqalar - yoshlar johil musulmonlar men qilgan hatoni qaytarmasinlar, bu voqeadan ibrat olsinlar. Hali sakkiz yoshga to'lmasdan - men erkatoyini go'zal joylar - kengliklarga qo'yib yubordilar. Lekin bu kengliklarni o'z vahshiylari va bo'rilari bor ekan... . Men ham bir bechora qo'zichoq edim, turkchani yahshi bilmaganim uchun meni boshlang'ich maktabga - Turkiyaga jo'natdilar. Turkiyada ikkinchimi, uchunchimi sinfda o'qiyotganimda olg'ir bo'ri - hotinboz kurdga yo'liqdim va talandim, u mening norasida va bokira dunyoyimni vayron qilib hayotimdan uzoqlashib ketti. Hali go'dak bo'lganimdan hech narsani tushunmasdim. Oradan yillar o'tdi. O'n oltiga to'ldim. Unga bunga aqlim yeta boshladi. O'sha dahshatli kun yodimga tushib doktorga bordim. Men cuhun isnod bo'ladigan holni eshitib haqiqatni anglab yetgach:" Rabbim, o'lar bo'lsam o'lib bo'ldim, bundan ko'ra jonimni olsayding, yashamasaydim!" - dedim. Ko'zlaimdan yoshlar oqar, dugonalarimning tasalli berishlari ham meni ovutolmas edi. Endi uyimdagilarni yuziga qanday qarayman. Vijdon azobidan ezilar, oshkoru pinhon faryodu fig'onlar qilardim. Qiyomat kuni mahshargohda Yratgan Egam huzurida gunohlarim qancha, bilmayman. Ayting, men fohishamanmi yoki bechora qurbon? Yo butog'idan yulingan aybsiz gul? Allohim meni avf etarmikan? Men o'sha payt hech narsadan habarsiz, ma'sum go'dak edim, Aziz o'quvchilar, mening bu muhtasar, ammo achchiq hatot qissamdan hissa chiqarsinlar, ibrat olsinlar, yosh farzandlarini o'zga yerlarga yubormasinlar, yolg'iz va qarovsiz qoldirmasinlar, deyman. Menga ham kelajakda kimdir turmush qurishni yaklif etar, tabiiyku, unda javobim "yo'q" bo'ladi. Yana sizlardan so'rayman: endi ne qilaman? Uydagilar hanuz ahvolimdan habarsiz, bilsalar qay holga tushaman? Boshi berk ko'chaga kirib qoldim, chiqmoqqa intilaman. Qutila olarmikanman? Kelajak naslni pok tarbiyalamoqchi onalarga maslahatim - farzandlaringizni bu zaharli oynai jahonda nari tuting, ehtiyot qiling! Men olti yoshimda uydagilar uhlagach, ekran qarshidida yarim tungacha o'tirar va razolatni tasvirlovchi turli filmlarni tomosha qilar, ba'zi narsalarni o'rganar va ashulachi bo'lishni orzu qilardim. Uyning burchagidagi bu to'rtburchak ofat meni shunday zaharlab qo'ydi. Biz har kun ko'radigan va odatda o'ziga tortadigan narsalardan o'rnak olamiz va oqibati shunaqa hunuk bo'lib chiqadi... Gapni cho'zib boshingizni qotirib yuborganim uchun sizlardan uzr so'rayman. Olmoniyadan, noma'lum mushtariyingiz X. Sh. Aloh rozi bo'lsin. Javob: Muhatarm singlim! Maktubingizni o'qib ancha mayuslandim. Boshingizdan bir bor bunday voqea o'tibdi. Afsus buni ortga qaytarib bo'lmaydi. Shunday ekan, kechmishni emas, kelajakni o'ylash kerak. Bu hodisa norasidalikda o'tgani uchun sizning aybingiz yo'q, siz yomon ayol ham emassiz. Johil jamiyatning qurbonisiz. tortinmasdan buni onangizga tushutiring yoki buni boshqalar orqali buni yetkazing. Sizni kelinlikka Vijdon azobi. Amina Shanliko’g’li Download 292.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling